5-mavzu. Investitsiyalar hisobi Reja Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda investitsiyalar hisobini tashkil etish


-jadval Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlarning bog’lanishi


Download 203.29 Kb.
bet10/16
Sana16.06.2023
Hajmi203.29 Kb.
#1503521
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
5-mavzu. Investitsiyalar hisobi

57-jadval
Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlarning bog’lanishi



Xo’jalik muomalalarining mazmuni

Debet

Kredit

1

Qimmatli qog’ozlar mahsulotlar, tovarlar, ish, xizmatlarni berish yo’li bilan xarid qilindi

5810

9010-9030

2

Qimmatli qog’ozlar asosiy vositalar va boshqa aktivlarni berish yo’li bilan xarid qilindi

5810

9210, 9220

3

Uzoq muddatli investitsiyalarning tarkibiy o’zgarishi (restrukturizatsiya) amalga oshirildi

5810

0610

4

Qimmatli qog’ozlar naqd pulga xarid qilindi

5810

5010

5

Qimmatli qog’ozlar qiymati bankdagi schyotdan to’lanishi orqali xarid qilindi

5810

5110-5530

6

Xaridorlarga ssuda mablag’larining vekselda berilishi

5810

5110-5530

7

Aksiyalarning to’lov sifatida qimmatli qog’ozlarning kelib tushishi

5810

4610

8

Qimmatli qog’ozlarni sotilishi

5110

5810

9

Korxonaning qarzi qimmatli qog’ozlar bilan qoplanishi

6990

5810

10

Majburiyatlar uchun garov sifatida aksiyalarning berilishi

6010

5810

11

Xaridorga veksel summasiga da‘vo bildirilishi

4860

5810

12

Da‘vo muddati tugaganligi tufayli veksel bo’yicha qarzni zarar hisobiga chiqarish

9690

5810

13

Inventarizatsiya natijasida qimmatli qog’ozlarning kamomadi

4730

5810

14

Qisqa muddatli qarzlarning asosiy vosita va boshqa aktivlar ko’rinishida berilishi

5830

9210, 9220

15

Qisqa muddatli qarzlarning tayyor mahsulot, tovar, ish, xizmatlar ko’rinishida berilishi

5830

9010-9030

16

Boshqa korxonalar tomonidan qisqa muddatli qarzlarning qaytarilishi

5110

5830


5. Dividendlar hisobi
Bizga ma‘lumki, Aksiyadorlik jamiyatlari sof foydasidan aksiyadorlarga dividend to’laydi. Dividend – aksiyalar bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan daromad, aksiyadorlik jamiyati tomonidan uning muassislari o’rtasida taqsimlanadigan sof foydaning bir qismi.
Dividend - bu kompaniya aksiyadorlari sinfiga to'langan, boshqaruv kengashi tomonidan belgilanadigan kompaniya daromadlarining bir qismini taqsimlash. Dividendlar naqd to'lov sifatida, aksiya yoki boshqa mol-mulk sifatida berilishi mumkin.7
Dividend aksiyadorlar o’rtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Muayyan turdagi imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividendlar jamiyatning maxsus mo’ljallangan zaxiralari hisobidan to’lanishi mumkin.
Dividendlar to’lash muddati va tartibi jamiyat ustavida yoki aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi qarori bilan belgilanadi. Dividendlar to’lash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan e‘tiboran 60 kundan kech bo’lmasligi lozim.
Dividendlar to’lash vaqtida birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo’yicha, so’ngra oddiy aksiyalar bo’yicha dividendlar to’lanadi. Imtiyozli aksiyalar bo’yicha qat‘iy belgilangan dividendlarni to’lash uchun etarli miqdorda foyda mavjud bo’lgan taqdirda jamiyat mazkur aksiyalarni saqlovchilarga dividendlar to’lashni rad etishga haqli emas. Jamiyat rad etgan taqdirda aksiyadorlar dividendlar to’lashni sud orqali talab qilishlari mumkin. Jamiyat etarli miqdorda foydaga ega bo’lmasa yoki zarar ko’rib ishlagan bo’lsa, imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividendlar ana shu maqsad uchun tashkil etilgan jamiyat zaxira kapitali hisobidan va ana shu zaxira doirasidagina to’lanishi mumkin.
Taqsimlanmagan foyda bu hisobot davri yakunida xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoladigan sof foydadir. Hisobot davridagi sof foyda taqsimlanmagan foydani oshiradi va u quyidagicha provodka bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 9900 ―Yakuniy moliyaviy natija
Kredit 8710 ―Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)
Korxonaning ta‘sischilar oldida dividendlar bo’yicha va chiqib ketayotgan ta‘sischilar oldida ularning ulushlari bo’yicha joriy majburiyatlari to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
6610 ―To’lanadigan dividendlar;
6620 ―Chiqib ketayotgan ta‘sischilarga ulushlari bo’yicha qarzlar.
Korxona rahbariyati tomonidan aksiyalarga dividendlar to’lash to’g’risida qaror e‘lon qilingandan so’ng, dividend summasi joriy majburiyat sifatida aks ettiriladi. Dividendlar aksiyalar bo’yicha qonunchilikka muvofiq taqsimlanadi.
6610 ―To’lanadigan dividendlar schyoti hisoblangan dividend summasiga 8710 ― Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) schyoti bilan bog’langan holda kreditlanadi.
6620 ―Chiqib ketayotgan ta‘sischilarga ulushlari bo’yicha qarzlar schyotining kredit tomonida korxonaning chiqib ketayotgan ta‘sischisi ulushlari bo’yicha hisoblangan majburiyatlari summasi 8330 ―Pay va ulushlar, 8610 ―Sotib olingan xususiy aksiyalar - oddiy, 8610 ―Sotib olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli schyotlari bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
6610 ―To’lanadigan dividendlar, 6620 ―Chiqib ketayotgan ta‘sischilarga ulushlari bo’yicha qarzlar schyotlari bo’yicha analitik hisob (ko’rsatuvchiga aksiyalardan tashqari) har bir ta‘sischi bo’yicha alohida yuritiladi.
Qimmatli qog’ozlarga dividend hisoblanganda xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlarga muvofiq ikkita usuldan foydalanish mumkin:
1. Qiymat usuli. Ushbu usul qo’llanganda. Investor o’z mablag’ini boshqa korxonaga dastlabki qiymati bo’yicha qo’yadi. Uning asosiy tamoyilari shundan iboratki, investitsiyalar qiymati sho’ba tizilmalarining moliyaviy ahvolidan qat‘iy nazar o’zgarmaydi, ulardan olinadigan dividendlar bosh jamiyat daromadi sifatida hisobga olinadi.
Bu usulni quyidagi hollarda qo’llash tavsiya etiladi:
- sho’ba jamiyatini keyinchalik yaqin kelajakda sotish uchun olingan va uni nazorat qilish ham vaqtinchalik bo’lganda;
- sho’ba jamiyati uning bosh jamiyatiga mablag’ o’tkazish qobilyatini jiddiy darajada kamaytirilgan belgilangan uzoq muddatli muhim sharoitlar doirasida faoliyat yuritganda. Masalan, sho’ba jamiyatiga qarz bergan tashkilot tomonidan quyiladigan dividendlarni to’lashda cheklashlar mavjud bo’lishi mumkin.
2. Ulushbay ishtirok usuli. Bu usulni bosh jamiyat tomonidan sho’ba jamiyatiga sezilarli darajada ta‘sir o’tkazish va nazorat qilish hollarida qo’llash tavsiya qilinadi, u quyidagilardan iborat:
- investitsiyalarning joriy qiymati sho’ba jamiyatining xo’jalik faoliyati natijalariga bog’liqlikda o’zgaradi: u foyda olganda investitsiyalar qiymati oshadi, zarar esa kamayadi;
- bosh jamiyat investitsiyalardan foydani egalik ulushiga munosib ravishda aks ettiriladi: uning sho’ba jamiyatidagi ulushi qancha ko’p bo’lsa, bosh jamiyat balansida investitsiyalar qiymati shuncha ko’p summaga oshiriladi;
- olingan dividendlar daromad sifatida qaralmaydi, balki investitsiyalar qiymatini kamaytirish tarzida ifodalaydi.
Aksiyadorlik jamiyatining umumiy yig’ilishi qaroriga binoan dividend pul mablaglari yoki boshqa qonuniy to’lov vositalari bilan to’lanishi mumkin.
Dividendlar hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi:
Debet 8710 ―Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)
Kredit 6610 ―To’lanadigan dividendlar
Hisobot yilidagi taqsimlanmagan foyda summasi dividendlar hisoblanganidan so’ng 8720 – Jamg’arilgan foyda (qoplanmagan zarar) hisobvarag’iga o’tkaziladi.
Foyda olingan holatda:
Debet 8710 ― Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)
Kredit 8720 ―Jamg’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)
Zarar ko’rilganda:
Debet 8720 ―Jamg’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)
Kredit 8710 ― Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari).
To’lov manbaida soliq solinmagan dividendlar tarzidagi daromadlar oluvchi yuridik shaxslar bankda ochilgan maxsus hisobvaraqda ushbu mablag’larni jamlaydilar. Dividendlar tarzidagi daromadlar tushumi yuridik shaxsning buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
– hisoblangan dividendlar:
Debet 4840 ―Olinadigan dividendlar
Kredit 9520 ―Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar
– dividendlarni maxsus hisobvaraqqa kelib tushishi:
Debet 5530―Boshqa maxsus hisobvaraqlar
Kredit 4840 ―Olinadigan dividendlar.
Dividendlar tarzida daromadlar olgan yuridik shaxslar maxsus hisobvaraqdagi mablag’larni o’z ustav kapitalini kapitallashtirishga yo’naltirganda, jamlangan summa maxsus hisobvaraqdan hisob-kitob varag’iga kapitallashuv summasi miqdorida o’tkaziladi.

Download 203.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling