5-mavzu. Iqtisodiy barqarorlik siyosati. Reja
-rasm. Inflyatsiyaning milliy daromadga ta’siri haqida ma’lumot
Download 64.56 Kb.
|
BMB 5-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.4. Inflyatsion targetlash va uning ahamiyati
2-rasm. Inflyatsiyaning milliy daromadga ta’siri haqida
ma’lumot Rasmda qayd etilgandek, inflyatsiya milliy daromadga va ishsizlikka keskin ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni, yuqoridagidek,ularning salmog’i o’sish yoki pasayish tendentsiyasiga ega bo’ladi. Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi birinchi sabab – mamlakatda bozor mexanizmlarining to’liq joriy etilmasligi, davlatning byudjet daromadlari va xarajatlari ustidan monopol tartibini joriy etishi hisoblanadi. Bunda davlat byudjetining daromadlaridan ortiqcha bo’lgan xarajatlar, ya’ni byudjet taqchilligi muomalaga qo’shimcha pullar chiqarish yo’li bilan qoplanadi. Byudjet taqchilligini qoplash uchun muomalaga chiqarilgan pullar tovar moddiy qiymatliklari bilan ta’minlanmaganligi oqibatida mamlakatda inflyatsiya darajasining ortishiga olib keladi. Ikkinchi sababi – asossiz ravishda ish haqi va boshqa to’lovlarning oshirilishi, ushbu to’lovlar davlat byudjeti xarajatlari tarkibida qo’zda tutilmagan bo’lsa, muomalaga qo’shimcha emissiya hisobiga amalga oshiriladi. Buning natijasida iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarning bahosi oshadi va inflyatsiya darajasi ortib boradi. Uchinchi sababi – mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlarning eksport qilish darajasining pastligi va import darajasining yuqoriligi bilan ifodalanadi. Mamlakatga kirib kelayotgan import tovarlar hisobiga xorijiy valyutalarning chetga oqib ketishi yuz beradi, natijada mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar nafaqat tashqi ehtiyojlarni, balki ichki ehtiyojlarni qondirishga ham xizmat qilmay qo’yadi. Buning oqibatida milliy valyutaning sotib olish qobiliyati taboro salbiylashib, inflyatsiya darajasi ortib boradi. 5.4. Inflyatsion targetlash va uning ahamiyati Targetlash so’zining mazmun mohiyatiga qisqacha urg’u beradigan bo’lsak, u inglizcha “Target” so’zidan olingan bo’lib, “Maqsad” yoki “Mo’ljal” degan ma’nolarni anglatadi. Boshqacha aytganda, pul-kredit vositalarining u yoki bu dastagini muayyan davrga qaratilgan maqsadli (mo’ljalli) boshqarish choratadbirlari tushuniladi.Bugungi kunda jahon amaliyotida iqtisodiyotni monetar siyosat ta’sirida boshqarishning bir qancha targetlash rejimlari mavjud bo’lib, ular monetary targetlash, inflyatsiyani targetlash va valyuta kursini targetlash kabi rejimlarni o’z ichiga qamrab oladi. Download 64.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling