5-mavzu davlatning byudjet-soliq (fiskal) siyosati


Download 1.46 Mb.
bet2/5
Sana08.06.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1465404
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-mavzu Davlatning byudjet-soliq (fiskal) siyosati

Taqsimlash funksiyasini soliq, qarz, davlat mulkidan tushgan daraomadlar, qog‘oz pullar emissiyasidan tushgan daromadlarni o‘z ichiga oluvchi byudjet daromadlari amalga oshiradi
Qayta taqsimlash funksiyasi
byudjetning aniq maqsadli jamg‘armalariga tegishlidir
Nazorat funksiyasi
byudjet mablag‘lari o‘z vaqtida to‘liq tushishi va ularning maqsadli ishlatilishi ustidan davlat nazoratini o‘rnatilishini nazarda tutadi
Byudjet funksiyalari

Byudjetning uch asosiy holati farqlanadi: taqchillik, profitsit va mutanosib holat.


taqchillik
Byudjet xarajatlarining daromadlardan oshib ketishi (byudjetning salbiy saldosi) byudjet taqchilligini anglatadi.
profitsit
Byudjet daromadlarining xarajatlardan oshib ketishi (byudjetning ijobiy saldosi) byudjet profitsitini anglatadi.
mutanosib holat
Mutanosib byudjet – xarajatlar va daromadlar summasi bir-biriga teng bo‘ladi. Iqtisodiy nazariyada byudjet taqchilligi yoki profitsiti umumiy xarajatlar hajmidan 1 foizga oshib ketmasa, bunday byudjet mutanosib deb hisoblanadi.

5.2. O‘zbekistonda byudjet tuzilishi va byudjet tizimi


Byudjet tuzilishi – bu byudjet tizimini tashkil etish, uni tuzish printsiplari.
Byudjet tuzilishi davlat byudjeti va mamlakat byudjet tizimining tashkil etilishini, uning alohida bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni, byudjet tizimiga kiruvchi byudjetlarning faoliyat yuritishi huquqiy asoslarini, byudjetlarning tarkibi va tuzilishini, byudjet mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartib-tamoyillari va hokazolarni belgilaydi.
Byudjet tuzilishi davlat byudjeti va mamlakat byudjet tizimining tashkil etilishini, ularning alohida bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni, byudjetlarning tarkibini belgilaydi.

Byudjet tuzilishining markazlashtirilgan, markazlashtirishdan chiqarilgan va aralash modellari mavjud.


Markazlashtirilgan model barcha byudjetlar yagona davlat byudjetida markazlashtirilishi bilan tavsiflanadi, bunda har bir yuqori byudjetga boshqaruvchilik roli biriktirilgan bo‘ladi (Frantsiya, Italiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston).

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling