5-mavzu: gaplarning tasnifi reja
Download 143 Kb.
|
5-mavzu gaplarning tasnifi reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darak gap.
5-MAVZU: GAPLARNING TASNIFI Reja: Gaplarning kuzatilgan maqsadga ko‘ra turlari: darak gap, so‘roq gap, buyruq va istak gaplar. Har bir turning o‘ziga xos grammatik va intonatsion xususiyatlari. Har bir turda modallik xususiyatlarining ifodalanishi. Gaplarning tuzilish jihatdan turlari: soda va qo‘shma gaplar. Sodda garlarning yig‘iq gap va yoyiq gap turlari. Qo‘shma gap, uning sodda gapdan farqi, turlari. Gaplarning emotsionallikka (his-hayajonni ifodalashiga) ko‘ra turlari. Undov gaplarning grammatik, intonatsion xusussiyatlari. Gaplarning modallikka ko‘ra turlari: tasdiq va inkor gaplar. Bunday gaplarning o‘ziga xos xususiyatlari. Sodda gaplarning grammatik asosiga ko‘ra turlari. Eganing ishtirokiga ko‘ra egasiz va egali gaplarga ajratilishi. Bir sostavli gaplar tushunchasining yangicha talqini. Sodda gap. Yig‘iq va yoyiq gaplar. Gaplarning kuzatilgan maqsadga ko‘ra turlari: darak gap, so‘roq gap, buyruq va istak gaplar. Har bir turning o‘ziga xos grammatik va intonatsion xususiyatlari. Har bir turda modallik xususiyatlarining ifodalanishi. Gapning kommunikativ kategoriyasi gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini ham o‘z ichiga oladi. Gapning kommunikativ maqsadiga ko‘ra turlari nutqiy aloqa turiga asoslanadi. Shunga ko‘ra, gaplar kommunikativ maqsadiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: darak, so‘roq, buyruq gaplar. Ba’zi ishlarda ularning istak gaplar turi ham ajratiladi1. Darak gap. Borliq hodisalarni tasdiq yoki inkor yo‘li bilan xabar qiluvchi gaplar darak gap deyiladi: Kuz havosi iliq edi. Kechki gullar ochilib turibdi. Ko‘kda tanho oy kezmoqda (I. Rahim). Darak gaplar xabar, orzu-umid, maslahat, taajjub, tashvish, gina, kinoya kabilar ifoda qiladi. Darak gap ba’zan istak, gumonni ifoda qilishi ham mumkin: Bugun teatrga borsak. Zulfiya ham tezda kelib qolar. Paxta-davlat ishi, xalqning suyangan tog‘i. Darak gapning sintaktik shakli bilan sintaktik ma’nosi o‘rtasida mutanosiblik mavjud: sintaktik darak ma’nosi gapning sintaktik darak shakli orqali ifodalanadi. Darak gapning kesimi ko‘pincha aniqlik maylining o‘tgan, hozirgi kelasi zamon shakllari bilan, ba’zan shart-istak mayli bilan ifodalanadi. Darak gap xabar intonatsiyasi bilan aytiladi. Bunda ohang gapning birinchi qismida ko‘tariladi, ikkinchi qismida esa pasayib boradi. Darak gap nutqda, gapning boshqa turlariga qaraganda, ko‘p qo‘llaniladi. Hatto, butun-butun matnlar ham darak gaplardan tashkil topadi. Download 143 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling