5-mavzu. Iqtisodiy barqarorlik siyosati. Reja
Download 64.56 Kb.
|
BMB 5-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Valyuta kursini targetlash
- Inflyatsion targetlash
Monetar targetlash o’z mazmun mohiyatiga ko’ra, pul kredit tizimini
tartibga solishning oraliq maqsadli ko’rsatkichi sifatida pul agregatining muayyan turi (odatda M2 yoki M3) tanlab olinib, uning dinamik o’zgarishlari yuzasidan tizimli nazorat olib borishni va undagi o’zgarishlarning inflyatsiyaga ta’sirini tartibga solishni (boshqarishni) ifodalaydi. Valyuta kursini targetlash o’z mazmuniga ko’ra inflyatsiyaning maqsadli ko’rsatkichini tartibga solishda qat’iy, erkin yoki boshqariladigan (muayyan karidor oralig’ida) valyuta kursi rejimlariga asoslangan pul-kredit siyosatini ifodalaydi. Bunda valyuta kursi xarid qobiliyatining pariteti bosh indicatorr sifatida qaraladi. Valyuta kursining (to’g’ri kotirovka bo’yicha) oshishi milliy valyuta xarid qobiliyatining pasayishini va aksincha valyuta kursining pasayishi uning xarid qobiliyatining ko’tarilishiga ta’sir etadi. Boshqacha aytganda. valyuta kursini targetlash orqali inflyatsiyani jilovlashga ta’sir etish mumkin bo’lgan choratadbirlar majmuini o’zida ifoda etadi. Inflyatsion targetlash – bu monetar siyosat bo’lib, qaysiki Markaziy bank inflyatsiyani ma’lum bir chegara yoki karidorda ushlab turishga harakat qilishidir, bunga foiz stavkasini o’zgartirish orqali erishadi. Mohiyat shundaki, inflyatsiya pul taklifining o’sishi va foiz stavkasining o’zgarishi indikatori hisoblanadi va bu pul taklifi va inflyatsiyani oshirishi yoki kamaytirish imkoniyatiga ega. Chunki foiz stavkasi va inflyatsiya darajasi bir-biriga qarama-qarshi yo’nalgan va shunga muvofiq ravishdagi Markaziy bankning faoliyati, ya’ni foiz stavkasining oshirishi yoki kamaytirishi shaffoflikni yuzaga keltiradi. Masalan: agar inflyatsiya targetlashdan yuqori bo’lsa, bank mos ravishda foiz stavkasini ko’taradi. Bu odatda (har doim hama emas) iqtisodiyotni muzlatishga va inflyatsiyani tushurishga samarali ta’sir etadi. agar inflyatsiya targetlashdan past bo’lsa, bank foiz stavkasini tushirishdan manfaatdor. Bu odatda (har doim hama emas) inflyatsiyani o’sishiga va iqtisodiyotni tezlashishiga samarali ta’sir etadi. Siyosatga asosan, Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan inflyatsion targetlashning darajasi va mos ravishda foiz stavkasining o’zgarishi kabi ko’rsatkichlar investorlarga o’z mablag’larini qaerga investitsiya qilishini tanlashiga yordam beradi. Bu o’sayotgan iqtisodiy barqarorlikka erishishda inflyatsion targetlashni amalga oshiruvchilar tomonidan ko’rib chiqiladi. AQSh Federal Rezervining siyosat o’rnatuvchi komiteti, ya’ni FOBQ(Federal ochiq bozor qo’mitasi) va uning a’zolari muntazam ravishda inflyatsiya uchun o’zlari xoxlagan targetlashni o’rnatadilar (ko’pincha 1,5 - 2 % atrofida), lekin bu aniq inflyatsion targetlash asosida qilinmaydi. Bu Fed ichida muhokamada bo’ladi, bunga sabab inflyatsion targetlashning bozorlardagi shaffofligi va kutilishliligi hamda boshqa mamlakatlardagi inflyatsion targetlashning muvaffaqiyatidir. Har qanday holatda qarshi fikrlar mavjud, ya’ni inflyatsion targetlash Fedga iqtisodiy tanazzul paytida o’sishni va ishsizlikni mustahkamlashga moslashishiga kam miqdorda bo’lsa ham yordam beradi. Download 64.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling