62-jadval
Yerni obodonlashtirishga sarflangan kapital qo’yilmalarni hisobda aks ettirish
№
|
Xo’jalik muomalalari mazmuni
|
Debet
|
Kpedit
|
1.
|
Yerni obodonlashtirishga materiallar sarflandi
|
0850
|
1000
|
2.
|
Yerni obodonlashtirishda band bo’lgan xodimlarga mehnat haqi hisoblandi
|
0850
|
6710
|
3.
|
Hisoblangan mehnat haqiga nisbatan davlat maqsadli fondlariga ajratmalar qilindi
|
0850
|
6520
|
4.
|
Yerni obodonlashtirish jarayonida schyot tashkilotlar tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar summasi
|
0850
|
6990
|
5.
|
Bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasiga asosan obodonlashtirilgan yer foydalanish uchun asosiy vositalar tarkibiga qabul qilindi
|
0111
|
0850
|
Ushbu jadvalga asoslangan holda korxonalarda yerni obodonlashtirishga sarflangan xarajatlarni to’g’ri va o’z vaqtida hisobga olish mumkin.
0860 ―Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarga kapital qo’yilmalar schyotida moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha ijaraga olingan mulkni obodonlashtirish hamda uning ta‘miplanishi va modernizatsiyasiga qilinadigan kapital qo’yilmalar hisobga olinadi.
Kapital qo’yilmalarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida asosiy vositalar ob’ektlarining boshlang’ich qiymatiga o’rnatilgan tartibda qo’shiladigan quruvchining barcha haqiqiy xarajatlari shuningdek, korxonaning asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni xarid qilish, asosiy podani tashkil etish va boshqa kapital qo’yilmalar bilan bog’liq xarajatlar aks ettiriladi.
Kapital qo’yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar bo’yicha qoldiq, korxonaning tugallanmagan qurilishga, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarni xarid qilish, yerni va moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishga qilingan kapital qo’yilmalar miqdorini shuningdek, asosiy podani tashkil etish bo’yicha tugallanmagan xarajatlar summasini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |