5-Mavzu: interfaol metodlar va ularni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash (4 soat) reja
Download 254.38 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “3/3” (“4/4”, “5/5”, ....) METODI
Rеflеktiv kuzаtish Аbstrаkt хulоsаlаsh (kоnsеptuаllаsh) Tаjribа vоsitаsidа o‘qitish sikli Fаоl tаjribа оlib bоrishgа tаyyorlаnish Аniq tаjribа o‘tkаzish – to‘g‘ri javob bergan talaba-o‘quvchi o‘qituvchi rolini bajarib, juftliklarga mavzu mohiyatini yorituvchi shakl, jadval yoki tasvir yara-tishni topshiradi va o‘qituvchi yordamida topshiriqning bajarilishini tekshiradi. "Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi, ...) ortiqcha" metodi O‘quvchi-talabalarning mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyi-dagi harakatlar amalga oshiriladi: – o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish; – hosil bo‘lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo‘lgan to‘rtta (beshta, oltita, ... ) tushunchaning o‘rin olishiga erishish; – o‘quvchi-talabalarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish; – o‘quvchi-talabalarni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga un-dash (mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchi-talabalardan tizim-da saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o‘tishlari hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni asoslashlarini talab etish lozim). Mavzu mohiyatini yorituvchi tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘-liqlikni ko‘rsata va asoslay olish o‘quvchi-talabalarda mustaqil fikrlash, shaxsiy yondashuvlarni asoslay olish, shuningdek, tengdoshlarining fikrlari bilan shaxsiy mulohazalarini o‘zaro taqqoslash ko‘nikmalarini ham shakl- lantiradi. “3/3” (“4/4”, “5/5”, ....) METODI Mazkur metod ham yuqorida qayd etilgan metodlarning muqobili hisoblanib, o‘quvchi- talabalardan o‘rganilayotgan mavzu (yoki bo‘lim, bob) yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim ta-yanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi. Unga ko‘ra, o‘qituvchi mavzu (bo‘lim, bob) yuzasidan uchta (to‘rtta, beshta va hokazo) to‘g‘ri va unga teng nisbatda (uchta, to‘rtta, beshta) bo‘lgan va noo‘rin qo‘lla-nilgan tushunchalar (so‘zlar, belgilar, tasvirlar va boshqalar) dan iborat tizimni shakllantiradi. O‘quvchi-talaba ushbu tizimdan mavzu (bo‘lim, bob)ga taalluqli bo‘lmagan tushunchalarni ajratadi va harakatlarining mohiyatini izohlaydi. Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi: – o‘qituvchi o‘zaro teng nisbatda mavzu (bo‘lim, bob)ga oid va oid bo‘l-magan asosiy tushunchalar tizimini yaratadi; – o‘quvchi-talabalar mavzu (bo‘lim, bob)ga oid va oid bo‘lmagan aso-siy tushunchalarni aniqlaydilar va daxldor bo‘lmagan asosiy tushunchalar-ni tizimdan chiqaradilar; – o‘quvchi-talabalar o‘z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar. Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o‘quvchi-talaba-lar tomonidan mavzuning puxta o‘zlashtirilishini ta’minlash hamda ular-ning bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanish mumkin. Download 254.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling