5-mavzu. Flotatsiyalash jarayonining fizik kimyoviy asoslari
Berk siklli maydalashning texnologik hisobi
Download 0.67 Mb.
|
5 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3-rasm. Maydalash siklida mahsulotlarninu taqsimlash sxemasi.
Berk siklli maydalashning texnologik hisobi. Ho‘l maydalashda ma’dan bilan birga tegirmonga ma’dan tarkibiga kiruvchi to‘yingan tuzlar eritmasidan iborat bo‘lgan (shelok) eritma beriladi. Flotatsion boyitish jarayoni tuzli suspenziyada sodir bo‘ladi. Suspenziyadagi qattiq va suyuq faza miqdorini mahsulot namligi ω (%), qattiq fazaning suyuq (eritma) faza miqdoriga nisbati (Q:S), suspenziyaning suyultirilishi darajasi (S:Q), suspenziyaning hajmiy og‘irlik ulushi (t/m3) bilan ifodalash mumkin. Kaliy tuzlarini qayta ishlash texnologiyasida filtrlashdan so‘ng dastlabki ma’dan va boyitish mahsulotlari namlik bilan xarakterlanadi, boshqa mahsulotlar esa – suyultirilish darajasi bilan (S : Q nisbat bilan) xarakterlanadi.
Maydalashning qulay rejimi berk siklda optimal aylanma yuklanishda tegirmon va klassifikatorga berilaetgan suspenziyaning muayyan suyultirilishida erishish mumkin. Kaliy ma’danlarda namlik miqdori 1,0% dan oshmaydi, shuning uchun muhandis hisob-kitoblarida u odatda, hisobga olinmaydi. Suyuq fazaning bug‘lanishi ham qayta ishlashda hisobga olinmaydi. Maydalash sikliga berilayotgan mahsulotlarni kerakli suyultirish darajasini olish uchun eritma sarfini hisoblaymiz. 3.3-rasm. Maydalash siklida mahsulotlarninu taqsimlash sxemasi. Buning uchun maydalash sikli bo‘yicha suspenziyaning umumiy balansi tuziladi (3.3-rasm) bu yerda M – maydalash siklidagi eritmaning umumiy sarfi, m3/s; Mk – klassifikatorga uzatilayotgan eritmaning sarfi, m3/s; Mm – tegirmonga berilayotgan eritmaning sarfi, m3/s; Rn – panjara osti mahsulotining suyultirish darajasi; ρ – eritmaning solishtirma og‘irligi, t/m3. Eritmaning umumiy sarfi: Tegirmonga kelib tushayotgan eritma aylanma yuklanishni hisobga olgan holda tegirmon bo‘yicha suspenziya balansi tenglamasidan aniqlanadi S (t/s); bu yerda Rn.y. – panjara usti mahsulotini suyultirish darajasi; Rm – tegirmonni yuksizlantirishni suyultirish darajasi; bu yerda S – dastlabki ma’danga nisbatan aylanma yuklanish, %. Elakka berilayotgan Mk (m3/sutka) eritmaning sarfi elak bo‘yicha suspenziya balansi tenglamasidan aniqlanadi: Maydalash siklida aylanma yuklanishni barcha mahsulotlar suyultirilishini ma’lum darajasida nazoratli elash operatsiyasidagi suspenziya balansi bo‘yicha hisoblash mumkin, shu jumladan elak Rk ta’minotini qo‘shib: S/Q aniqlangandan so‘ng aylanma yuklanish ushbu formuladan aniqlanadi: Aylanma yuklanishning aniqroq qiymatitini maydalash sxemasini hisoblashda ko‘rsatilgan yiriklikdagi hisoblangan fraksiya balansi tenglamasidan (3.3) olish mumkin. Panjara osti mahsulotining chiqishi: Agar uning miqdorini (mahsulot) tegirmon yuksizlanishida Өd orqali, klassifikator panjara osti mahsulotini βd orqali va panjara ustidagini - υd orqali belgilasak. Aylanma yuklanish, panjara osti mahsulot chiqimini dastlabki mahsulotga (ushbu holda γp) nisbatiga teng. Unda Maydalash jarayonini boshqarish uchta kirish omillarini (parametrlari) ni o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi: ma’dan bo‘yicha tegirmonning unumdorligi Q, Mm tegirmon va Mk elakka eritma sarfi. Bunda mahsulotlarning kerakli suyultirilish darajasi va optimal aylanma yuklanish ta’minlanishi kerak. Kaliy ma’danini sterjenli tegirmonda 0,8–0 mm gacha maydalashda suspenziyaning suyultirilishi darajasi Rm tahminan 0,7–0,8 ushlab turiladi va 3–0 mm gacha maydalaganda esa Rm = 0,9–1,0. Yoyli elak bilan berk siklda sterjenli tegirmon bilan yoyli elak ishlaganda elak ta’minoti suyultirilish darajasi (klassifikatorning) Rk = 1,0–2,0, panjara usti mahsuloti Rn.y. = 0,4–0,8.
Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling