5-mavzu. Iqtisodiy barqarorlik siyosati. Reja
Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi monetar omillar
Download 64.56 Kb.
|
BMB 5-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inflyatsiyaga ta’sir etuvchi omillar Tashqi omillarga Ichki omillar
- 1-rasm. Inflyatsiyaga ta’sir etuvchi omillar haqida ma’lumot
5.3. Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi monetar omillar
Ayni vaqtda, respublikamizda tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlari baholarining o’sish sur’atlarini yuqori ekanligi, shuningdek, respublikamizda inflyatsion targetlashning prognozlash amaliyoti qo’llanilayotganligi Markaziy bankning inflyatsiyaga qarshi kurash siyosatining samaradorligini oshirishga to’sqinlikqilmoqda. Inflyatsiya – pul muomalasi qonunining buzilishi, iqtisodiyotda tovar massasi hamda pul massasi o’rtasidagi nomutanosiblik jarayonida vujudga keladi. Inflyatsiyani vujudga kelishiga qator omillar ta’sir qilib, ularni ichki va tashqi omillarga ajratish mumkin. Inflyatsiyaga ta’sir etuvchi omillar Tashqi omillarga Ichki omillar Pul bilan bog’liq bo’lmagan omillar Pul bilan bog’liq bo’lgan omillar Jahon inqirozlari (xom-ashiyoviy, energetic, valyutaviy) Baholar o’sishi tsiklik va davriy omillari Davlatning moliyaviy inqirozlari Valyuta va oltinning noqonuniy eksporti Byudjet defitsiti Baholarning davlat tomonidan majburiy o’rnatilishi va boshqarilishi Pul emissiyasi Oshib boruvchi soliqlar Ishlab chiqarish monopoliyasi 1-rasm. Inflyatsiyaga ta’sir etuvchi omillar haqida ma’lumot Rasmda qayd etilgandek, ichki omillar tarkibiga ortiqcha pul massasi vujudga kelishi, milliy valyutaga nisbatan ishonchning pasayishi, mamlakatning nomutanosib to’lov balansi kabilarni kiritish mumkin. Tashqi omillarga mamlakat tashqi siyosatining beqarorligi, iqtisodiy inqirozlar, moliya va fond bozorlarida indekslarning o’zgarishi kabilarni keltirish mumkin. Inflyatsiyaning vujudga kelishiga muomala va ishlab chiqarish sohasi, shuningdek, mamlakatdagi iqtisodiy – siyosiy omillar ham sabab bo’ladi. Inflyatsiyaning vujudga kelishida pul muomalasi omillariga byudjet taqchilligini qoplash maqsadida muomalaga qo’shimcha tarzda chiqarilgan pullar, iqtisodiyotda asossiz ravishda berilgan kreditlar hajmining ortib borishi, mamlakat pul – kredit siyosatiga aholi ishonchining pasayishi va boshqalar sabab bo’ladi. Ishlab chiqarish va iqtisodiy siyosiy omillarga mamlakatda import hajmining eksport hajmidan ortib ketishi, tovarlar va ko’rsatilayotgan xizmatlar hajmi va sifatining pastligi, byudjet – soliq siyosati, mamlakatning tashqi va ichki iqtisodiy munosabatlar doirasida amalga oshirayotgan siyosati va boshqalar sabab bo’ladi. Inflyatsiyaning vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri iqtisodiyotdagi yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanatning buzilishidir. Inflyatsiya sharoitida kapital ishlab chiqarish doirasidan muomala doirasiga oqib o’ta boshlaydi, chunki ishlab chiqarish jarayoni iqtisodiy jihatdan samarasiz sohaga aylanib boradi. Muomala jarayoni ko’p vaqtni talab etmaganligi bois, dastlabki bosqichlarda uning ishtirokchilariga ma’lum miqdorda iqtisodiy foyda keltiradi, lekin inflyatsiya jarayonlarini tezlashtirishga xizmat qiladi. Inflyatsiya mexanizmi o’z – o’zidan rivojlanib, barcha soha va tarmoqlarni qamrab oladi, uning ta’sirida jamg’armalar hajmi qisqaradi, kredit, investitsiya va tovarlar taklifi kamayadi.
Download 64.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling