1. Huquqiy munosabatlar tushunchasi, belgilari va turlari. Huquqiy munosabatlarning tarkibiy tuzilishi
Download 90 Kb.
|
huquqiy munosabatlar bobur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqiy munosabatlar quyidagi beshta belgilarga ega
Reja: 1. Huquqiy munosabatlar tushunchasi, belgilari va turlari. 2. Huquqiy munosabatlarning tarkibiy tuzilishi. 3. Yuridik fakt va uning о`ziga xos xususiyati. Huquqiy munosabatlar muammosi davlat va о`uquq nazariyasi fanining markaziy masalalaridan biridir. Huquqiy munosabatlar huquq bilan bog`liq bо`lgan huquq asosdagi munosabatlardir. Ular tabiiy huquq va majburiyatlar bilan birgalikda vujudga keladi, davlat paydo bо`lishi bilan esa ularning eng muhimlari qonun tusini oladi. Inson tabiatida, inson hayotida tabiiy huquqning shakllanishi, erkinlik qoidalari huquqiy munosabatlarning shakllanish jarayon bilan parallel shaklda, bir biriga bog`liq bо`lmagan holda boradi. Amaldagi qonun normalarida yuridik normalar va huquqiy munosabatlarning о`zaro bog`liqligi ancha kuchli. Shunday qilib huquqiy munosabatlar – davlat tomonidan himoya qilinadigan, odatda qonun normalarining kishilar xatti xarakatlariga ta`siri natijasida yuzaga keladigan va uning qatnashchilariga subyektiv huquqlar va yuridik majburiyatlar mavjudligi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy munosabatlardir. Huquqiy munosabatlar quyidagi beshta belgilarga ega: Birinchi belgi. Huquqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlar, ya`ni kishilar о`rtasidagi faoliyat, xatti-xarakatlar bilan bog`liq bо`lgan munosabatlardir. Bu odamlar bilan moddiy buyumlar о`rtasidagi aloqalar huquqiy munosabatlar emas. Biron narsaning egasi unga nisbatan huquqlar yig`indisiga ega, biroq bu xuquqlar boshqa kishilar bilan munosabatga kirishgandagina jonlanadi: mulkdor kimgadir narsani sotishi, sovg`a qilishi yoki foydalanib turishga berishi mumkin. Shu bilan birga, ulardan о`zining mulk huquqiga rioya etishlarini talab etadi. Ikkinchi belgi. Huquqiy munosabatlar amaldagi qonunchilikning kishilar xatti-xarakatiga ta`siri natijasida vujudga keladigan munosabatlardir. Huquq normasi va huquqiy munosabatо`rtasida jiddiy bog`liqlik mavjud. Yuridik normalarda kо`rsatilgan huquqiy munosabatlar hayotda vujudga keladi, ya`ni huquqiy munosabatlar qonuniy munosabatlardir. Qonun normalari bormi, demak huquqiy munosabatpaydo bо`ladi, normalar bо`lmasa, huquqiy munosabatlar ham bо`lmaydi. Uchinchi belgi. Huquqiy munosabatlar – kishilar о`rtasidagi subyektiv huquq va yuridik majburiyatlar vositasidagi aloqalardir. Bu aloqalarning aloxida shakli, obyektiv huquq normalarida mustaxkamlangan huquq va majburiyatlar orqali namoyon bо`ladi. Subyektiv huquq egasi – shaxs, huquq majburiyat egasi, majburiyatli shaxsdir. huquqiy munosabatlarda vakolatli shaxsga majburiyatli shaxs, boshqa kishimi, tashkilotmi, davlat organi yoki davlatning о`zi bо`lishidan qat`iy nazar, qarama-qarshi turadi. Bu ma`noda huquqiy munosabatlar indivuallashtirilgan aloqalardir. Tо`rtinchi belgi. Huquqiy munosabatlar - ixtiyoriy munosabatlardir. Huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi uchun huquq normalaridan tashqari, uning qatnashchilarining ham ixtiyori zarur. Shunday huquqiy munosabatlar borki, ularning yuzaga kelishi uchun barcha qatnashchilarning ixtiyori zarur. Masalan, nikox о`qitish uchun ikki tomonning roziligi kerak, sotuvchi va xaridor kelishsagina oldi-sotdi bо`ladi va x.k. Yana shunday huquqiy munosabatlar borki, ularning yuzaga kelishi uchun subyektlardan birining ixtiyori yetarli. Masalan, huquqni muxofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishining qо`zg`atilishi. Beshinchi belgi. Huquqiy munosabatlar davlat tomonidan himoya qilinadigan munosabatlardir. Davlat yuridik normalar talablarini bajarishni ta`minlagani holda shu normalar asosida yuzaga keluvchi munosabatlarni ximoya qiladi. Davlat tomonidan ximoya qilinadigan huquqiy munosabatlar har qanday jamiyat qonunchiligining asosini tashkil etadi. Download 90 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling