5-mavzu. Flotatsiyalash jarayonining fizik kimyoviy asoslari


Maydalash siklida klassifikatsiya


Download 0.67 Mb.
bet3/6
Sana03.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1742615
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5 mavzu

Maydalash siklida klassifikatsiya.
Kaliy ma’danlarini qayta ishlash amaliyotida dastlabki va nazoratli elash jarayonlari uchun qo‘llaniladigan yoysimon elaklar eng ko‘p tarqalgan. Yoysimon elak (cito dugovoe – SD) suspenziya oqimiga nisbatan kolosniklarining bo‘ylama joylashishi bilan yoysimon panjaradan iborat (3.4-rasm). Suspenziya elaklarga 1,5–5 m/s tezlik bilan elak yordamida hosil bo‘lgan yoyga urunma bo‘yicha keladi. Elakdagi sitaning o‘rab olish burchagi, odatda, 90º ( SD – 1, SD – 2). 2A–SD elaklarning o‘rab olish burchagi esa 180º. Panjara yoyining radiusi 0,55 m (SD–1) va 1,5 m (SD–2). Teshikli sita ko‘ndalang kesimi ingichka fason simlaridan yig‘iladi (material – zanglamaydigan po‘lat).





3.4-rasm. Yoysimon elak SD-1:
1-qobiq; 2-tirqishli elak; 3-siquvchi vint;
4-siquvchi shchit; 5-ta’minlovchi patrubok; 6-
panjara osti mahsuloti shtuseri.
3-3 jadval
Yoysimon elaklarning asosiy ko‘rsatkichlari

Ko‘rsatkichlar

Elak turi

SD - 1

SD - 2

SD – 2A

Panjara yuzasi, m2
Elakni egrilik radiusi, mm
O‘rab olish markaziy burchagi, grad.
Teshikning eni, mm
Suspenziya tezligi, m/s
Solishtirma ishlab chiqarish unumdorligi, t/m·s
Og‘irlik, kg

0,95
550
90
1,4(1,6)
4,0 gacha
50,0
290,0

2,1
1500
90
1,4(1,6)
5,0 gacha
50 – 100
930,0

1,9
550
180
0,5 – 2
5,0 gacha
30 – 100
508,0

Panjara osti mahsulotining o‘lchami 0,8–00 mm yirikligida, panjara teshigi 1,4–1,6 mm ga teng, –3,0 mm yiriklikda –5,0 mm. Yoysimon elakning asosiy afzalligi uning ixchamligida va harakatlanuvchi qismlarning yo‘qligidir (3-3 jadval).


(3.2) tenglamaga binoan

Yoysimon elaklarda kaliy tuzlari suspenziyasining fraksiyalanish (tasniflanish) samaradorligi 50–70% ni tashkil etadi. Tasniflanishning samaradorligini oshirish maqsadida elakning yangi konstruksiyalari ishlabchiqiladi va sinaladi, masalan, Polshada yaratilgan qimirlamaydigan konussimon siklonli elaklar (3.5-rasm).




Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling