5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
5 mavzu gnoseologiya a007a4c8ca028358a58bf353c8ff4093
Badiiy bilim borliqni tushunib yetish refleksiyaning o’ziga xos shakli bo’lib, u san’at
borlig’ining barcha bosqichlarida – asar g’oyasidan boshlab uning odamlar tomonidan qabul qilinishigacha – o’ziga xos tarzda ro’yobga chiqadi. Badiiy ijodni ijodkorning fikrlari va kechinmalarini anglab yetish ob’yekti – butun dunyoga uzviy bog’lagan holda san’at tilida moddiylashtirish deb ta’riflash mumkin. SHaklan badiiy faoliyat ob’yektga qarab mo’ljal oladi, mazmunan esa, u shaxs o’zligining ifodasi, inson ma’naviy hayotining intim tomoni, ijodkor ideallari va didining majmui hisoblanadi. Borliqni badiiy idrok etishning o’ziga xos xususiyati ko’p jihatdan san’at tilining o’ziga xosligi bilan belgilanadi. Uning tarjimoni – ijtimoiy aloqalar tizimiga kiruvchi madaniyatning belgilar tizimlaridir. San’at madaniyat tillarini badiiy tafakkur va aloqa vositalariga aylantiradi. Bunda san’at tili ikki xil ma’noda: dastlabki, madaniy (asarni idrok etishda u aynan tushunilishi mumkin) va shartli, badiiy ma’noda keladi. «Ma’nolar o’yini» asl borliqdan chalg’itmaydi, biroq uni mutlaqo kutilmagan tomondan ko’rish imkonini beradi. San’atni idrok etishda muttasil kashfiyotlar yuz beradi. Ularning orasida eng muhimi qalbimizning xilvat burchaklarini yorituvchi yashin chaqiniga o’xshaydigan o’zlikni kashf etishdir. Ongning kutilmagan kashfiyotlar xos bo’lgan bunday holati psixologiyada «insayd» deb ataladi. San’atni idrok etish o’zlikni anglash bilan bog’liq cheksiz va tengsiz lazzat baxsh etadi. San’atni idrok etish mexanizmi sifatida empatiya, ya’ni o’zini obraz bilan tenglashtirish amal qiladiki, bu kuchli emotsional ta’sirlanishga sabab bo’lishi mumkin. Ijobiy va salbiy emotsional holatlarning bir- biriga o’tishi bilan bog’liq murakkab jarayon shaxsni o’z tajribasini qayta tushunishga majbur qiladi va uning qadriyatlar tizimida to’ntarish yasashga qodir. SHunday qilib, san’atning bilishdagi ahamiyati shundan iboratki, u bilish va o’zlikni anglashning o’ziga xos birligidir. San’at – shaxsni ma’naviy boyitish manbai. U insonning ijodiy imkoniyatlarini faollashtiradi, uning madaniyat dunyosi va umuman jamiyatdagi xulq-atvorni tushunish qobiliyatini rivojlantiradi. San’atni idrok etishda ob’yekt va sub’yekt mushtarakdir. SHaxs san’at asarining mazmuniga o’zining daxldorligini his qiladi va uni o’zida kashf etadi. SHu sababli san’atni idrok etish orqali bilish faolligi namoyon bo’ladi. Bilishning mifologiya bilan uzviy bog’liq bo’lgan qadimgi shakllari diniy va falsafiy bilishdir. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling