1. Huquqiy munosabatlar tushunchasi, belgilari va turlari. Huquqiy munosabatlarning tarkibiy tuzilishi


Huquqiy munosabatlar kо`pgina asoslarga kо`ra xar xil turlarga ajratiladi


Download 90 Kb.
bet2/7
Sana16.06.2023
Hajmi90 Kb.
#1493124
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
huquqiy munosabatlar bobur

Huquqiy munosabatlar kо`pgina asoslarga kо`ra xar xil turlarga ajratiladi. Quyida ularni tavsiflashga harakat qilamiz.
Huquqiy munosabatlar mazmuniga kо`ra:
Tartibga soluvchi huquqiy munosabatlar;
Muxofaza qiluvchi huquqiy munosabatlar.
Tartibga soluvchi huquqiy munosabatlar – subyektlarning qonunga muvofiq xatti-xarakatlari, ya`ni qonun asosida vujudga keladigan xatti-xarakatlaridir.
Muxofaza qiluvchi huquqiy munosabatlar – subyektlarning noqonuniy xatti-xarakatlari oqibatida, bu xatti-xarakatlarga jamiyat, davlat va boshqa fuqarolarning aks ta`siridir.
Huquqiy munosabatlar huquq sohalariga kо`ra:
Jinoiy huquqiy munosabatlar;
Ma`muriy huquqiy munosabatlar;
Fuqaroviy huquqiy munosabatlar;
Oilaviy huquqiy munosabatlar;
Agrar huquqiy munosabatlar;
Soliqqa oid huquqiy munosabatlar va x.k.larga ajratiladi.
Bundan tashqari huquqiy munosabatlarni tarmoqlarga ajratishda moddiy huquq va protsessual huquqiy munosabatlarga bо`lish mumkin.
Moddiy huquqiy munosabatlar – moddiy huquq normalari asosida vujudga keladi. Ularning mazmuni – huquq subyektlari manfaatlarining predmetini tashkil etuvchi huquq va majburiyatlardir. Yuridik faoliyatning mohiyati esa fuqarolik huquq, ma`muriy huquq, konstitusiyaviy huquq va boshqa moddiy huquqiy munosabatlardan iborat.
Protsessual huquqiy munosabatlar protsessual normalar asosida vujudga keladi va moddiy huquqiy munosabatlardan tug`iladi. Ular (fuqarolik-protsessual, ma`muriy-protsessual, jinoiy-protsessual va x.k.) huquq subyektlarni huquq va majburiyatlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Bir qator yuridik adabiyotlarda huquqiy munosabatlarning mutlaq va nisbiy, umumiy va aniq turlarga ajratish nazarda tutilgan.
Nisbiy huquqiy munosabatlarda barcha qatnashchilar majburiyatli shaxslar ham (xaridor va sotuvchi, buyurtmachi va pudratchi) aniq belgilangan.
Mutlaq huquqiy munosabatlarda esa, bitta shaxs ma`lum – subyektiv huquq egasi. Qolgan hamma subyektlar majburiyatlardir, ya`ni vakolatli shaxsni о`z subyektiv huquqini amalga oshirishga tо`sqin bо`lmasliklari kerak. Bunday huquqiy munosabatlarga mulkiy yoki mualliflikka oid munosabatlar misol bо`ladi.

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling