5-mavzu DAVLATNING BYUDJET-SOLIQ (FISKAL) SIYOSATI Reja: 5.1.Davlat byudjeti va uning iqtisodiy mazmuni - Byudjet – daromadlar va xarajatlarning hisob-kitob va chegaralovchi smetalari hamda ularning ma’lum bir muddatga tuzilgan ro‘yxatini anglatuvchi umumiy terminning nomidir. Byudjet tegishli qaror bilan tasdiqlanib, individual yoki jamoa subyekti tomonidan ijro qilinadi.
- Davlat byudjeti moliya iqtisodiy kategoriyasining tarkibiy qismi hisoblanadi.
- Shu sababli davlat byudjeti iqtisodiy kategoriya – davlatning o‘z vazifa va funktsiyalarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan markazlashgan pul mablag‘larining to‘planishi, taqsimlanishi va sarflanishida yuzaga keladigan obyektiv pul munosabatlari yig‘indisi sifatida tavsiflanishi mumkin.
5.1-rasm. O‘zbekistonda byudjet jarayoni. - 5.1-rasm. O‘zbekistonda byudjet jarayoni.
5.2-rasm. Davlat byudjeti tushunchasi. - 5.2-rasm. Davlat byudjeti tushunchasi.
Davlat byudjeti
Iqtisodiy kategoriya sifatida:
Davlat o‘z vazifa va funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larining asosiy markazlashtirilgan jamg‘armasini tashkil etish, tavsiflash va foydalanishda yuzaga keladigan obyektiv pul munosabatlarining yig‘indisi
Huquqiy kategoriya sifatida:
Davlatning vazifa va funksiyalarini moliyaviy ta’minlash uchun mo‘jallangan pul mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etish va sarflashning qoun bilan belgilangan shakli
Moddiy mazmun jihatidan:
Davlat pul mablag‘larining asosi markazlashtirilgan jamg‘armasi
Shakl jihatidan:
Davlatning asosiy moliyaviy rejasi
5.3-rasm. Davlat byudjeti funktsiyalari. - 5.3-rasm. Davlat byudjeti funktsiyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |