5-Mavzu: Ijtimoiy siyosatning predmeti va metodlari Reja


Download 37.01 Kb.
bet2/5
Sana28.12.2022
Hajmi37.01 Kb.
#1009570
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-mavzu Ijtimoiy siyosat

Sotsial mahsulot sotsial soha xodimlari tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarni (ta’lim, madaniyat, jamoatchilik oziq-ovqat, sotsial ta’minot, kommunal va transport xizmat ko’rsatish, aloqa va boshqalar) ifodalaydi. Rasmiy statistikada sotsial maxsulotning qiymati belgilangan vaqt (chorak, yil) davomida sotilgan xizmatlar summasi bilan aniqlanadi. Bu ko’rsatkich kamchilikka ega, ya’ni faqatgina to’lov xizmatlarini hisobga oladi. O’qituvchilar, shifokorlar va davlat muassasalarining boshqa xodimlar mehnati bilan yaratilgan sotsial mahsulotining qiymati hisobga olinmay qolmoqda. Bunday kamchilikning asosiy sababi – sotsial mahsulotning aynan shu qismini hisobga olish uslubiyatining ishlanmaganligidir. Sotsial mahsulotni ishlab chiqarish va sotishda uni yaratganlar va iste’mol qilganlar o’rtasida belgilangan o’zaro munosabatlar vujudga keladi, davlat, tashkilot, butun sotsial sohaning muassasalari iqtisodiy siyosatining sotsial yo’naltirilganligi aniqlanadi.

SOTSIAL SOHA

FAOLIYAT TURLARI

Bolalar maktabgacha tarbiyalash muassasalari

Bolalarni tarbiyalash va sog’liqni saqlash bo’yicha xizmatlar ko’rsatadi

Sog’liqni saqlash muassasalari

Mamlakat qonunlarida belgilangan tartibda (to’lov asosida bepul, imtiyozli) aholiga tibbiy xizmat ko’rsatadi

Maktab, maorif, ilmiy muassasalar va texnologiyalar yaratadigan tashkilot lar

Qonunchilikka asoslangan ta’lim berish xizmatlari ko’rsatish, Innovatsiya faoliyatini amalga oshiradi, aholiga va iqtisodiyot tarmoqlarini ilmiy xizmatini ta’minlaydi

Madaniyat, sport, turizm va ommaviy axborot vositalari muassasalari

Aholining ma’naviy va jismoniy ehtiyojlarini qondiradi







Sotsial himoyalash muassasalari

Aholining yordamga muhtoj qismiga sotsial yordamni ko’rsatadi va qo’llab-quvvatlaydi, mehnatga layoqatli fuqarolarning mehnat bandligini ta’minlaydi

Sotsial yo’naltirilgan jamoatchilik tashkilotlari

Mehnat muhofazasi va sharoitlarini ta’minlash, xavf-xatarning oldini olish bilan shug’ullanadi













O’zbekiston Respublikasi mustakillikka erishgan dastlabki kundanoq ijtimoiy masalalarni qamrab oluvchi bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lini tanladi. Buning uchun avvalo kam ta’minlangan tabaqaga yordam berish siyosatini ishlab chiqish lozim edi. Shunday qilindi ham.


O’zbekiston Respublikasida va uning mintaqasida himoya tizimi quyidagi masalalarni echish bilan bog’liq) sanoatda rivojlantirishni barqarorlashtirish va rivojlantirish; b) turli manbalardan pul mablag’larini (kichik biznesni rivojlantirish uchun) jalb etish (sanoat sektoriga); v) daromadlar va xayot saviyasidagi farqlarni kamaytirish; d) kambag’allikka qarshi kurash va bozor infratuzilmasini shakllantirish, bank, moliya va sug’urta tizimlarini qayta shakllantirish.
Bu borada bilimdon va zamonaviy fikrlaydigan mutaxassislarni tarbiyalash bo’yicha xali juda ko’p ishlar qilinishi kerak. Respublikada huquqiy baza barpo qilingan, lekin unga amal qilish juda sust bormokda. Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ham tashkiliy, iqtisodiy shart–sharoitlar yaratilgan. Biroq, bu borada ham to’siqlar juda ko’p. O’rta va kichik biznes ham yanada jiddiyrok qo’llab–quvvatlashga muhtojdir.




  1. Download 37.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling