59-jadval
Asosiy vositalar ob’ektlarini pudrat yoki xo’jalik usuli bilan qurish bo’yicha operatsiyalarning aks ettirilishi
Muomalalar mazmuni
|
Debet
|
Kredit
|
Asosiy vositalar ob’ektlarini qurish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar kapital qo’yilmalar tarkibiga hisobdan chiqarildi
|
0810
|
1000,6010,6990,6710 6520 va boshq.
|
Asosiy vositalarni foydalanishga topshirish
|
0100
|
0810
|
Misol. Aksiyadorlik jamiyati schyot tashkilot kuchi bilan sex qurmoqda. Buning uchun qurilish tashkiloti bilan pudrat shartnomasi tuziladi. Shartnomaga ko’ra pudrat tashkiloti ob’ektni zarur materiallar bilan ta‘minlashi, shuningdek ularning saqlanishi va qurilish ob’ektigacha tashilishini tashkil qilishi kerak. Buyurtmachining o’z omborida pudrat tashkilotiga berish majburiyatini olgan 3600000 so’mlik materiallar, shu jumladan QQS — 600000 so’m mavjud.
Bu holda buyurtmachi materiallarni pudratchiga alohida oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha sotishi kerak. Pudratchi buyurtmachi-etkazib beruvchiga to’langan QQS summasini hisobga kiritadi.
Pudratchi uchun sexning umumiy smeta qiymati 30000000 so’m QQS solinadigan aylanma hisoblanadi. QQS summasi 6000000 so’mni tashkil etadi (30000000 x 20%). Shu tariqa QQS bilan ishlar hajmi 36 000 ming so’mni tashkil etadi.
Buyurtmachi asosiy vositalar ob’ektini 36000 ming so’mlik qiymat bo’yicha kirim qiladi. Bunda buyurtmachida o’z qurilishi uchun materiallarni sotish savdo operatsiyasi sifatida qaralmaydi, undan olingan foyda esa boshqa daromad hisoblanib, unga umumbelgilangan tartibda soliq solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |