5-mavzu. Elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari


Ma`lumotlarni diagramma ko`rinishida taqdim etish


Download 28.79 Kb.
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi28.79 Kb.
#203796
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-MARUZA ELEKTRON JADVALLARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI

Ma`lumotlarni diagramma ko`rinishida taqdim etish

Diagramma bu ma’lumotlarning electron jadvaldagi grafig ko’rinishi. Diagrammalar umumiy yoki ajratilgan ma’lumotlarni oson tushunishga imkoniyat yaratadi. Bu usul bilan diagrammada aks etgan ma’lumotni oddiy qarashingiz bilan tushunasiz.

Microsoft Excel elektron jadvalida ma'lumotlarni diagramma ko‘rinishida taqdim etish imkoniyati mavjud. Bu esa, sonli ma'lumotlarni oson qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. MS-Excel 2007 dasturida ma’lumotlarni ma’noli aks ettirish uchun juda ko’p grafik turlari mavjud. Agar siz diagramma yaratmoqchi yoki mavjud diagrammani o’zgartirmochi bo’lsangiz, turli xildagi daiagrammalar orasidan o’zingizga keragini tanlaysiz

Foydalanuvchi diagrammani alohida ish varog‘ida yoki hosil qilingan jadvalli ma'lumotlar joylashgan ish varog‘ining o‘zida hosil qilishi mumkin. Yuqorida keltirilgan ikkita holda ham diagramma o‘z ko‘rinishini ma'lumotlar jadvaliga o‘zgartirish kiritilgan vaqtida avtomatik tarzda o‘zgartiradi.

Ish varog‘ida diagramma hosil qilish uchun ma'lumotlar kiritilgan jadval belgilanadi va asosiy menyuning Вставка bo‘limidagi Diagramma tasmasida joylashgan ixtiyoriy diagramma turi keltirilgan tugmacha sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida tanlanadi. Bunda ushbu turga kiruvchi diagrammalar ko‘rinishi foydalanuvchiga taqdim etiladi.

Natijada ish varog‘ida foydalanuvchi tomonidan tanlangan diagramma turiga asosan diagramma hosil qilinadi. Hosil qilingan diagrammaning qo‘shimcha parametrlarini o‘rnatish uchun diagramma sichqoncha yordamida tanlanadi. Bunda ish oynasining yuqori qismida qo‘shimcha Работа с диаграммами menyusi ochiladi.

Foydalanuvchi tomonidan ushbu menyu faollashtirilishi bilan menyu qatorida diagramma parametrlarini o‘rnatishga mo‘ljallangan tugmachalar qatori paydo bo‘ladi.

Yuqorida keltirilgan qo‘shimcha menyu yordamida diagrammaning qo‘shimcha parametrlarini o‘rnatishga misol ko‘rib o‘tamiz.

Ayrim hollarda diagrammada keltirilgan tasviriy ma'lumotlar miqdorlarning aniq qiymatini taqdim eta olmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan misolda 1-kvartalda sotilgan mebellarning qiymati diagrammada 200000 va 250000 oralig‘ida berilgan. Sotish hajmining aniq qiymatini diagrammada taqdim etish uchun quyidagi amallar ketma-ketligi bajariladi:

1. Hosil qilingan diagramma faollashtiriladi;

2. Работа с диаграммами qo‘shimcha menyusining Макет bo‘limi tanlanadi. Ushbu bo‘limdagi Подписи данных buyruli tugmacha bosilishi bilan dastur qiymatli ma'lumotlarni diagrammada tasvirlanishiga oid shablonlar tanlanishini tavsiya etadi.

Tavsiya etilgan shablonlarning ixtiyoriysi foydalanuvchi tomonidan tanlanganidan so‘ng, diagrammaning mos bo‘limlarida sonli qiymatlar taqdim etiladi. Agar ma'lumotlar yozuvini qo‘shimcha formatlash talab etilsa (masalan, yozuvning rangi, yozilish holati (vertika, gorizontal yoki ixtiyoriy burchak ostida), shrifti va boshqalar) ma'lumotlar yozuvi ob'yekt osti menyusidan Формат подписей данных buyrug‘i tanlanadi va hosil bo‘lgan muloqot oynada kerakli parametrlar o‘rnatiladi.

Ish varog‘ida hosil qilingan diagramma sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida ushlangan holda ish varog‘ining ixtiyoriy joyiga o‘rnatilishi, shuningdek, diagramma o‘lchami ham shu tariqa o‘zgartirilishi mumkin.

Hosil qilingan jadvalda ma'lumotlar vaqt o‘zgarishi bilan yangilanib boradi. Jadvalga qo‘shilgan ma'lumotlarni hosil qilingan diagrammada aks ettirish uchun diagramma sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida tanlanadi (bunda diagramma bilan aloqada bo‘lgan jadval ma'lumotlari rangli to‘g‘ri to‘rtburchaklar yordamida ajratib ko‘rsatiladi va hosil bo‘lgan rangli to‘g‘ri to‘rtburchakning nusxa olish arkeri yangi qo‘shilgan ma'lumotlar ushbu sohaga qo‘shilgunga qadar sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida tortiladi.

Jadval ma'lumotlarini samarali taqdim etish maqsadida foydalanuvchi diagrammaning boshqa turlaridan ham foydalanishi mumkin.

Hosil qilingan diagramma turini o‘zgartirish uchun diagramma ob'yekt osti menyusidan Изменить тип диаграммы buyrug‘i ishga tushiriladi va hosil bo‘lgan muloqot oynadan kerakli tur diagramma ko‘rinishini tanlash mumkin.

“Chart Wizard” (diagramma yaratish uchun barcha funksiyalar, diagrammaning barcha turlarini o`zida jamlagan buyruq) ning avvalgi versiyalari Excel 2007 dasturida joylashtirilganiga uncha ko`p bo`lmadi. Bu buyruq “Insert” tugmasidagi, grafik funksiyalarga joylashtirilgan.

Ms Excel 2007 visual ko`rsatish uchun smarali, dinamik grafiklar yaratish vostilari bor. Yangi Office 2007 dasturlari bu grafik funksiyalarini yanada osonroq va samaraliroq qiladi3.




Download 28.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling