5-mavzu: gaplarning tasnifi reja


Realistic Game For Men Over 40


Download 143 Kb.
bet12/12
Sana07.04.2023
Hajmi143 Kb.
#1338653
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5-mavzu gaplarning tasnifi reja

Realistic Game For Men Over 40


LIMELIGHT MEDIA
If You Need Any Proof That True Love Exists, Just Look At Them!
×
5-MAVZU: GAPLARNING TASNIFI
Reja:

Gaplarning kuzatilgan maqsadga ko‘ra turlari: darak gap, so‘roq gap, buyruq va istak gaplar. Har bir turning o‘ziga xos grammatik va intonatsion xususiyatlari. Har bir turda modallik xususiyatlarining ifodalanishi.
Gaplarning tuzilish jihatdan turlari: soda va qo‘shma gaplar. Sodda garlarning yig‘iq gap va yoyiq gap turlari. Qo‘shma gap, uning sodda gapdan farqi, turlari.
Gaplarning emotsionallikka (his-hayajonni ifodalashiga) ko‘ra turlari. Undov gaplarning grammatik, intonatsion xusussiyatlari.
Gaplarning modallikka ko‘ra turlari: tasdiq va inkor gaplar. Bunday gaplarning o‘ziga xos xususiyatlari.
Sodda gaplarning grammatik asosiga ko‘ra turlari. Eganing ishtirokiga ko‘ra egasiz va egali gaplarga ajratilishi. Bir sostavli gaplar tushunchasining yangicha talqini.
Sodda gap. Yig‘iq va yoyiq gaplar.
Gaplarning kuzatilgan maqsadga ko‘ra turlari: darak gap, so‘roq gap, buyruq va istak gaplar. Har bir turning o‘ziga xos grammatik va intonatsion xususiyatlari. Har bir turda modallik xususiyatlarining ifodalanishi.
Gapning kommunikativ kategoriyasi gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini ham o‘z ichiga oladi. Gapning kommunikativ maqsadiga ko‘ra turlari nutqiy aloqa turiga asoslanadi. Shunga ko‘ra, gaplar kommunikativ maqsadiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: darak, so‘roq, buyruq gaplar. Ba’zi ishlarda ularning istak gaplar turi ham ajratiladi1.
Darak gap. Borliq hodisalarni tasdiq yoki inkor yo‘li bilan xabar qiluvchi gaplar darak gap deyiladi: Kuz havosi iliq edi. Kechki gullar ochilib turibdi. Ko‘kda tanho oy kezmoqda (I. Rahim).
Darak gaplar xabar, orzu-umid, maslahat, taajjub, tashvish, gina, kinoya kabilar ifoda qiladi. Darak gap ba’zan istak, gumonni ifoda qilishi ham mumkin: Bugun teatrga borsak. Zulfiya ham tezda kelib qolar. Paxta-davlat ishi, xalqning suyangan tog‘i.
Darak gapning sintaktik shakli bilan sintaktik ma’nosi o‘rtasida mutanosiblik mavjud: sintaktik darak ma’nosi gapning sintaktik darak shakli orqali ifodalanadi.
Darak gapning kesimi ko‘pincha aniqlik maylining o‘tgan, hozirgi kelasi zamon shakllari bilan, ba’zan shart-istak mayli bilan ifodalanadi.
Darak gap xabar intonatsiyasi bilan aytiladi. Bunda ohang gapning birinchi qismida ko‘tariladi, ikkinchi qismida esa pasayib boradi. Darak gap nutqda, gapning boshqa turlariga qaraganda, ko‘p qo‘llaniladi. Hatto, butun-butun matnlar ham darak gaplardan tashkil topadi.

So‘roq gap. So‘zlovchiga noma’lum bo‘lgan biror voqea-hodisa, harakat-hodisa, belgi haqidagi so‘roqni ifoda qiluvchi gaplar so‘roq gap deyiladi: Bu to‘qaylar hali o‘zlashtirilmagan ekan-da, opa? (H. G‘ulom).
So‘roq gaplarda quyidagilar ifoda qilinadi:
1) Sof so‘roq: Mashg‘ulot boshlandimi? Qachon safarga boramiz?
So‘roq gaplarda so‘roq bilan bir qatorda taajjub, gumon, shubha anglatilishi ham mumkin: Nahotki, institutda ta’lim olayotgan kishi intizomsizlik qilsa? («Sharq yulduzi»).
2) Ritorik so‘roq. Bunda so‘roq mazmunidan uning mazmuni anglashilib turadi. Bunday gaplar emosional nutq uchun uslubiy vosita bo‘lib xizmat qiladi: Xalq orzusini amalga oshirishdan kattaroq baxt bormi! (Oybek).
3) So‘roq-buyruq. Bunda so‘roq-byruq ottenkasiga ham ega bo‘ladi: Tez-tez yurmaysanmi?
So‘roq gaplar quyidagi vositalar bilan tuziladi:

So‘roq yuklamalari (-mi, -chi, -a, -ya) yordami bilan: Maxfiy bo‘lmasa, mazmunini bilishim mumkinmi? («Sharq yulduzi»).


Nahot, nahotki yuklamalari bilan: Nahotki, bugun yomg‘ir yog‘sa?
So‘roq olmoshlari yordamida: Sportda kimlar g‘olib chiqdi?
So‘roq intonatsiyasi yordamida. Bunda intonatsiya ko‘tariluvchi, pasayuvchi, ko‘tariluvchi-pasayuvchi xarakterida bo‘ladi. So‘roq gap ko‘tarluvchi intonatsiya bilan aytilganda mantiqiy urg‘u olgan bo‘lak gap oxirida bo‘lib ohang ko‘tarilib boradi: Bugun qor yog‘adi?
So‘roq gap pasayuvchi intonatsiya bilan aytilganda, mantiqiy urg‘u olgan bo‘lak gap boshida kelib, ohang pasayib boradi: Hammasidan xabarimiz bor? («Sharq yulduzi»).

So‘roq gap ko‘tariluvchi-pasayuvchi intonatsiya bilan aytilganda, mantiqiy urg‘u olgan bo‘lak gap ichida keladi. Ohang bungacha ko‘tarilib, keyin pasayadi: Hammasidan xabarimiz bor? («Sharq yulduzi»).
So‘roq gap so‘roq olmoshlari, so‘roq yuklamalari yordamida hosil bo‘lganda, so‘roq intonatsiyasi ta’kidlanish zarur bo‘lgan bo‘laklarda ko‘tariladi: Qachon? U nima dedi: -Hol so‘radi?
So‘roq gaplar oxiriga yozuvda so‘roq belgisi qo‘yiladi. Ritorik so‘roq gaplar oxiriga so‘roq va undov belgilari qo‘yiladi.
So‘roq gaplar ko‘proq dialogik nutq uchun xarakterlidir.

Buyruq gap. Buyurish, iltimos, maslahat kabilarni ifoda qiluvchi gaplar buyruq gap deyiladi: Ehtiyot bo‘l! Ko‘zingga qarab qadam bos (P. Tursun).
Buyruq gaplarda buyruq, maslahat, iltimos, g‘azab, do‘q kabilar ifoda qilinadi: Topshiriqni o‘z vaqtida bajar! (Buyruq). Yangi chiqqan adabiyotlar bilan tanishib boring (Maslahat). -Tur o‘rningdan! Menga aytmoqchi bo‘lgan hasrating shumi? Chiq uydan! (Do‘q, g‘azab).
Buyruq gapning kesimi odatda buyruq mayli bilan ifodalanadi. Bunda fikr ko‘proq tinglovchi shaxsga qaratilgan bo‘ladi. Shuning uchun ham bunday gaplarning kesimi buyruq maylining II shaxs shakli bilan ifodalanadi: V-o-y, yondim? Ado bo‘ldim. . . Suv! Suv beringiz! Qutqazinglar! («Sharq yulduzi»).
Ba’zi buyruq gap kesimi buyruq maylining I va III shaxs shakllari bilan ifodalanadi: A’lo o‘qish uchun kurashaylik! Meni ro‘yxatga yozib qo‘ysin! («Sharq yulduzi»).
Buyruq gap kesimi harakat nomi, kerak (zarur, lozim, darkor) konstruksiyalari bilan ham ifodalanadi: Bosh rejani tezda amalga oshirish kerak (Yashin). Va’daga vafo qilmoq zarur (Maqol).
Buyruq gap intonatsiyasi bilan aytiladi. Ohang darak gapdagiga nisbatan kuchli, so‘roq gapdagiga nisbatan kuchsiz bo‘ladi. Bunda ham gapda ifodalangan mazmunga qarab, ohang o‘zgarib turadi: buyruq, do‘q, g‘azab ifodalanganda ohang kuchsiz, xabar intonatsiyasiga yaqin bo‘ladi. Birinchi holatda yozuvda gap oxirida undov belgisi, ikkinchi holatda nuqta qo‘yiladi.Gaplarning tuzilish jihatdan turlari: sodda va qo‘shma gaplar. Sodda garlarning yig‘iq gap va yoyiq gap turlari. Qo‘shma gap, uning sodda gapdan farqi, turlari. Gaplar tuzilishi jihatidan ikki turga bo‘linadi: sodda gaplar va qo‘shma gaplar. Sodda gaplarning struktura asosi bitta bo‘lib, ma’lum bir fikrni ifoda qiladi. Qo‘shma gaplarning struktura asosida esa ikki yoki undan ortiq gap bo‘lib, bir murakkab fikrni ifoda qiladi. Qiyos qiling: Bahor keldi. Bahor keldi va gullar ochildi.
Gaplarning emotsionallikka (his-hayajonni ifodalashiga) ko‘ra turlari. Undov gaplarning grammatik, intonatsion xusussiyatlari. Gaplar emosionallikka munosabat jihatidan ikki turlidir: emosional gaplar va emosional bo‘lmagan gaplar. Darak, so‘roq, buyruq gaplar emosional bo‘lmagan gaplardir. Emosional gaplar undov gap deb ham yuritiladi.

Fikr kuchli his-hayajon bilan aytilgan gaplar undov gap deyiladi: Mana, otangiz Sohib sarkordan ibrat olsangiz-chi! (N. Safarov).
Darak, so‘roq, buyruq gaplar his-hayajon bilan aytilsa, undov gapga aylanadilar. Shunga ko‘ra, undov gaplarning darak-undov, so‘roq-undov, buyruq-undov turlari hosil bo‘ladi.
1. Darak-undov gap: Hammamiz imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirdik! («Sharq yulduzi»).
2. So‘roq-undov gap: Axir, bog‘dorchilik ishini yaxshi ko‘rgan, butun umrini yangi bog‘lar, yangi xil meva navlari yaratishga bag‘ishlagan odam uchun olti gektar yerdagi bog‘dan ajralish osonmi? (S. Zunnunova).
3. Buyruq-undov gap:O‘g‘il-qizlaringizni o‘qiting! (N. Safarov).
Undov gaplarda shodlik, quvonch, taajjub, qayg‘u, afsuslanish, mamnunlik, tashakkur va rag‘batlantirish, achinish, nafrat, his-hayajon ifoda qilinadi: Barakalla, barakalla, o‘g‘lim! (Tabrik). Obidjon - Tahsin va ofarin! (S. Abdulla) (Rag‘batlantirish). Tavba! (Taajjub). Oh, oh, oh! Otangizga rahmat! Kamol toping, do‘stim! (His-hayajon). Kuz payti qanday yaxshi! (Quvonch).
Undov gap tuzilishida undov intonatsiyasining roli kattadir. Shu bilan birga, quyidagi leksik va grammatik vositalar ham undov gaplarni hosil qilishda ishtirok etadi:
1. Qanday, naqadar kabi emosional-kuchaytiruv ma’nosidagi so‘zlar: Qanday qilib qutqarasan, qani! («Sharq yulduzi»).
2. Undov so‘zlar: Oh, bu qanday dahshat! (Ch. Aytmatov).
3. Ana, mana so‘zlari: Mana Zulfiya! Bog‘da tanho o‘tirib, nima haqidadir bosh qotiryapti («Sharq yulduzi»).
4. Maxsus intonatsiya: Bu yerning havosi-ana shunuqa sehrli havo! («Sharq yulduzi»).
Undov gaplar ko‘tarilgan ohang bilan aytiladilar. Odatda, his-hayajon ifoda qilayotgan bo‘lak kuchli ohang bilan aytiladi.
Darak-undov, buyruq-undov gaplar oxiriga yozuvda undov belgisi, so‘roq-undov gaplar oxiriga esa so‘roq va undov belgisi qo‘yiladi. Agar gap juda kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ikki yoki undan ortiq undov belgisi qo‘yilishi ham mumkin.
aplarning modallikka ko‘ra turlari: tasdiq va inkor gaplar. Bunday gaplarning o‘ziga xos xususiyatlari. Gaplar voqelikka munosabat jihatidan quyidagilarga bo‘linadi: tasdiq (bo‘lishli) gaplar va inkor (bo‘lishsiz) gaplar. Tasdiq gaplar borliq hodisalari orasidagi munosabatning mavjudligini ifodalaydi, inkor gaplar esa bunday munosabatlarning mavjudligini inkor qiladi. Qiyos qiling:O‘rik gulladi-O‘rik hali gullamagan.

Tasdiq va inkor kategoriyalari orasida bog‘lanish bor: har qanday tasdiqdan inkor, har qanday inkordan tasdiq ham kelib chiqadi: Zulfiya kamtar (Demak, maqtanchoq emas). Zulfiya maqtanchoq (Demak, kamtar emas).
Inkor gaplar tasdiq gap asosida mazkur inkor ko‘rsatkichlari yordamida hosil bo‘ladi, tasdiq gaplar esa bunday ko‘rsatkichlarga ega emasligi bilan xarakterlanadi.
Inkor gaplar tubandagi vositalar yordamida hosil bo‘ladi:
1. Kesim tarkibida kelgan -ma shakli emas va yo‘q so‘zlari orqali: Avdiy tushunmadi (Ch. Aytmatov). Menga buning sira aloqasi yo‘q («Sharq yulduzi»).
2. Maxsus inkor ifoda qiluvchi so‘zlar orqali: Odatda, bu so‘zlarning o‘zlarigina inkor ifoda etmaydi. Kesimlar ham inkor shaklida keladi: Tashqarida ham hech kim ko‘rinmas edi («Sharq yulduzi»).
3. Takrorlanib kelgan na yordamchisi orqali: Aziz na choy ichdi, na yotib dam oldi («Sharq yulduzi»).
Gapda ikki inkor vositasining qo‘llanishi tasdiq mazmunini beradi: Avdiy yangi vazifani bajarmay qo‘ymaydi (Ch. Aytmatov). Behzodning Toshkent sayohatiga borish fikri yo‘q emas («Sharq yulduzi»).
Ritorik so‘roq va undov gaplarning ba’zi tiplarida kesim inkor shaklida bo‘lsa ham, gapda tasdiq anglashilishi mumkin: Mayin shabada kimga yoqmaydi! (Hammaga yoqadi).

Sodda gaplarning grammatik asosiga ko‘ra turlari. Eganing ishtirokiga ko‘ra egasiz va egali gaplarga ajratilishi. Bir sostavli gaplar tushunchasining yangicha talqini.
Gaplarning struktura asosi bir bosh bo‘lak (ega yoki kesim) hamda ikki bosh bo‘lakdan tashkil topishi mumkin. Shunga ko‘ra, sodda gaplar ikki sostavli va bir sostavli gaplarga bo‘linadi.
Ikki sostavli gaplarda gapning struktura asosi ega va ksimdan tashkil topadi: Dunyo bir kattakon ko‘l («Sharq yulduzi»).
Bir sostavli gaplarda gapning struktura asosi yo ega yo kesimdan iborat bo‘ladi: Do‘sting uchun zahar yut (Maqol). Martning oxirgi kunlari. Ko‘k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz kuyga solyapti (A. Qahhor).Sodda gap. Yig‘iq va yoyiq gaplar. Gaplar, ikkinchi darajali muchalarning ishtirokiga ko‘ra yig‘iq va yoyiq gaplarga bo‘linadi.
Yig‘iq gaplar faqat bosh bo‘laklardan iborat bo‘ladi: Mashg‘ulot boshlandi. Kuz. Hamma yetishtirilgan hosilni yig‘ib-terib olish bilan band («Sharq yulduzi»).
Yoyiq gaplar bosh va ikkinchi darajali bo‘laklardan tashkil topadi. Bunda ikkinchi darajali bo‘laklarning bir-ikkitasi yoki barchasi ishtirok etishi mumkin:O‘zbekiston xalqi tinchlik uchun astoydil kurashmoqda («Xalq so‘zi»). Elning og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi (Maqol). Ko‘m-ko‘k dala. Sayohatchilar dam olishyapti («Sharq yulduzi»).Mavzu bo‘yicha tayanch atamalar: Darak gap, so‘roq gap, buyruq va istak gap, ritorik so‘roq gap, sodda gap, qo‘shma gap, emotsional gap, undov gap, tasdiq va inkor gap, bir sostavli va ikki sostavli gap, yig‘iq va yoyiq gap.
Adabiyotlar:
Abdurahmonov G‘., Sulaymonov A., Xolyorov X. Omonturdiyev J. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. Toshkent: O‘qituvchi, 1978. 18-19 –
betlar.
O‘zbek tili grammatikasi. Sintaksis. Toshkent: Fan, 1976. 95-111 – betlar.
G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. Toshkent: O‘qituvchi, 1965. 27-73 – betlar.
G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. Toshkent: O‘qituvchi, 1987. 29-67 – betlar.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. Toshkent: Fan, 1966. 38-55 – betlar.
Mahmudov N., Nurmonov A., O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Toshkent: O‘qituvchi, 1995. 37-58 – betlar.
O‘rinboyev B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili so‘z birikmasi va sodda gaplar sintaksisidan leksiyalar. Samarqand-1990. 21-31 betlar.
Ismatullayev X. Vidi predlojeniy po seli viskazivaniya v sovremennom uzbekskom yazike. AKD. Tashkent-1965. c. 31.
Sayfullayeva R. R. Sinonimiya povestvovatelnix predlojeniy v sovremennom uzbekskom yazike. Tashkent-1982. c. 25.
Solixo‘jayeva S. Emotsionalniye predlojeniye c sovremmenom uzbekskom yazike. AKD. Tashkent-1981. c. 24.
Sariyev B. Odnosostavniye predlojeniya v sovremennom turkmenskom yazike. Ashxabad-1988. c. 25.
Mahmudov N. Semantiko-sintakticheskiye assimetriya v prostom predlojenii uzbekskom yazika. AKD. Tashkent-1984. c. 45.


Shamanov E. Slova-predlojeniya v sovremmennom uzbekskom yazike. Tashkent-1970. c. 28.

Babayeva A. Nepolniye predlojeniya v sovremmenom yazike. AKD. Tashkent-1968. c. 20.

1 Mahmudov N. , Nurmonov A. Hozirgi oʻzbek tilining nazariy grammatikasi. Toshkent: Oʻqituvchi, 1995. 46-bet.

Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling