5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»


asoslilik sharti «S P ni biladi, basharti u o’zining P ga bo’lgan ishonchini


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/35
Sana04.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1426284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
5 mavzu gnoseologiya a007a4c8ca028358a58bf353c8ff4093

asoslilik sharti «S P ni biladi, basharti u o’zining P ga bo’lgan ishonchini 
asoslab bera olsa». Bu shart bilimni to’g’ri chiqadigan taxminlar yoki tasodifan mos kelish 
hollaridan farqlash imkonini beradi. Aytaylik, siz besh yashar bolakaydan: «Quyosh 
sistemasida nechta sayyora bor?», deb so’radingiz va «To’qqizta», degan javobni eshitdingiz. 
Siz bola sayyoralar sonini tasodifan to’g’ri aytdi deb hisoblaysiz. Agar u o’z javobini hech 
bo’lmasa buni onasidan eshitganini aytib, asoslab bera olmasa, siz bolakayda bu dalil haqida 
haqiqiy bilim mavjud emas, degan to’xtamga kelasiz.
SHunday qilib, bu «uch qismli» talqinga muvofiq, quyidagi muxtasar ta’rifni berish 
mumkin: bilim – bu haqiqatga mos keladigan va asoslangan ishonchdir.
Bu ta’rif ancha sodda bo’lib, uni bilimning barcha turlariga nisbatan tatbiq etish mumkin. Bu 
so’zlar zamirida muayyan muammo yotadi. Masalan, biz N’yuton mexanikasi haqiqatga yetarli 
darajada muvofiq emas va uning o’rnini Eynshteynning aniqroq nazariyasi egalladi, deb 
hisoblaymiz. Biroq buning natijasida N’yuton nazariyasi o’zining bilim xususiyatini yo’qotgani 
yo’q-ku? Eynshteynga qadar, uning haqiqiyligiga ko’pchilikning ishonchi komil bo’lgan davrda 
u bilim edimi? SHunga o’xshash so’zlarni hozirda fan tarixidan o’rin olgan minglab nazariyalar 
sha’niga aytish mumkin. Bilimni qanday qilib asoslash mumkin va yetarli asoslar mavjudmi? 
Bu savol ham ancha mavhum. Gipoteza, faraz odatda bilim shakli sifatida qaraladi, biroq olimlar 
o’zlari ilgari surayotgan gipoteza yoki farazlarning to’g’riligiga ba’zan ishonchi komil 
bo’lmaydi.
Balki bilimni standart tushunish haddan tashqari taxminiy va nisbiydir? Qisman shunday, 
biroq bilim – bir ta’rif chegaralariga sig’dirish juda qiyin bo’lgan rang-barang hodisa ekanligi 
muhimroq. Agar «bilmoq» so’zi tilimizda qanday qo’llanilishiga nazar tashlasak, bilim turlari 
juda rang-barang ekanligini ko’rishimiz mumkin. Quyidagi gaplarni ko’rib chiqamiz. Men bu 
mashinani qanday qilib tuzatish mumkinligini bilaman. Men gitara chalishni bilaman. Men 
Po’latni o’n yildan beri bilaman. Men Toshkentni yaxshi bilaman. Men uchburchak 
burchaklarining yig’indisi ikki to’g’ri burchakka teng ekanligini bilaman. Men kit sut 
emizuvchilar oilasiga mansub ekanligini bilaman.
Bu bir qarashda o’xshash gaplarda «bilaman» so’zi har xil ma’nolarda keladi. Dastlabki ikki 
gapda bilish nimanidir bajara olishni anglatadi. Gnoseologiyada u «bilim-ko’nikma» deb ataladi. 
Keyingi ikki misolda bilish – bu «bilim-tanishuvlik» demakdir. U inson yoki qandaydir ob’yektni 
tanish qobiliyatini anglatadi. So’nggi gaplarda bilim «nimanidir bilish»ni ifodalaydi, chunonchi: 
u narsalarda qandaydir xossalar, nisbatlar, qonuniyatlar va shu kabilarning mavjudligini 
tavsiflaydi. Bilim bu yerda ma’lum axborot ko’rinishida keladi deb aytish mumkin.
Ko’rib turganimizdek, «bilim-ko’nikma» va «bilim-tanishuvlik» bilimning standart talqiniga 
uncha mos kelmaydi. Umuman olganda, ularga nisbatan haqiqiylik va asoslanganlik 
tushunchalarini tatbiq etish mumkin emas. Po’latni yaxshi yoki orqavarotdan bilish mumkin, 
biroq biz uni «to’g’ri» yoki «ishonchli» bilishimiz mumkinmi? Biroq, bu yerda shuni ta’kidlash 
lozimki, yuqorida zikr etilgan bilim turlari o’rtasidagi chegaralar aniq emas. Masalan, sizning 
Toshkent haqidagi bilimingiz siz shaharning kattaligi, aholisining soni, u O’zbekiston poytaxti 
ekanligi va hokazolar haqida ma’lum axborotga ega ekanligingizni nazarda tutadi. Biroq bu 
bilim – avvalo shahar bilan tanishlik, unda yaxshi mo’ljal ola bilish demak.
Gnoseologiyada asosiy e’tibor muayyan narsalar haqidagi bilimni tahlil qilishga qaratiladi. 
Zero, faqat shunday bilimni asosli va asossiz, ishonchli va ishonchsiz, haqiqiy yoki soxta bilim 
sifatida aniq baholash mumkin. Bilimni asoslash usullari, uning ishonchliligi, haqiqiyligini 
aniqlash mezonlarini izlash qadimdan bilimni falsafiy tahlil qilishning asosiy omili bo’lib keladi.


Biroq, hatto bilimning shu turini falsafiy tushunishda ham muammolar bisyor. O’ttiz yilcha 
muqaddam epistemologlar shunday misollarni o’ylab topdilarki, ularda ishonch, e’tiqod 
bilimning yuqorida zikr etilgan uchala xususiyatiga ega, biroq, shunga qaramay, ular bilim 
hisoblanmaydi. Mana, shunga o’xshash oddiy misollardan biri.
Masalan, o’qituvchi falsafadan yozilgan referatlarni tekshirayotib, talabalardan biri – 
Valiyev o’z ishini komp’yuterda terganini ko’rdi. O’qituvchi darsda bu guruhda o’qiydigan 
talabalarning qaysi birida uyida komp’yuter borligini so’rashga qaror qiladi. Valiyev o’zida 
chindan ham yaxshi komp’yuter borligini va bu komp’yuterda u ishlashni o’rganganligini aytdi. 
Qolgan talablarning birortasi ham o’zida bunday buyum borligini aytmadi. SHunga asoslanib 
o’qituvchi guruhda bir talabada komp’yuter bor ekan, degan xulosaga keldi. O’qituvchining 
bunga ishonchi komil va u o’zining bu e’tiqodiga yetarli darajada asoslangan va ishonchli bilim 
sifatida yondashadi. Biroq, endi faraz qilaylikki, Valiyevda komp’yuter aslida yo’q va u yolg’on 
gapirib, o’zi yoqtiradigan bir talaba qizning e’tiborini o’ziga qaratmoqchi bo’lgan. Ammo 
boshqa talaba – Aliyevning uyida komp’yuter bor, biroq u ma’lum sabablarga ko’ra buni oshkor 
etmaslikni lozim topgan. Natijada o’qituvchi o’zi dars beradigan guruhda kamida bir talabada 
komp’yuter bor deb hisoblar ekan, u asoslangan va o’z nuqtai nazaridan haqiqatga mos 
keladigan ishonch, e’tiqodga ega bo’ladi. Biroq bu e’tiqodni bilim deb hisoblash mumkin emas, 
chunki uning haqiqiyligi zamirida faqat tasodifiy haqiqatga muvofiqlik yotadi. 
Albatta, bunday misollarni bor-yo’g’i tafakkur o’yini deb hisoblash mumkin. Biroq, 
haqqoniy tasavvurlar soxta fikrlardan kelib chiqqan yoki ularga asoslangan hollar hatto fanda 
ham uchraydi.
Ammo bunday qarshi misollarga yo’l qo’ymaslik uchun bilimga yanada qattiqroq talablar 
qo’yish, masalan, bilim roliga da’vogar e’tiqodlar faqat ishonchli va xatosiz deb qarash mumkin 
bo’lgan fikrlar va ma’lumotlarga tayanishini talab qilish mumkin.
Bilim zamirida aniq, ishonchli va xatosiz asoslar yotishi lozim, degan tasavvur bilish 
nazariyasidagi eng nufuzli yondashuv hisoblanadi. Unga antik faylasuflarning asarlaridayoq 
duch kelish mumkin, eng aniq ko’rinishda va dasturilamal sifatida u YAngi davrda mashhur 
faylasuflar F.Bekon, R.Dekart va J.Lokk tomonidan ta’riflab berilgan. Bu yondashuvni klassik 
fundamentalizm deb nomlash, uning barcha muqobillarini esa, hozircha undan ma’lum darajada 
chetga chiqish sifatida tavsiflash mumkin.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling