5-Mavzu: Ijtimoiy siyosatning predmeti va metodlari Reja
Ijtimoiy ehtiyojlar va ularni turlari
Download 37.01 Kb.
|
13-mavzu Ijtimoiy siyosat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy ta`minotning mohiyati va asosiy yo`nalishlari .
Ijtimoiy ehtiyojlar va ularni turlari.
Sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar va ularning tarkibi. Kishilik jamiyati insonlardan tarkib topgan. Inson esa barcha jonzodlarning eng oliysi. U boshqa jonzodlardan o`zining aql idroki bilan ajralib turadi. U xayot kechirish uchun turli ehtiyojlarini qondirishi shart, chunki busiz inson yashay olmaydi. Insonlarning yashashi, har tomonlama kamol topishi uchun zarur bo`lgan barcha ne`matlar ularning hayotiy ehtiyojlarini tashkil etadi. Inson o`z extiyojlarini qondirish yo`lini qidiradi. Extiyojlarni qondirishi zarurligi, ya`ni yashash uchun kurash uni faollikka undaydi. Insonning ehtiyojlari xilma-xil. U yashar ekan, ovqat eydi, kiyim-kechak kiyadi, bilim oladi, boshkalar bidan muloqotda bo`ladi, do`stlashadi va hokazo. Ehtiyojlar turli shakl xususiyat, sifat, belgi, miqdor va boshqa jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Har bir inson uchun o`zining qadr - qimmat o`lchovi mavjud Bir inson tomonidan qadrlangan, hayotiy ahamiyatga ega bo`lgan narsa ikkinchi bir kishi uchun hech qanday ahamiyatga ega bo`lmasligi mumkin. Ahamiyatiga ko`ra ehtiyojlarni tartibga solish u yoqda tursin, hamma insonlar uchun eng zarur bo`lganlarini ham sanab o`tish qiyin. Har bir inson uning uchun qaysi extiyojlar eng zarurligini o`zi belgilaydi. XX asr ko`pincha «axborot asri» deb atalgan. XXI asrga kelib axborotning ahamiyati yanada ortdi. Axborotni biz turli-tuman manbalardan olamiz. Masalan: radio, televidenie, gazeta va jurnal, kitob, global kompyuter tarmog`i internet kabilardan olamiz. Shu bilan birga «an`anaviy» axborot manbalari mavjud va doimo saqlanib qoladi. Ular ota-ona, qarindosh-urug`, do`st-birodarlar, qo`ni-qo`shni, tanishlar, tasodifiy uchrashgan odamlar va hokazo. Biz har daqiqada yangi axborot olamiz. Bizni atrofimizni o`ragan olam tabiatni kuzatib yangi-yangi ma`lumotlar olamiz. Bizni organizmimiz axborot qabul qilishning doimiy manbai. Aynan axborot bizni barcha ehtiyojlarimizni shakllantiradi. Bizni barcha odatlarimiz, his-tuyg`ularimiz, bilim va hayot tajribamiz, u yoki bu narsaga baho berishimiz, avvaldan o`ylagan yoki beixtiyor hohish-istaklarimiz - barcha-barchasining asosida his-tuyg`ularimiz, nerv tomirlarimiz orqali organizmimiz qabul qilgan axborot yotadi. Yangi axborot yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi, mavjudlarini tubdan o`zgartiradi. Axborot insonni beixtiyor harakatga solishi yoki natijasini ko`z o`ngiga keltirgan yoki aniq bilgan, tushungan holdagi hatti-harakatini boshqarishi mumkin. Fan-texnika taraqqiyoti, yangi-yangi ixtirolar tufayli yangi tovarlar ishlab chiqariladi, xizmatlar ko`rsatiladi. Ilgari bunday tovarlar bo`lmagani uchun ehtiyojlar ham bo`lmagan. Masalan: kompyuter, qo`l telefon va boshqalar. Avvaldan mavjud bo`lgan, lekin u tovarlarni xususiyatlarini bilmagan odam bu xaqda yangi axborot olishi tufayli yangi ehtiyojlar vujudga keladi. Masalan: an`anaviy oziq-ovqat mahsulotlari sabzavot, mevalardagi vitaminlar, turli moddalar yoki boshqa xususiyatlari to`g`risidagi yangi ma`lumotlar. Kishining hayotida yangi vaziyat, yangi muammolarni paydo bo`lishi natijasida ham yangi ehtiyojlar vujudga keladi. Masalan: oilada farzand tug`ilishi natijasida chaqalok uchun zarur buyumlarga, kasal bo`lganda doriga, kasbini o`zgartirganda ish qurollariga va boshqalar. Xullas inson butun hayoti davomida yangi-yangi axborot oladi, unga muvofiq ravishda ehtiyojlar vujudga keladi va doimo o`zgarib boradi. Shunday qilib har bir kishi avval axborotga ega bo`ladi so`ngra shu axborotga qarab u yoki bu qarorga keladi. Ehtiyojlar nihoyatda turli tuman bo`lib, ularga turli jihatdan yondashish mumkin. Ko`pgina iqtisodchilar u yoki bu xususiyatlariga ko`ra ehtiyojlarni turli guruhlarga ajratib tushuntirishga harakat qilishgan. Alfred Marshall nemis iqtisodchisi Germanning fikriga asoslanib, ehtiyojlarni absolyut va nisbiy, minimal va maksimal darajadagi ehtiyoj, qondirilishi zarur va qondirilishi kechiktirsa bo`ladigan, bevosita va bilvosita qondiriladigan ehtiyojlar, joriy va kelajakda qondiriladigan ehtiyojlarga bo`ladi. Ayrim adabiyotlarda birlamchi - eng zarur ehtiyojlar, ikkilamchi - qondirilishi kechiktirsa bo`ladigan ikkinchi darajadagi ehtiyojlarga bo`linadi. Birlamchi ehtiyojlarga insonning eng zarur bo`lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa shunga o`xshash ehtiyojlari, ikkilamchi ehtiyojlarga insonning ma`naviy, intellektual faoliyati bilan bog`liq bo`lgan bilim olish, san`at, turli ko`ngil ochar tadbirlarga qatnashish ehtiyojlarini kiritish mumkin. Lekin bunday ajratish shartli. Ular har-bir inson uchun individual bo`lib, bir inson uchun kiyim-kechak, turar joy birlamchi bo`lsa, boshqasi uchun bunday bo`lmasligi mumkin. Birov uchun kiyim-kechakdan ko`ra bilim olish zarurroq, boshqasi uchun aksincha, yoki bir kishi uchun ma`naviy ehtiyoj hasham bo`lsa, boshqasi uchun kundalik ehtiyoj bo`lish mumkin, yoki ma`lum vaqt o`tgach oddiy extiyojlarga aylanishi mumkin. Inson ehtiyojlari tarkibiga turli jihatdan yondashib, uni har-xil guruhlarga ajratish mumkin: 1.Ehtiyojlarning sub`ektlariga ko`ra: individual, guruhiy, umumjamiyat ehtiyojlariga bo`linadi. a) Individual ehtiyoj har bir insonning ehtiyojini ifodalaydi. U fiziologik ehtiyojlar, sotsial kontaktda bo`lish, o`zining har tomonlama kamol topishiga bo`lgan extiyojlar va boshqalarini o`z ichiga oladi. b) Guruhiy ehtiyoj - bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda birlashgan guruhlari (mehnat jamoasi, turli uyushmalar) ehtiyojlari bo`lib, birgalikda yashash, faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir. v) Umum jamiyat ehtiyoji - bu mamlakat miqyosida, qolaversa er shari miqyosida insonlarning bir butun bo`lib tarkib topgan ehtiyojlaridir. U o`z ichiga birinchidan, barcha turdagi individual va guruhiy ehtiyojlarini olsa, ikkinchidan jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab turish uchun zarur ehtiyojdir. Bularga tabiiy resurslarni asrash, mudofaa, jamiyatni boshqarish va hokazolarni kiritish mumkin. Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlariga mansub kishilar ehtiyojining yaxlitligi sifatida namoyon bo`ladi. Tabaqalanish darajasiga qarab ehtiyojlar ham farqlanadi. 2.Ehtiyojlar ob`ektiga ko`ra: moddiy ehtiyojlar, sotsial-ma`naviy ehtiyojlarga bo`linadi. Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo`lishi bilan vujudga kelgan. Ular tabiiy ehtiyojdir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy ehtiyojlardir. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, transport va hokazo kabi qator ehtiyojlardan iborat bo`lib, ularning qondirilishi Sotsial-ma`naviy ehtiyojlar azaliy bo`lmay jamiyat taraqqiyotining ma`lum bosqichida, tsivilizatsiya paydo bo`lishi bilan yuzaga keladi. Jamiyat rivojlangan sari sotsial-ma`naviy ehtiyojlar tabiiy zaruratga aylana boradi, hamda borgan sari yuksala boradi. Sotsial-ma`naviy ehtiyojlar asosan turli xizmatlardan foydalanishga bo`lgan ehtiyojlar tarzida yuzaga chiqadi. O`qituvchi, vrach, san`at arbobi, sport va boshqalar xizmatidan foydalanib, inson axloqiy, ma`naviy, estetik, jismoniy jihatdan tarbiyalanadi, bilim oladi, kasb egallaydi, har tomonlama kamol topadi. Bu ehtiyojlar yaqqol moddiy ko`rinishga ega emas. 3.Faoliyat yuritish sferasi jihatidan: mehnat qilish, muloqatda bo`lish, dam olish, ish qobiliyatini tiklash, iqtisodiy faoliyat yuritishga ehtiyojlarni o`z ichiga oladi. Mehnat ehtiyoji insoning o`zida mujassamlashgan. Mehnatsiz inson yashay olmaydi., chunki mehnatsiz nozu-ne`matlar yaratib bo`lmaydi, mehnatsiz inson shaxsi kamol topa olmaydi. Mehnat ehtiyoji insonda mehnat qilish, ijod qobiliyati borligidan kelib chiqadi. Inson mehnatda o`z o`rnini topish, o`z qobiliyatini ishga solib, obro`-e`tibor qozonishga harakat qiladi. Inson yashar ekan doimo boshqalar bilan muloqotda bo`lishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham hayotimizda «Yolg`izlik xudoga xos» degan naql bor. Inson mehnat qilar ekan, albatta ish qobiliyatini tiklash uchun dam olishi, turli ko`ngil ochar tadbirlarda qatnashishi zarur. 4. Ehtiyojlarni qondirilishi jihatidan qarasak, ular yakka va birgalikda qondiriladigan ehtiyojlarga bo`linadi. Har bir inson o`zining ehtiyojlarini bir qismini yakka tartibda, ikkinchi qismini esa boshqalar bilan birgalikda qondiradi. Yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojga yagona o`lcham bilan yondoshib bo`lmaydi. Moddiy ehtiyojlarning ko`pchiligi odatda yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojlarni tashkil etsa, sotsial- ma`naviy ehtijlar ko`prok birgalikda qondiriladigan ehtiyojlardan iborat. Masalan, kiyim kiyishga bo`lgan ehtiyoj yakka tartibda, bilim olishga bo`lgan ehtiyoj birgalikda qondiriladi. 5. Ehtiyojni qondirishdan qanday maqsad ko`zlanganiga qarab, ularni: shaxsiy ehtiyojlar va ishlab chiqarish ehtiyojlariga bo`lish mumkin. Boshqacha aytganda iste`mol tovarlari va iqtisodiy resurslarga ehtiej. Birinchisi insonning bevosita ehtiyojlari bo`lib, uning hayot kechirishi, har tomonlama kamol topishiga qaratilgan. Ishlab chiqarish ehtiyojlari esa inson uchun bilvosita ehtiyojlar bo`dib, uning yordamida inson yashashi kamol topishi uchun zarur bo`lgan turli ne`matlar ishlab chiqarish uchun zarur investitsion tovarlar yaratiladi. Ehtiyojlar qanday guruhlarga bo`linmasin, qay jihatdan yondashilmasin, ular bir-biri bilan bog`lik, biri ikkinchisini taqozo qiladi, hamda yagona umumjamiyat ehtiyojlari tarzida shakllanadi. Jamiyatning umumiy ehtiyojlari tarkib topishi va rivojlanishiga qator omillar ta`sir ko`rsatadi. Ularni umumiy tarzda quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin: 1.Aholi soni, yoshi, jinsi. 2.Tabiiy-geografik sharoiti. 3.Tarixiy milliy an`analar va odatlar. 4.Jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti. 5.Madaniy jihatdan erishilgan daraja. Jamiyat har xil odamlardan tarkib topar ekan, albatta ularning har birining ehtiyoji shakllanishiga ta`sir etadigan omillar ham mavjud. Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarni yuksalib borishi qonuni. Kishilik jamiyati taraqqiyotiga nazar tashlasak ehtiyojlarni yuksalib borishini ko`ramiz. Ehtiyojlarni uzluksiz o`zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir. Fanda insonning ehtiyoji cheksizligi, doimo yuksalib borishi allaqachonlar qayd etilgan. Qondirilgan ehtiyoj yangi ehtiyojlarni keltirib chiqarishi xalqda «Insonning ko`zi tuproqqa to`lganda to`yadi» degan naql kelib chiqishiga sabab bo`lgan. Hozirgi nazariyachilar ehtiyojlar cheksiz, ular o`sishining to`xtashi, jamiyat hayotini to`xtashini bildiradi deb e`tirof etishadi. Ehtiyoj o`smaganda edi, ishlab chiqarishni taraqqiy etishiga zarurat bo`lmas edi. Ehtiyojlarning yuksalishi ikki yo`nalishda amalga oshadi. 1. Kishilarning ehtiyoji miqdoran o`sib boradi. Bu bir tomondan aholi sonining ko`payib borishi bilan bog`liq bo`lsa, ikkinchi tomondan, iste`molni ortishi bilan bog`lik. Masalan, O`zbekistonda aholi soni 1990 yilga nisbatan hozirgi paytga kelib, 1,2 martaga ko`paydi. Agar individual ehtiyoj o`zgarmadi deganimizda ham jamiyat miqyosida ehtiyojlar 1,2 martaga ortgan. Lekin biz bilamiz odamlarni ehtiyojlari ortib boradi. Masalan, xar 100 oilaga to`g`ri keladigan engil avtomobillar soni 1,3 martaga ko`paydi. Demak avtomobilni ekspluatatsiyasi bilan bog`liq ehtiyojlarimiz ham shunchaga ko`paydi. Ehtiyojlar tarkibi o`zgarib, ko`payib boradi. Ayrim ehtiyojlar yo`qolib, o`rniga yangisi keladi, lekin yo`qolib ketadigan ehtiyojlarga qaraganda yangi vujudga keladiganlari ko`p. Ishlab chiqarishning o`zi ehtiyojlarni o`sishiga, tarkibini o`zgarishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Masalan, XX asrning 40-yillarida odamlar televizor nima ekanini bilishmagan. Hozirgi paytda har bir xonadonda televizor bor, Ayrimlarida esa 2-3 tadan. Ko`plab bunday misollarni keltirish mumkin. Ijtimoiy ta`minotning mohiyati va asosiy yo`nalishlari. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, inson manfaatlarini ko`zlaydi. Zero , isloxatlar jarayonida respublikamizda axolining ijtimoiy muxofazasi va uni qo`llab- quvvatlash, inson huquqlari va erkinliklarini qonunchilik xamda huquqiy asoslarini shakllantirish va amalga oshirish masalalariga katta axamiyat qaratilib kelinmokda. Fuqorolarning ijtimoiy ta`minotga bo`lgan huquqlari asosiy qomusimiz bo`lgan O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tomonidan kafolatlangan. Jumladan, uning 39-moddasida - «xar kim kariganda, mehnat layoqatini yo`qotganda, shuningdek boquvchisidan mahum bo`lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta`minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo`yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo`lishi mumkin emas” –deyilgan. Davlatning ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo`naltirilgan xarajatlari faqat ijtimoiy emas, balki iqtisodiy axamiyatga ega buladi, jamiyatning iktisodiy salohiyatini oshirishga yordam beradi, chunki davlat amalga oshirayotgan, aholining hamma qatlamlari manfaatlariga daxldor bo`lgan iqtisodiy faoliyat natijalari ijtimoiy soxa orqali ro`yobga chiqadi. Inson munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirish vazifalarining ijobiy hal etilishi aynan ijtimoiy-madaniy soxalar taraqqiyotiga bog`liq. Yuqoridagilardan kelib chiqib kuchli ijtimoiy siyosat bevosita aholini turmush darajasini, uning faravonligini oshirishning asosiy omili bo`lib hisoblanadi va u quyidagi yo`nalishlarni o`z ichiga oladi: Daromad siyosati. 2. Ijtimoiy ta`minot va ijtimoiy kafolatlar. 3. Aholini ish bilan ta`minlash va mehnat bozorini shakllantirish. 4. Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish va ular sifatini yaxshilash. Ijtimoiy ta`minot va kafolatlar deganda aholining nafaqaho`r, bolalikdan nogiron, urush nogironlari, ishsizlar, ko`p bolali kabi qatlamlari borki ularni ijtimoiy ximoyalash davlatning vazifalaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy ta`minot va kafolatlar ichida pensiya va ijtimoiy nafaqalar asosiy o`rinni egallaydi. Pensiya - ijtimoiy ta’minotning, keksalar va mehnatga qobiliyatsiz kishilarga moddiy yordam ko’rsatishning eng asosiy va eng ommaviy turidir. Pensiya ta’minoti barcha mamlakatlarda ijtimoiy dasturlarning muhim tarkibiy qismi sanaladi. Bugungi kunda Er yuzida yordamga muhtoj millionlab kishilarning eng zarur ehtiyojlari pensiya to’lovlari orqali qondiriladi. O’zbekistonning ma’naviy-axloqiy an’analari - mustahkam oila, ijtimoiy o’zaro yordam an’analariga muvofiq keksalar va bolalarning ehtiyojlariga nisbatan sezgirlik, diqqat-e’tibor bilan qaraladi, muhofazasiz qolganlarga muruvvat ko’rsatiladi. Respublika ijtimoiy siyosati ham ma’naviy mezonlarni hisobga olishga asoslanadi. Mustaqil O’zbekistonga meros bo’lib qolgan ijtimoiy ta’minot, jumladan, pensiya ta’minoti tizimini puxta o’ylab, asta-sekin o’zgartirish eng maqbul yo’l, deb topilgan. Mazkur yo’l, bir tomondan, bozor iqtisodiyoti sharoitida qo’llasa bo’ladigan, aholi o’rgangan va adolat haqidagi ijtimoiy tasavvurga mos keladigan unsurlarni tanlab olish va saqlab qolish, ikkinchi tomondan, xo’jalik rivojlanishiga to’sqinlik qiladigan yoki bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos kelmaydigan ilgarigi ijtimoiy tizim nuqsonlarini asta-sekin tuzatishni ko’zda tutadi. Bular mehnatga rag’batni so’ndiradigan tengchilik tamoyillaridan voz kechish, tadbirkorlikka, oila jamg’armalarini oqilona joylashtirish orqali daromad olishga havas uyg’otish kabilardir. Shuni eslatish joizki, sho’rolar davrida ijtimoiy soha va uning muhim barcha yo’nalishlarida xususan, pensiya sohasida ham ta’minotning tenglik tamoyili asosiy ko’rsatma bo’lgan va shu ko’rsatmaga binoan pensiya to’lovlari tizimi shakllangan ediki, hozirda ham biz undan foydalanmoqdamiz. Respublikamizga pensiya ta’minotida meros bo’lib qolgan tizim mustaqil O’zbekistonda ham shu asosda o’z dasturlarini amalga oshira boshladi. Mazkur dasturlarning yuqorida ta’riflangan eng asosiy qoidalari hozirgi vaqtda rivojlangan me’yoriy asosga ega bo’lmoqda. Samarali amal qiluvchi pensiya tizimini yaratish davlat ijtimoiy siyosatining eng muhim yo’nalishi hisoblanadi. Zero, jamiyat mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shgan kishilar to’g’risida g’amxo’rlik qilishi darkor. Fuqarolarning keksayganda, mehnat qobiliyatini to’la yoki qisman yo’qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo’lganda ijtimoiy ta’minlanish huquqi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (39-modda) mustahkamlab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi Qonuni qabul qilinib, unda davlat pensiyalarining yagona tizimi, ularni tayinlash, hisoblab chiqish, qayta hisob qilish va to’lash tartibi belgilandi. Qonunga muvofiq pensiyalar 3 turga bo’linadi: 1) qarilik pensiyasi; 2) nogironlik pensiyasi; 3) boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi. Qonun pensiya ta’minoti uchun ikkita asosiy talabni belgilaydi: 1) pensiya ta’minoti uchun huquq beruvchi shartlarning mavjudligi (pensiya yoshiga etish, nogiron bo’lib qolish, boquvchisini yo’qotish); 2) keltirilgan shartlarga muvofiq talab etiladigan ish stajining mavjudligi. Ushbu talablardan birortasi bo’lmagan taqdirda pensiya ta’minoti huquqi yo’qotiladi. Ma’lumki, jahon amaliyotida pensiya tizimlarining ikkita asosiy turi mavjuddir: • hamjihat mas’uliyat tizimi, bunda ishlayotgan avlod avvalgi avlodniig pensiyalarini to’lashni mablag’ bilan ta’minlash uchun badal to’laydi (o’z navbatida keyingi avlod hozirgi vaqtda ishlayotgan avlodning pensnyalarini to’lashni mablag’ bilan ta’minlashni yo’lga qo’yadi); • jamg’aruv tizimlari, bunda har bir ishlovchi o’z mehnat faoliyati davomida o’zining qarilik davrini ta’minlash uchun mablag’ yig’ishi lozim. Respublikaning pensiyaga oid qonun hujjatlaridagi eng muhim asosiy qoidalardan biri shuki, pensiya olish huquqiga faqat ishlagan fuqarolar ega. Shu asosiy qoidaga binoan vafot etgan ishchi, xizmatchi, kolxozchi uchun ham pensiya tayinlanadi. Ish staji bo’lmagan fuqarolar va ularning oila a’zolari davlat pensiyalari olish huquqidan mahrumdir - ularning ijtimoiy ta’minoti O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi. Yoshga doir pensiya olish huquqini belgilovchi asosiy shartlar quyidagidan iborat: pensiya yoshiga (erkaklar 60 yosh, ayollar 55 yosh) etish va ish stajiga (erkaklar uchun 25 yil, ayollar uchun 20 yil) ega bo’lish. To’liq pensiya olish uchun ish staji bo’lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar ular stajiga mutanosib ravishda tayinlanadi. Qonun bilan belgilanganidek, to’liqsiz ish staji bo’lganda beriladigan pensiya miqdori eng kam pensiya miqdorining 50 foizidan kam bo’lmasligi kerak. Respublika pensiyaga oid qonun hujjatlarida bajariladigan ishlarning xususiyati va og’irligi bilan bog’liq holda imtiyozlar berishga muayyan yondashuv ishlab chiqilgan. Ana shu asoslarda imtiyozli shartlari bo’lgan pensiyalar odatda yoshidan qat’i nazar shunday ishlarda muayyan staj bo’lganda yoki umum uchun belgilangan pensiya yoshi 10 yilga yoki 5 yilga kamaytirilib tayinlanadi. Mazkur imtiyozlarni olish huquqi, masalan, konchilik sanoati etakchi kasblarida ishlovchi xodimlarga, aviatsiyaning uchish yoki uchish-sinov tarkibidagi ana shunday xodimlarga, er osti ishlarida, ayniqsa zararli va og’ir mehnat sharoitidagi ishlarda (kimyo, metallurgiya sanoati, metall qayta ishlanadigan issiq uchastkalarda), shuningdek, zararli va og’ir mehnat sharoitidagi ishlarda to’la ish kuni bilan band bo’lgan xodimlarga - 1-sonli, 2-sonli va 3-sonli ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar, ko’rsatkichlar ro’yxatlari bo’yicha imtiyozli shartlar bilan pensiya olish huquqiga ega bo’lib, ularning ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori bilan tasdiqlangan. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida pedagog va tibbiy xodimlar uchun, ekologik falokat mintaqasida ishlagan shaxslar uchun, bevosita qariyalar, nogironlar va mehnatga qobiliyatsiz yolg’iz fuqarolarga xizmat qiluvchi ijtimoiy ta’minot tizimi xodimlari uchun imtiyozli pensiya ta’minoti shartlari birinchi bor belgilab qo’yildi. Masalan, o’qituvchilar va boshqa maorif xodimlari uchun pensiya yoshga qarab - erkaklar - 55, ayollar - 50 yoshga ettanda va kamida 25 yillik maxsus ish stajiga ega bo’lganda; vrachlar va boshqa tibbiy xodimlarga xuddi shunday yoshga etganda va qishloq joylarda - kamida 25 yillik va shaharlarda kamida 30 yillik maxsus ish stajiga ega bo’lganda yoshga doir pensiya - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ishlar va kasblar ro’yxati bo’yicha tayinlanadi. Qonun hujjatlarida besh nafar va undan ortiq bolani tug’ib, sakkiz yoshgacha tarbiyalagan ayollar uchun, bolalikdan nogiron bo’lganlarni xuddi shu yoshgacha tarbiyalagan onalar uchun imtiyozli pensiya ta’minoti huquqi saqlab qolingan. Download 37.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling