5-mavzu: Iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi va milliy manfaatlar
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
5-mavzudan taqdimot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mutaxassislarning fikricha
- TRANSMILLIY KORPORATSIYALAR TMKlar bo‘yicha BMT komissiyasi o‘z vaqtida
TRANSMILLIY KORPORATSIYALAR
Industrial rivojlangan davlatlarning global ahamiyatga ega bo`lgan ko`p funktsiyali milliy trest va kontsernlari, xalqaro firma, kompaniya va korporatsiyalar. Transmilliy kompaniyalar deganda ko„pincha, o„z ishlab chiqarish aktivlarini birdan ortiq mamlakatda nazorat qila oladigan kompaniyalar tushuniladi. Mutaxassislarning fikricha, 2004 yilda yer yuzida 64 ming atrofida TMKlar mavjud bo„lib, ularning dunyo bo„yicha 830 mingta filiallari faoliyat olib borgan.(Hozirgi kunda 80 mingdan ortiq) Dunyo miqyosida yetakchi mavqega ega 100 ta eng yirik TMKlar xalqaro savdoning umumiy hajmidan 16%ni nazorat qiladi va bu TMKlarning uchdan bir qismi AQSHga to„g‟ri keladi. TMK lar dunyodagi sanoat ishlab chiqarishning 50 %ni taminlaydi Jahon savdosining 70 % Dunyodagi 100 ta eng katta iqtisodiy qudratninh 52 tasini TMKlar tashkil qiladi, qolaganlari davlatlar Dunyo ilmiy tadqiqot ishlanmalari moliyalashtirishing 80 % ni taminlaydi TRANSMILLIY KORPORATSIYALAR TMKlar bo‘yicha BMT komissiyasi o‘z vaqtida transmilliy kompaniyalarga quyidagicha ta'rif bergan: Bu kompaniyalar: - yuridik shakli va faoliyat doirasidan qat'iy nazar ikki yoki undan ortiq mamlakat birligini o„z ichiga oladi; bir yoki undan ortiq rahbarlik markazlari orqali umumiy strategiyani amalga oshirish va kelishilgan siyosat yuritish imkonini beruvchi qarorlar qabul qilish tizimi doirasida operatsiyalarda o„zib ketuvchi; - alohida birliklari bir-biri bilan mulk orqali yoki ulardan biri yoki bir nechtasi boshqasining faoliyatiga, xususan, bilimlarni, rusurslarni va boshqasi bilan majburiyatlarni bo„lishish kabi qandaydir boshqacha tarzda o„zaro bog„langan; “Trans” old qo„shimchasi o„z nomi bilan – TMK milliy chegaralardan tashqarida tovar va xizmatlarni ishlab chiqaradilar va sotadilar; ular g„oyalarni, didlarni, standart va texnologiyalarni butun dunyo bo„ylab tarqatadilar; ular o„z operatsiyalarini global miqyosda rejalashtiradilar, bunda o„z milliy xarakterlarini saqlab qoladilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling