5-mavzu. Iqtisodiy barqarorlik siyosati. Reja
Download 64.56 Kb.
|
BMB 5-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- It = ht + r + a(ht - ht1) + ay (yt - yt. o’rt)
5.5. Taylor qoidasi
Taylor qonuni – bu eng oxirgi monetar siyosat nazariyasi hisoblanadi. Buning asoschisi Jon B. Taylor hisoblanadi. U o’zining qonunida Markaziy bankning joriy va potentsial yalpi ichki mahsulot o’rtasidagi har xillikni inobatga olgan holdagi nominal foiz stavkasini qay darajada o’zgartirish hamda joriy inflyatsion daraja va targetlashdagi inflyatsion daraja o’rtasidagi farqni o’rgandi. Uning qonunini quyidagi tenglama orqali ifodalash mumkin. It = ht + r + a(ht - ht1) + ay (yt - yt. o’rt) bu erda: It - qisqa davrdagi nominal foiz stavkasi targeti ht - YaIM deflyatori tomonidan baholangan inflyatsion daraja ht1 - ko’zda tutilgan inflyatsiya darajasi r - ko’zda tutilgan real foiz stavkasi yt - real YaIM logarifmi yt. o’rt - potensial ishlab chiqarish hajmining logarifmi Bir nechta davlatlar 1990 yili o’zining e’lon qilingan miqdoriy inflyatsion targetlash va yangi monetar siyosatga o’tishdi. Natijada oldingi tuzum asosidagi qoniqarsiz ish sifatlarining o’zgarishiga erishildi. Iqtisodiyotida uzoq muddatli yuqori darajadagi inflyatsiya kuzatilayotgan davlatlar Kanada, Yangi Zenlandiya, Avstraliya va Ispaniya davlatlari o’zlalrida inflyatsion targetlashni qo’lladi. Iqtisodiyotida past darajadagi va barqaror inflyatsiyaga erisholmayotgan va kuchli spekulyativ hujumlarga ega bo’lib turgan davlatlar Buyuk Britaniya,Shvetsiya va Finlandiya fikserlangan almashuv kursidan voz kechishdi. Barch asiyosatshunoslar va olimlar butun diqqat etiborini shu inflyatsion targetlashga qaratishdi. AQSh da Federal Rezerv Sistemasi va Evropada Evropa Markaziy Banklari uchun mos ravishda yangi monetar siyosat strategiyalrini ishlab chiqish muhokama qilindi. Olimlar yuqori darajda o’sayotgan inflyatsiyani targetlashni nazariy va amliy tarzda o’rganishdi. Qisqa davr ichida inflyatsion targetlash bilan boshqa monetar siyosiy tuzumlar aloqalarini tushunish va monetar siyoyat bilan inflyatsion targetlashning o’zaro yaxshi aloqaga kirishishini amaliyotini har tomonlama o’rganish salmog’i oshdi. Amaliyotda inflyatsion targetlashni bir nechta xususiyatlari mavjud. 1. E’lon qilingan miqdoriy inflyatsion targetlash statistikasi bo’yicha turlicha davlatlarda inflyatsiya darajasi yiliga 1,5 va 2,5 foiz orasida bo’ladi, lekin ko’pgina rivojlangan davlatlarda targetlash intervalidan plyus/minus 1 % ga farq qiladi. 2. Markaziy Bank qo’llaydigan aniq bir instrument yo’q. 3. O’zgaruvchan almashuv kursi (Bu almashuv kursi mexanizmi a’zolariga Ispaniya va Finlandiya davlatlari a’zo bo’lishmagan, garchi ular iqtisodiyotida inflyatsion targetlash bilan almashuv kursi o’rtasidagi birliklar yaratilmagan va joriy qilinmagan bo’lsa ham) 4. Shaffoflik va mas’ulyatlilikning yuqori darajada bo’lishi. Ko’pgina olimar inflyatsion targetlashning monetar siyosatni targetlashga yordam bermaydigan tuzum sifatida ifodalashadi. Inflatsion targetlash aslida o’ziga xos oraliq maqsadni nazarda tutadi va bu Markaziy Bankning inflyatsiyani oldindan aytib bera olishi deb nomlanadi. Inflatsion targetlash uzoq muddatli yuqori darajadagi inflyatsiyani olidini loishga qaratilgan chora tadbirlar majmui hisoblanadi. Download 64.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling