5-mavzu. Flotatsiyalash jarayonining fizik kimyoviy asoslari


Download 0.67 Mb.
bet1/6
Sana03.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1742615
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5 mavzu


5-mavzu. Flotatsiyalash jarayonining fizik kimyoviy asoslari.
Reja:
1. Flotatsiya jarayoni bosqichlari, flotoreagentlar guruhlari, loy shlamlari modifikatsiyalash reagentlari, flotatsiya eruvchan tuz kation va anionlarini flotatsiyalanish gepotezalari.



    1. FLOTATSION BOYITIShDAN AVVAL KALIY MA’DANLARINI

MAYDALASh VA KLASSIFIKATSIYaLASh

Flotatsiya usulida boyitish amaliyotida faqat sterjenli baraban tegirmonlar qo‘llaniladi, ularda maydalovchi jismlar sifatida 90–120 mm diametrli silindr sterjenlar ishlatiladi. Sterjenli tegirmon hajmini 35-40 foizi sterjen bilan to‘ldirilgan baraban bo‘lib, qopqoqlar bilan yopilgan, markazida yarim sapfalar mavjud. Bunday tegirmonning sterjen bilan to‘ldirilishi – 50–70 t. MDH davlatlaridagi flotatsion kaliy fabrikasida 3200 mm diametrli, 4500 mm uzunlikdagi sterjenli tegirmonlar o‘rnatilgan, kelajaka undan ham katta tegirmonlar o‘rnatilishi belgilangan.


Maydalash sxemasi va rejimi. Sterjenli tegirmonlar ochiq va berk sikllarda ishlaydi. Ochiq siklda maydalangan material tegirmondan o‘tadi va mahsulot to‘kiladi. Ochiq siklda yirik mahsulot 5(3) – 0 mm oralig‘ida olinadi. Maydaroq maydalash uchun berk sxema qo‘llaniladi: sterjenli tegirmonda maydalangan material nazorat elagiga keladi, u yerda elanadi. Panjara osti mahsuloti tayyor hisoblanadi, panjara ustidagi mahsulot yana maydalash uchun tegirmonga qaytariladi. Kaliy ma’danlarining bunday sxema bo‘yicha maydalanishi, ularning tegirmon orqali ko‘p martalab o‘tishi orqali amalga oshadi. Bunda juda maydalanib ketish va shlam hosil bo‘lish minimal darajada, chunki maydalangan material to‘xtovsiz chiqarib turiladi.Nazorat elagi sifatida yoysimon elaklar va gidrotsiklonlar qo‘llaniladi.
Aniqlangan panjara usti mahsuloti miqdori aylanish yuklanishi deb ataladi. Aylanish yuklanishi S/Q nisbiy kattaligi foizlarda ifodalanadi. Kaliy ma’danlarini maydalash sxemasi dastlabki fraksiyalash va nazoratli fraksiyalash bilan berk siklda maydalash opersiyasini o‘z ichiga olgan ikki bosqichli maydalashdan iboratdir (3.1b-rasm). Maydalashning berk siklida panjara osti mahsuloti bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi tegirmonga kelayotgan birlamchi material bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligiga teng. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, maydalashning doimiy yirikligida tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi qabul qilingan aylanma yuklanish kattaligiga bog‘liq bo‘lib, uning ma’lum qiymatiga dastlabki ta’minot yoki tayyor sinf bo‘yicha maksimal ishlab chiqarish mos keladi.
Tegirmonning asosiy miqdoriy texnologik omili – bu dastlabki ta’minot yoki hisoblangan sinfi qd (t/m3 · s) bo‘yicha solishtirma ishlab chiqarish unumdorligidir.
yoki

bu yerda V – tegirmon hajmi, m3; βd, αdtayyor va dastlabki mahsulotdagi mayda fraksiya miqdori (Kaliy ma’danlarini maydalash amaliyotida tayyor mahsulotning yirikligi yirik donali flotatsiya uchun 3-0 mm va mayda donali flotatsiya uchun 0,8–0 mm qabul qilingan.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling