5-Mavzu: Ijtimoiy siyosatning predmeti va metodlari Reja


Download 37.01 Kb.
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi37.01 Kb.
#1009570
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-mavzu Ijtimoiy siyosat

Nafaqalar. Mehnat ulushiga qarab tabaqalanadigan nensiyalardan farqli o’laroq, nafaqalar mohiyati boshqacha - ular o’ta muhtoj kishilarga aynan ko’maklashishi kerak. Bolalikdan nogironlarga, qariyalar va mehnatga qobiliyatsiz kishilarga, pensiya tayinlash uchun zarur ish sta­jiga ega bo’lmagan fuqarolarga nafaqalar xuddi pensiyalar singari oyma-oy to’lab boriladi.



  1. Ijtimoiy adolat va samaradorlikni ta’minlash omillari

Adolat muammosi doimo insoniyatning diqqat markazida bo’lib kelgan. Bu tushuncha siyosatshunoslik fanining bosh mavzularidan biri ekanligi yaxshi ma’lum. Ammo adolat avvalo ma’naviy qadriyatdir. U aslida ma’naviyatning ijtimoiy hayotdagi zuhuridir. Bunga buyuk ajdodlarimizning ko’p asrli merosi guvoh. Albatta, ijtimoiy hayotda adolatning qay darajada barqaror bo’lishi bashariyat ma’naviy takomilining turli davrlarida, turli mintaqalarda turlicha omillarga bog’liq bo’lgan. Masalan, ibtidoiy jamoa odami o’z urug’i va qabilasi ko’lamida fikr yuritgan bo’lsa, qadim Yunonistonda boshqacharoq, O’rta asr xristian dunyosida bir xil, islom mintaqasida o’zgacha bir tusda talqin etilgan. Adolat muammosining yana bir murakkabligi u turli sohalarga tatbiq etilganda turlicha talqin etiladi. Masalan, milliy (aniqrog’i, millatlar aro) adolat, diniy (dinlar aro, turli din vakillari aro, turli diniy tizimlar nuqtai nazaridan) adolat, iqtisodiy adolat, ijtimoiy (ya’ni turli ijtimoiy toifalar aro) adolat, qozilikdagi (ikki da’volashuvchi shaxs aro) adolat va h.k. Bularning har birida adolat timsoli o’ziga xos tarzda tasavvur etiladi. Qazovatda, misol uchun, Evropa an’anasiga ko’ra u ikki pallali tarozu shaklida tasavvur qilingan. Ikki tomon da’volashganda, qat’iy hukm chiqarish uchun, balki noiloj tarozuning bir pallasiga tosh qo’yishga to’g’ri kelar. Ammo ijtimoiy adolat mezoni bugungi kun voqeligida unchalik jo’n tasavvurlarga muvofiq kelmasligini tushunib etmog’imiz zarur. Milliy ma’naviyatimizning ming yillik tajribasi, hayot mantiqi, bashariyat fikri etishgan ilg’or tamoyillar bizni shunga undamoqda.
Ilohiy kitoblarda insonga er yuzidagi ijtimoiy tartiblarni qanday belgilash yuzasidan qat’iy hukmlar e’lon qilinmagan, siyosat sohasida inson irodasi to’liq erkindir. Er yuzida zulm saltanati barqaror bo’ladimi, adolat ustivorligimi - insonning o’ziga bog’lik. Allohning imtihoni - bu. Ammo Yaratgan Parvardigorning va’dasi aniq: kim o’z umrida bir misqol savob qilsa ham ajrini oladi, bir botmon gunoh qilsa ham.
Adolat timsol-tushunchasi xuddi ana shu sinov maydonida inson hayotining turli sohalarini o’zaro muvozanatlab turadi. Milliy ma’naviyatimiz takomilida bu tushunchaga munosabat qanday shakllanib borgan, ya’ni adolat mezoni qanday talqin etilgan? Suhbatimiz mavzui shu haqda. Buyuk ajdodlarimiz davlat, jamiyat, ma’naviyat masalalarining o’zaro uyg’unligiga doimo katta ahamiyat berib kelganlar. Bu masala “Avesto” kitobida ham keng o’rin olgan. Keyinchalik turkiy bitiklar, Forobiy merosi, “Qutadg’u bilik” kabi qomusiy yodgorliklarda bu muammo har biri o’z davri uchun butun ichki murakkabligi bilan ochib va echib berilgan. Ular nisbatan batafsil o’rganilgan va hozir alohida to’xtab o’tish imkoni ham yo’qligi sababli biz faqat muammoning eng muhim o’rinlariga qisqacha to’xtab o’tamiz, xolos.
Ma’lumki, inson jamoa bo’lib yashaydi. Islom mintaqa madaniyatining buyuk nazariyotchilaridan, XIV asrning yirik faylasuf-tarixchisi va siyosatshunosi, Amir Temurga zamondosh va suhbatdosh bo’lgan Ibn Xaldun (1332-1406) inson jamoalarini ikki toifa yoki bosqichga ajratadi. Birinchisi - ibtidoiy jamoa, ya’ni urug’ va qabila jamoasi bo’lib, bunda insonlarning bir jamoaga uyushuvi qon-qardoshlik munosabatlariga asoslangan bo’ladi. Bu davrda aksariyat insonlar o’zligini faqat o’z jamoasi, nari borsa, qabila va elati miqyosida anglab etgan. Shu sababli o’zi bilan nasliy qon-qarindoshlik munosabatlarida bo’lmagan yoxud shunga teng bitimlar hosil qilmagan begona jamoa, urug’ va elat vakilini nafaqat qabiladoshlari bilan teng sanamagan, balki uning inson darajasidagi qadrini ham idrok etmagan. Qadim johiliya arablarining hayotidan xabar beruvchi manbalar, masalan, "Ayyomi arab"da tasvirlangan qabilalar orasidagi ayovsiz jangu jadallar, o’zga qabila a’zolari mulkini toroj qilib, ayollari, bolalarini qul-cho’riga aylantirib, shuning hisobidan qabiladoshlariga ziyofat berishlar odatiy hol hisoblanib, yana bunday bedodliklarning "qahramonlik" sifatida she’riyatda vasf etilishi kabi holatlar bunga dalil bo’la oladi.



Download 37.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling