266-modda. Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish
Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(266-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(266-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
O‘sha qilmish:
a) odamlar o‘limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
muayyan huquqdan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(266-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
267-modda. Transport vositasini olib qochish
Oldingi tahrirga qarang.
Transport vositasini olib qochish —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) zo‘rlik ishlatib yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib;
g) transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida o‘g‘rilik yoki talonchilik yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
a) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan;
v) transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida bosqinchilik yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(267-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |