5-mavzu: idrok va xayol reja
Download 122.7 Kb.
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Attraksiya
- Idrok
- Idrokning predmetliligi
- Illyuziya
- Perseptiv tizim
- Tanlovchanlik
- Giperbolizasiya
- Tasavvur
Tayanch tushunchalar
Agroziya - idrokning buzilishi. Agrafiya miyaning ma'lum bir jarohatlanishida natijasida sodir bo’ladi Appersepsiya (lot. ar - ga, qarashli, perceptio - idrok) - shaxs idrokining avvalgi bilim va tajribalariga hamda uning umumiy qiziqish, xavaslariga bog’liqligi. Attraksiya (fr. attraktion - qiziqib intilmoq, talpinmoq) - bir kishini boshqa kishi ko’rib qolganda, idrok etganda yuz beradigan tafakkur turi. Audivizual idrok (ing. audio - eshitmoq vision - ko’rmoq) - bir vaqtning o’zida ham eshitib, xam ko’rib idrok qilish. Gallyusinasiya (lot. - cinatio - alahlash) - real voqelikdagi narsa va hodisalarning analizatorlarga bevosita ta'sirisiz ongimizda turli obrazlarning hayoliy ravishda paydo bo’lishidan iborat psixopatologik hodisa. Idrok - sezgi a'zolariga ta'sir etib turgan narsa va hodisalarni bevosita yaxlitligicha aks ettirish jarayoni. Idrokning konstantligi - (lot. constantis - o’zgarmas, doimiy) - idrok sharoiti o’zgarsada, idrok qilishdan hosil bo’lgan narsa obrazlarning (ularning shakli, rangi, hajmi) nisbatan o’zgarmasligi, turg’unlik holati. Idrokning predmetliligi - jamiki olamdan olingan ma'lumotlarni - axborotlarni ichki olam ob'ektiga kiritish xususiyati. Idrokning butunliligi - idrok xususiyatlaridan bo’lib, bu sezgi a'zolariga bevosita ta'sir etib turgan ob'ektlarni, ularning belgi va xususiyatlari bilan birgalikda qo’shib idrok qilishdan iborat. Illyuziya - (lot. illusio - aldash) - borliqning noto’g’ri idrok etilishi. Kuzatuvchanlik - shaxs xususiyatlaridan biri, u kishining idrok qilish jarayonnda narsalarni kamdan-kam uchraydigan ammo muhim tomonlarini payqay olishida namoyon bo’ladi. Perseptiv harakatlar (lot. regsertio - idrok etmoq) - idrok jarayonining asosiy tuzilishi birligi, bu idrok ob'ektlarini bilib olish va uni xotira obrazlari bilan solishtirishdan iborat. Perseptiv tizim - idrokning muayyan jarayonini ta'minlovchi analizatorlar yig’indisi. Predmetlilik (idrokda) - ob'ektivlashtirish holati, unda tashqi olamdan olinadigan ma'lumotlar qayta va shu borliq bilan solishtiriladi va natijada idrokning haqiqiy buyum va narsalarni qabul qilishini ta'minlaydi. Tanlovchanlik - idrokning xususiyati, buni shaxsning yo’nalishi yoki uning tajribasini belgilab beradi. Tuyush - idrok turlaridan biri, bu taktil va muskul - harakat sezgilaridan iborat. Fazoni idrok qilish - voqelikdagi narsa va hodisalarning fazoda tutgan o’rnini, shaklini, miqdorini uch o’lchov asosida (balandlik, kenglik, uzunlikda) bevosita aks ettirish. Agglyutinasiya (lot. Agglutinate - yopishtirmoq yelimlamoq) - mavjud obraz va tasavvur qismlarini bir - biriga "yopishtirib" ho’shish asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat xayol faoliyati. Mas., suv parisi obrazi. Aksentlash (yunon. Accentys – urg’u) - narsalarning ayrim qismlarini boshqa qismlariga nisbatan haddan tashqari kichraytirish yoki kattalashtirish asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat xayol faoliyati. Giperbolizasiya (yunon. Hyperbole - kattalashtirmoq) - kattalashtirish bilan bog’liq xayol faoliyatining bir usuli. Orzu - shaxsning o’zi uchun yoqimli bo’lgan istiqbol obrazlarni ongida yaratishdan iborat xayol turi. Orzu shaxsning ehtiyojlari, istak va intilishlari bilan bevosita bog’liq. Tasavvur - sezgi a'zolariga qachonlardir ta'sir etgan narsa va xodisalarning yaqqol hissiy obrazi. Xayol - mavjud tasavvurlar asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat psixik aks ettirish jarayonlaridan biri. U ixtiyorsiz va ixtiyoriy, ijodiy xayol turlariga ajratiladi. Download 122.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling