5-mavzu: IX-XII asrlarda O’rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg’onish (renessans) davri: fan va madaniyat ravnaqi
Uchinchi rejada quyidagi masalalarga talabalarni jalb etish maqsadga muvofiq
Download 235.78 Kb. Pdf ko'rish
|
5-семинар
Uchinchi rejada quyidagi masalalarga talabalarni jalb etish maqsadga muvofiq. IX-XII asrda
dunyoviy fanlar bilan birga diniy bilimlar ham keng rivojlandi. Ismoil al-Buxoriy, Iso at-Termiziy, Burxoniddin Marg’inoniy, Ahmad An-Nasoiy kabi ulamolar islom ta’limotining rivojiga ulkan hissa qo’shdilar. Islom dini ta’limotining ravnaqi va targ’ibotining kengayishida Buxoro shahri markaziy o’rin egalladi. Tasavvuf ta’limoti rivojlanib O’rta Osiyoda uning turli xil yo’nalishlari (XII asrda Turkistonda Yassaviya, XIII asr oxirida Xorazmda Kubroviya, XIV asrda Buxoroda Naqshbandiya) paydo bo’ldi va tarqaldi Imom Ismoil al-Buxoriy (810-870 yy.) buyuk hadisshunos olim Buxoroda tavallud topgan bo’lib, yoshligidan bilimga intilib, arab tili va hadis kitoblarini o’qish va ularni yodlashga qunt bilan kirishgan. Keyinchalik Buxorolik muxaddislar Muhammad al-Poykandiy, Abdullox al-Masnadiylardan hadis ilmini chuqur o’rganib ko’p hadislarni yod olgan. 16 yoshlarida onasi va akasi bilan safarga otlanib Balx, Basra, Kufa, Bog’dod, Damashq, Misr, Makka, Madina shaharlarida bo’lishib mashhur hadis olimlaridan ilm olgan. Ma’lumki, “hadis” muqaddas “Qur’on” kitobidan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. Imom Buxoriy hayoti davomida 600 ming hadis to’plab, ulardan 7275 hadisni o’zining 4-jildlik “Ishonarli to’plam”iga kiritdi. To’plam Misr va boshqa ko’p mamlakatlarda chop etilgan. Nihoyat bu to’plam 1991-1992 yillarda o’zbek tiliga tarjima qilinib, kitobxonlarga taqdim qilindi. Imom al-Buxoriy hadislari islom dunyosidagi yuzlab hadischi olimlarnikidan alohida farq qiladi va shuning uchun ham “Ishonarli” to’plam deyiladi. Al- Buxoriyning islom dinshunosligiga oid 20 ga yaqin katta hajmdagi asarlar yozgani ma’lum. Uning hadislari va asarlarining diqqat markazida dinning inson uchun tarbiyaviy ahamiyati, uning ma’naviy yuksalishi, tozaligi, donoligi, yaxshi va yomonni bir-biridan ajrata bilishi kabi hislatlari turadi. Islom dunyosining yirik olimi, hadisshunoslikda eng yuqori pog’onaga chiqqan Imom Ismoil al-Buxoriyning 1205 yilligi 1998 yil xalqaro miqyosda tantanali nishonlandi va u vafot etgan Samarqand atrofidagi CHelak shahrida nihoyatda xashamatli ziyoratgoh qurildi. Bu yerga jahonning turli joylaridan minglab odamlar ziyoratga kelmoqdalar. Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-892 yy) islom dunyosida mashhur bo’lgan hadischi olim Imom at-Termiziy Termiz yaqinidagi Bug’ qishlog’ida tug’ilgan. 26 yoshidan boshlab Samarqand, Buxoro, Xijoz, Iroq, Nishopur shaharlarida mashhur muhaddis olimlar bilan uchrasha boshladi. Uning buyuk hadischi olim bo’lib, yetishishida Imom Ismoil al-Buxoriy ustozligi katta o’rin tutadi. Umrini hadislar to’plashga bag’ishlagan At-Termiziydan katta ilmiy me’ros, jumladan, “Kitob al-Jomi’”, “Kitobi ash- shamoil an-nabaviya”, “Kitobi az-zuxd”, “Kitob ul-asmo va-l-kuna” kabi asarlar qolgan. 1990 yil sentyabrь oyida Toshkentda at-Termiziy tavalludining 1200 yilligiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy anjuman bo’lib o’tdi. Imom at-Termiziy to’plagan hadislarda ham tarbiya, odob, ota-ona, va farzand haq-huquqlar, halollik, poklik, kabi umuminsoniy qadriyatlar va ahloq mezonlari asosiy o’rin tutadi. Buyuk faqih Ali ibn Abu Bakr ibn Abd ul-Jalil Al-Farg’oniy ar-Rishtoniy al-Marg’inoniy 1123 yil 23 sentyabrda tug’ilgan. U Qur’onni, hadis ilmlarini mukammal egallab, fiqh-islom huquqshunosligi borasida chuqur ilmga ega bo’lganligi va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli Burhon-ud din val-l-milla va Burhoniddin al Marg’inoniy nomlari bilan mashhurdir. 1149 yil u haj safariga bordi. “Kitob ul-mashoyix” (SHayxlar haqidagi kitob) asarida u o’zi ta’lim olgan 40 dan ortiq shayx va allomani sanab o’tgan. Bizgacha yetib kelgan “Bidoyat al-muntahiy”, “Nashr ul-mazhab”, “Kitob ul-mazid”, “Manosiq ul- haj”, “Majma ul-navozil”, “Kitob ul-faroiz” va boshqalari ma’lum. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 2000 yilda al-Marg’inoniyning 910 yillik tavallud sanasi keng jamoatchilik tomonidan tantanali ravishda nishonlandi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling