5-mavzu. Iqtisodiy barqarorlik siyosati. Reja


-rasm. Inflyatsiyaning milliy daromadga ta’siri haqida ma’lumot


Download 64.56 Kb.
bet6/9
Sana17.02.2023
Hajmi64.56 Kb.
#1206617
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BMB 5-maruza

2-rasm. Inflyatsiyaning milliy daromadga ta’siri haqida
ma’lumot
Rasmda qayd etilgandek, inflyatsiya milliy daromadga va ishsizlikka keskin
ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni, yuqoridagidek,ularning salmog’i o’sish yoki pasayish
tendentsiyasiga ega bo’ladi.
Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi birinchi sabab mamlakatda bozor
mexanizmlarining to’liq joriy etilmasligi, davlatning byudjet daromadlari va
xarajatlari ustidan monopol tartibini joriy etishi hisoblanadi. Bunda davlat
byudjetining daromadlaridan ortiqcha bo’lgan xarajatlar, ya’ni byudjet taqchilligi
muomalaga qo’shimcha pullar chiqarish yo’li bilan qoplanadi. Byudjet
taqchilligini qoplash uchun muomalaga chiqarilgan pullar tovar moddiy
qiymatliklari bilan ta’minlanmaganligi oqibatida mamlakatda inflyatsiya
darajasining ortishiga olib keladi.
Ikkinchi sababi asossiz ravishda ish haqi va boshqa to’lovlarning oshirilishi,
ushbu to’lovlar davlat byudjeti xarajatlari tarkibida qo’zda tutilmagan bo’lsa,
muomalaga qo’shimcha emissiya hisobiga amalga oshiriladi. Buning natijasida
iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarning bahosi oshadi va inflyatsiya darajasi ortib
boradi.
Uchinchi sababi mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlarning eksport
qilish darajasining pastligi va import darajasining yuqoriligi bilan ifodalanadi.
Mamlakatga kirib kelayotgan import tovarlar hisobiga xorijiy valyutalarning
chetga oqib ketishi yuz beradi, natijada mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar
nafaqat tashqi ehtiyojlarni, balki ichki ehtiyojlarni qondirishga ham xizmat qilmay
qo’yadi. Buning oqibatida milliy valyutaning sotib olish qobiliyati taboro
salbiylashib, inflyatsiya darajasi ortib boradi.
5.4. Inflyatsion targetlash va uning ahamiyati

Targetlash so’zining mazmun mohiyatiga qisqacha urg’u beradigan bo’lsak, u inglizcha “Target” so’zidan olingan bo’lib, “Maqsad” yoki “Mo’ljal” degan ma’nolarni anglatadi. Boshqacha aytganda, pul-kredit vositalarining u yoki bu dastagini muayyan davrga qaratilgan maqsadli (mo’ljalli) boshqarish choratadbirlari tushuniladi.Bugungi kunda jahon amaliyotida iqtisodiyotni monetar siyosat ta’sirida boshqarishning bir qancha targetlash rejimlari mavjud bo’lib, ular monetary targetlash, inflyatsiyani targetlash va valyuta kursini targetlash kabi rejimlarni o’z ichiga qamrab oladi.



Download 64.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling