5-mavzu. Iqtisodiy barqarorlik siyosati. Reja


Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi monetar omillar


Download 64.56 Kb.
bet5/9
Sana17.02.2023
Hajmi64.56 Kb.
#1206617
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BMB 5-maruza

5.3. Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi monetar omillar

Ayni vaqtda, respublikamizda tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlari baholarining o’sish sur’atlarini yuqori ekanligi, shuningdek, respublikamizda
inflyatsion targetlashning prognozlash amaliyoti qo’llanilayotganligi Markaziy
bankning inflyatsiyaga qarshi kurash siyosatining samaradorligini oshirishga
to’sqinlikqilmoqda.
Inflyatsiya – pul muomalasi qonunining buzilishi, iqtisodiyotda tovar massasi
hamda pul massasi o’rtasidagi nomutanosiblik jarayonida vujudga keladi.
Inflyatsiyani vujudga kelishiga qator omillar ta’sir qilib, ularni ichki va tashqi
omillarga ajratish mumkin.

Inflyatsiyaga ta’sir etuvchi omillar








Tashqi omillarga

Ichki omillar







Pul bilan bog’liq bo’lmagan omillar



Pul bilan bog’liq bo’lgan omillar


Jahon inqirozlari (xom-ashiyoviy, energetic, valyutaviy)






Baholar o’sishi tsiklik va davriy omillari



Davlatning moliyaviy inqirozlari




Valyuta va oltinning noqonuniy eksporti



Byudjet defitsiti

Baholarning davlat tomonidan majburiy o’rnatilishi va boshqarilishi





Pul emissiyasi



Oshib boruvchi soliqlar



Ishlab chiqarish monopoliyasi

1-rasm. Inflyatsiyaga ta’sir etuvchi omillar haqida ma’lumot
Rasmda qayd etilgandek, ichki omillar tarkibiga ortiqcha pul massasi vujudga
kelishi, milliy valyutaga nisbatan ishonchning pasayishi, mamlakatning
nomutanosib to’lov balansi kabilarni kiritish mumkin.
Tashqi omillarga mamlakat tashqi siyosatining beqarorligi, iqtisodiy inqirozlar, moliya va fond bozorlarida indekslarning o’zgarishi kabilarni keltirish
mumkin. Inflyatsiyaning vujudga kelishiga muomala va ishlab chiqarish sohasi,
shuningdek, mamlakatdagi iqtisodiy – siyosiy omillar ham sabab bo’ladi.
Inflyatsiyaning vujudga kelishida pul muomalasi omillariga byudjet
taqchilligini qoplash maqsadida muomalaga qo’shimcha tarzda chiqarilgan pullar,
iqtisodiyotda asossiz ravishda berilgan kreditlar hajmining ortib borishi, mamlakat
pul – kredit siyosatiga aholi ishonchining pasayishi va boshqalar sabab bo’ladi.
Ishlab chiqarish va iqtisodiy siyosiy omillarga mamlakatda import hajmining
eksport hajmidan ortib ketishi, tovarlar va ko’rsatilayotgan xizmatlar hajmi va
sifatining pastligi, byudjet – soliq siyosati, mamlakatning tashqi va ichki iqtisodiy
munosabatlar doirasida amalga oshirayotgan siyosati va boshqalar sabab bo’ladi.
Inflyatsiyaning vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri iqtisodiyotdagi
yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanatning buzilishidir. Inflyatsiya
sharoitida kapital ishlab chiqarish doirasidan muomala doirasiga oqib o’ta
boshlaydi, chunki ishlab chiqarish jarayoni iqtisodiy jihatdan samarasiz sohaga
aylanib boradi.
Muomala jarayoni ko’p vaqtni talab etmaganligi bois, dastlabki bosqichlarda
uning ishtirokchilariga ma’lum miqdorda iqtisodiy foyda keltiradi, lekin inflyatsiya
jarayonlarini tezlashtirishga xizmat qiladi.
Inflyatsiya mexanizmi o’z – o’zidan rivojlanib, barcha soha va tarmoqlarni
qamrab oladi, uning ta’sirida jamg’armalar hajmi qisqaradi, kredit, investitsiya va
tovarlar taklifi kamayadi.



Ko’rsatkichlar

Milliy

Daromad

Mutadil talab infliatsiyasi

O’sadi

Kamayadi

Xarajatlar o’sishi bilan kelib chiqadigan infliyatsya

Kamayadi

O’sadi

Giperinfliatsiya

Keskin kamayadi

Keskin o’sadi




Download 64.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling