5-mavzu: gaplarning tasnifi reja


Gaplarning modallikka ko‘ra turlari: tasdiq va inkor gaplar. Bunday gaplarning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 143 Kb.
bet4/12
Sana07.04.2023
Hajmi143 Kb.
#1338653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5-mavzu gaplarning tasnifi reja

Gaplarning modallikka ko‘ra turlari: tasdiq va inkor gaplar. Bunday gaplarning o‘ziga xos xususiyatlari. Gaplar voqelikka munosabat jihatidan quyidagilarga bo‘linadi: tasdiq (bo‘lishli) gaplar va inkor (bo‘lishsiz) gaplar. Tasdiq gaplar borliq hodisalari orasidagi munosabatning mavjudligini ifodalaydi, inkor gaplar esa bunday munosabatlarning mavjudligini inkor qiladi. Qiyos qiling:O‘rik gulladi-O‘rik hali gullamagan.
Tasdiq va inkor kategoriyalari orasida bog‘lanish bor: har qanday tasdiqdan inkor, har qanday inkordan tasdiq ham kelib chiqadi: Zulfiya kamtar (Demak, maqtanchoq emas). Zulfiya maqtanchoq (Demak, kamtar emas).
Inkor gaplar tasdiq gap asosida mazkur inkor ko‘rsatkichlari yordamida hosil bo‘ladi, tasdiq gaplar esa bunday ko‘rsatkichlarga ega emasligi bilan xarakterlanadi.
Inkor gaplar tubandagi vositalar yordamida hosil bo‘ladi:
1. Kesim tarkibida kelgan -ma shakli emas va yo‘q so‘zlari orqali: Avdiy tushunmadi (Ch. Aytmatov). Menga buning sira aloqasi yo‘q («Sharq yulduzi»).
2. Maxsus inkor ifoda qiluvchi so‘zlar orqali: Odatda, bu so‘zlarning o‘zlarigina inkor ifoda etmaydi. Kesimlar ham inkor shaklida keladi: Tashqarida ham hech kim ko‘rinmas edi («Sharq yulduzi»).
3. Takrorlanib kelgan na yordamchisi orqali: Aziz na choy ichdi, na yotib dam oldi («Sharq yulduzi»).
Gapda ikki inkor vositasining qo‘llanishi tasdiq mazmunini beradi: Avdiy yangi vazifani bajarmay qo‘ymaydi (Ch. Aytmatov). Behzodning Toshkent sayohatiga borish fikri yo‘q emas («Sharq yulduzi»).
Ritorik so‘roq va undov gaplarning ba’zi tiplarida kesim inkor shaklida bo‘lsa ham, gapda tasdiq anglashilishi mumkin: Mayin shabada kimga yoqmaydi! (Hammaga yoqadi).
Sodda gaplarning grammatik asosiga ko‘ra turlari. Eganing ishtirokiga ko‘ra egasiz va egali gaplarga ajratilishi. Bir sostavli gaplar tushunchasining yangicha talqini.
Gaplarning struktura asosi bir bosh bo‘lak (ega yoki kesim) hamda ikki bosh bo‘lakdan tashkil topishi mumkin. Shunga ko‘ra, sodda gaplar ikki sostavli va bir sostavli gaplarga bo‘linadi.
Ikki sostavli gaplarda gapning struktura asosi ega va ksimdan tashkil topadi: Dunyo bir kattakon ko‘l («Sharq yulduzi»).
Bir sostavli gaplarda gapning struktura asosi yo ega yo kesimdan iborat bo‘ladi: Do‘sting uchun zahar yut (Maqol). Martning oxirgi kunlari. Ko‘k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz kuyga solyapti (A. Qahhor).

Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling