5-mavzu: IX-XII asrlarda O’rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg’onish (renessans) davri: fan va madaniyat ravnaqi


hadisshunos olimlar (Imom al-Buxoriy, At-Termiziy va boshqalar)


Download 235.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana05.01.2022
Hajmi235.78 Kb.
#223890
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-семинар

hadisshunos olimlar (Imom al-Buxoriy, At-Termiziy va boshqalar). 

Birinchi  rejada  talabalarni  quyidagilarga  jalb  etish  lozim.  O’rta  asr  madaniyati  shu  darajada 

yuksaklikka  ko’tarilganki,  dunyoviy  ilmlar,  turli  aniq  fanlarning  yutuqlari,  natijalari  ularning  mazmuni 

belgilashda muhim ahamiyat kasb etgan. Turli sohalarda ijod etilib katta yutuqlar qo’lga kiritilgan. O’rta 

Osiyoda dinshunoslikning o’ta rivoj topgan asri IX asr bo’lsa, XII asr ilm-fan taraqqiyotining cho’qqisi 

bo’ldi. IX-XII asrlar davomida O’rta Osiyo xalqlari dunyo madaniyatiga ilm fanning turli sohalari bo’yicha 

hissa qo’shdilar. Bu davrda yashab ijod etgan O’rta Osiyolik buyuk olimlarning ijodi, faoliyati, asarlari 

o’rta  asr  ilm-fani  rivojida  nihoyatda  muhim  o’rin  tutadi.  Buyuk  mutafakkirlarimiz  Al-Xorazmiy,  Al-

Farg’oniy, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy kabi olimlarning nomi butun Sharq va Yevropada nihoyatda xurmat 

bilan  tilga  olinadi.  Markaziy  Osiyo  olimlari  o’sha  paytda  ma’lum  bo’lgan  barcha  ilm  sohalari  bilan 

qiziqdilar, dunyoviy va diniy fanlar rivojlanishga o’zlarining salmoqli hissalarini qo’shdilar. 

Abdullo  Muhammad  Ibn  Muso  al-Xorazmiy.  (783-850  yy)  buyuk  mutafakkir  va  olim  Xivada 

tavallud topgan. Yoshligidan ilm-fanga, ayniqsa tabiiy fanlarni o’rganishga qiziqdi. Arab, fors, hind, yunon 

tillarini  mukammal  o’rgandi.  O’qigan,  o’rganganlari asosida, tabiatning  bergan buyuk  iqtidori  bilan  bir 

necha  fanlarga  doir  yirik,  qimmatli  asarlar  yaratdi.  Uning  arifmetika  va  algebraga  doir  “Al-kitob  al-

muxtasar  fi  hisob  al-jabr  val  muqobala”  (To’ldirish  va  qarama-qarshi  qo’yish  haqida  kitob)  asari 

matematika  fanida  yangi  davrni  boshlab  beribgina  qolmay,  balki  uning  keyingi  asrlardagi  taraqqiyotiga 

ham katta asos bo’ldi. Al-Xorazmiyning ikkinchi matematikaga oid asari “Hind arifmetikasi haqida kitob” 

bo’lib, bu asar tufayli avval Sharq xalqlari, so’ngra esa Yevropa xalqlari ham Qadimiy Hindistonning katta 

yutug’i-o’nlik hisoblash sistemasi bilan tanishdilar. (XII asrda lotin tiliga o’girilgan). Al-Xorazmiyning 

“Kitob surat al-ard” (erning surati) asari geografiyaga, “Astronomik jadvallari” astronomiyaga oid bo’lib, 

ular muallifning nomini jahonga yoydi. Shuningdek, “Quyosh soatlari to’g’risida risola”, “Tarix risolasi”, 

“Usturlab  haqida  risola”,  “Musiqa  risolasi”  singari  ajoyib  asarlari  olimga  katta  shuxrat  keltirdi,  uning 

nomini abadiylashtirdi. Al-Xorazmiyning “Al-jabr val-muqobala” asari keyinchalik Yevropada “Algebra” 

deb  yuritila  boshlandi.  Uning  astronomiyaga  oid  asari  esa  faqat  SHarqda  emas,  balki  G’arbda  ham 

astronomiya fani rivojida katta rolь o’ynadi.1983 yilda xalqimiz buyuk allomaning 1200 yillik to’yini katta 

tantana bilan nishonladi. 

Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad Al-Farg’oniyning tarjimai holiga doir ma’lumotlar tarixda kam 

saqlanib  qolgan.  861  yilda  vafot  etgan.  Astronomiya,  matematika,  geodeziya,  gidrologiya  fanlarining 

bilimdoni  Farg’ona  zaminida  tug’ilib  o’z  ilmiy-madaniy  zakovati  bilan  Bag’doddagi  birinchi  Ma’mun 

akademiyasigacha  borgan  (ikkinchi  Ma’mun  akademiyasi  Xorazmshoh  Ma’mun  akademiyasi  edi).  Al-

Farg’oniy, Muhammad Muso Al-Xorazmiy bilan birga bu akademiyadagi olimlarga rahbarlik qilishgan. 

Farg’oniy  arab  ilmiy  atamashunosligini  vujudga  kelishiga  va  rivojiga  katta  hissa  qo’shdi.  Bag’dod  va 

Damashqdagi  rasadxona qurilishlarida faol  qatnashdi  va  u  yerda  Ptolemeyning  “Yulduzlar jadvalidagi” 

ma’lumotlarni tekshirish ishlarini olib bordi. 

Al-Farg’oniy  astronomiyaga  oid  “Astronomiya  negizlari”  asarida  astronomiyaga  oid  bilimlarni 

tartibga soldi, o’zining yangi natijalari bilan boyitdi. O’sha davr an’anasiga muvofiq mamlakatlarni yetti 

iqlimga bo’lib o’rgandi. Kuyosh soatlarini bayonini berdi, astronomik asboblari yaratdi. Farg’oniyning bu 

asari N.Kopernik davriga qadar Yevropada astronomiya fanidan asosiy qo’llanma sifatida foydalanildi. 

Al-Farg’oniy 25 yoshidan Ma’mun akademiyasiga borib, u yerda salkam 50 yil halol mehnat qildi. 

Ma’mun  davrida  Bag’dodda  tashkil  etilgan  kutubxonada  400  ming  jild  kitob  mavjud  edi.  Bag’dod 

akademiyasida  Al-Farg’oniy  bilan  birgalikda  xorazmlik  Muso  ibn  SHokirning  o’g’illari  Ahmad, 

Muhammad va Xasan ibn Musolar nomlarini va ularning ilmiy natijalarini ham keyinchalik Beruniy o’z 

asarlarida hurmat bilan tilga oladi. Ahmad Farg’oniyga arab ilmiy dunyosida “Xosib” laqabi berilgan ya’ni, 

uni  matematika  sohasida  tengi  yo’qligi  tan  olingan.  Yevropada  Farg’oniyni  Alfraganus  deb  ataganlar. 

SHuni  ta’kidlash  kerakki,  828  yilda  Bag’dodda  birinchi  rasadxona  ishga  tushirilganda,  uni  marvlik 

falakshunos  olim  Yahyo  ibn  Abu  Mansur  boshqargan.  3  yil  o’tgach  Damashqda  ana  shunday  ikkinchi 

rasadxona  barpo  qilindi  va  unga  Markaziy  Osiyolik  alloma  Holid  ibn  Abdumalik  Marvarudiy  rahbarlik 

qildi.  Al-Ma’mun  iltimosiga  ko’ra  har  ikkala-rasadxonaning  loyihasini,  barcha  andozalarini  qog’ozga 




tushirish, ushbu rasadxonalarning vazifalari, ishlari, rejalari hamda ilmiy natijalarini tekshirib fanga kiritish 

ham ilmiy rahbar Ahmad Farg’oniyning zimmasiga tushdi. 

Xalifa Mutavakkil (847-861) tomonidan 861 yili Al-Farg’oniy Qoxira yaqinidagi Fustat shahrigaNil 

daryosi  suvi  satxini  o’lchash  uchun  yuboriladi.  Farg’oniyning  bu  sohada  yasagan  nilometr  asbobi 

hozirgacha  saqlanmoqda.  Farg’oniyning  boy  me’rosi,  asarlari  hozir  Qoxira,  London,  Parij,  Berlin 

kutubxonalarida  saqlanmoqda.  SHuni  ta’kidlash  lozimki,  Farg’oniy  asarlarining  ko’p  qismi  hali  to’liq 

o’rganilmagan va o’z tadqiqotchilarini kutmoqda. 1998 yil kuzida mutafakkir qomusiy olim, yurtdoshimiz, 

xalqaro miqyosdagi yetuk olim Ahmad al-Farg’oniyning 1200 yillik ulkan to’yi mamlakatimizda, xususan, 

u tug’ilib o’sgan Farg’ona vodiysi diyorida keng nishonlandi, ajoyib ziyoratgoh tashkil etildi va olimga 

muhtasham haykal yodgorlik o’rnatildi. 

Abu Nasr al-Farobiy (873-950 yy.) harbiy xizmatchi oilasida, Sirdaryo sohilidagi Farob (O’tror)da 

tug’ilgan,  boshlang’ich  ma’lumotni  Buxoro,  Samarqandda  olgan  so’ng  Bag’dodda  uzoq  yashab, 

zamonasining olimlari bilan ilmiy muloqotda bo’lgan. Ilmning turli sohalariga oid 160 dan ortiq risolalar 

yozgan. U turli bilimlarning nazariy tomonlari, falsafiy mazmuni bilan ko’proq qiziqqanligi uchun uning 

asarlarini  2  guruhga  ajratish  mumkin:  1)  yunon  faylasuflari,  tabiatshunoslarining  ilmiy  merosini  izlash, 

targ’ib qilish va o’rganishga bag’ishlangan asarlar; 2) fanning turli sohalariga oid mavzulardagi asarlar. 

Farobiy  qadimgi  yunon  mutafakkirlari  Platon,  Aristotel,  Yevklid,  Ptolomey,  Porfiriylarning 

asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa, Aristotel asarlari (“Metafizika”, “Etika”, “Ritorika”, “Sofistika” va 

boshqa)ni batafsil izohlab, qiyin joylarini tushuntirib bergan, kamchiliklarni ko’rsatgan. Uning risolalari 

riyoziyot,  falakiyot,  tibbiyot,  ahloqshunoslik,  musiqashunoslik,  davlatni  boshqarish,  ayniqsa  falsafa  va 

mantiq ilmi masalalariga bag’ishlangan. Uning “Kalom fi-l-javhar”, “Masalalar manbai”, “Qonunlar haqida 

kitob”, “Falak harakatining doimiyligi haqida”, “Kattalarning aqli haqida so’z”, “Yoshlarning aqli haqida 

kitob”,  “Mantiqqa  kirish  kitobi”,  “Isbot  kitobi”,  “Jon  (ruh)ning  mohiyati  haqida  risola”,  “Falsafa 

tushunchasining ma’nosi haqida so’z”, “Falsafaga izohlar”, “Musiqa haqida so’z”, “Fizika usullari haqida 

kitob”,  “Inson  a’zolari  haqida  kitob”,  “Hayvon  a’zolari  to’g’risida  kitob”,  “Xattotlik  haqida  kitob”  va 

boshqalarni kiritish mumkin. U serqirra, qomusiy olimdir. 

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy (973-1048 yy). Xorazmning Kot shahrida tavallud 

topgan  bu  mutafakkir,  serqirra  olim  astronomiya,  tarix,  tibbiyot,  riyoziyot,  jug’rofiya,  geodeziya, 

meteorologiya,  etnografiya,  falsafa,  filologiyaga  oid  150  ga  yaqin  asarlar  yaratgan.  Bu  asarlar  Beruniy 

nomini jahonga taratdi. SHuningdek, uning hikoyalar, she’rlar bitganligi ham ma’lum. Beruniy o’rta asrda 

birinchi  bo’lib  globus  yaratdi.  U  arab,  fors,  hind  turkiy  tillarni  mukammal  bilgan.  Uning  “Saydana”, 

“Geodeziya”,  “Hindiston”,  “Minerologiya”,  “Qonuni  Ma’sudiy”,  “Qadimgi  xalqlardan  qolgan 

yodgorliklar” asarlari o’zbek va rus tillariga tarjima qilingan. Maxmud G’aznaviy saroyda ham xizmatda 

bo’lgan. U Ibn Sino bilan ham zamondosh edi. 

Abu Ali Ibn Sino (980-1037) yil (asl ismi Xusayn, otasining ismi Abdulloh) Buxoroning Afshona 

qishlog’ida  tug’ilib  o’sgan.  Uning  yoshligi,  yigitlik  chog’lari  Somoniylar  hukmronligining  so’nggi 

yillariga, xususan, Nuh ibn Mansur Somoniy hukmronligi davriga to’g’ri keladi. Abu Ali ibn Sino jahon 

madaniyati,  ilm-fani  xazinasiga  bebaho  hissa  qo’shgan  buyuk  siymolardan  biridir.  U  falsafa,  mantiq 

ruhshunoslik, adabiyotshunoslik, she’riyat, musiqa, geologiya, minerologiya, fizika, matematika, tibbiyot, 

astronomiyaga oid yuzlab asarlar yaratdi. Uning asarlarining umumiy soni 450 dan oshdi, lekin bizgacha 

160 ga yaqini yetib kelgan. Ibn Sinoning ilmiy qiziqishlari doirasi shu qadar keng bo’lganki, uning 40 dan 

ziyod tibbiyotga, 30 ga yaqin astronomiya va tabiatshunoslik fanlariga, 185 ta falsafa, mantiq va ilohiyotga 

bag’ishlangan asarlar yaratgani ma’lum. Ibn Sinoning bizga ma’lum bo’lgan katta asari “Kitob ush-shifo” 

22 jilddan iborat bo’lib, 4 ta katta bo’limini mantiq, fizika, metafizikaga doir masalalar egallagan. “Kitob 

un-najot” 4 ta katta qismdan – mantiq, fizika, matematika, metafizikadan iborat. “Kitob lison ul-arab” 10 

jidlni tashkil etadi. “Donishnoma” fors tilida yozilgan bo’lib, 4 qismni o’z ichiga oladi. Tarixiy haqiqat 

shuni ko’rsatadiki, IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda jahonshumul ma’naviy uyg’onish davri bo’ldi. Biz 

uchun chin ma’noda ulkan meros asri bo’ldi.  




Download 235.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling