5 mavzu: Jahon adabiyotida uyg‘onish masalasi Reja
Angliya I uyg‘onish davri adabiyoti
Download 32.69 Kb.
|
Angliya I uyg‘onish davri adabiyoti
Reja: 1. Angliyada uyg’onish davrining o’ziga xos jihatlari 2. Angliya renessansi namoyondalari
XVI asrlarda Angliyada qirol hokimiyati dvoryanlar qarshiligini sindirdi. Hokimyatga intilgan juda ko‘p feodal baronlar o‘zaro urushlarda halok bo‘ldilar. Tyudorlar sulosasidan bo‘lgan Genrix VII va Genrix VIII lar davrida mutloq xokimyat kuchaydi. Genrix VIII ning islohatlari natijasida ko‘plab monastirlar yo‘qotildi. Mamalakat Rim papasiga tobelikdan qutuldi va qirolning o‘zi ingliz cherkovini boshqara boshladi. Uilpyam Tindal «Injil» ingliz tiliga tarjima qildi. Mamalakatni qirolicha yelizaveta (1558-1603) boshqargan yillarda Angliya iqtisodiyati tez suroatlar bilan rivojlandi. 1588 yili ispanlarning Buyuk armadasi tormor qilgan Angliya uchun dengiz yo‘llarining barcha osonlik bilan ochila boshladi. Ko‘plab dehqonlar o‘z yerlaridan mahrum bo‘ldilar. (Jun sotish bu paytda katta foyda keltirar edi). Ilk ingliz Uyg‘onish davrining nomoyondasi Tomas Mor (1478-1535) edi. U Oksford universitetini tamomlab, o‘z davrining yirik siyosiy arbobi aylandi. (Genrix VII davrida lord kansler qirolning 1-vaziri bo‘ldi. Qirol maslahatchilariga qarshi chiqqanligi uchun Genrix VIII buyrug‘i bilan qatl etilgan). T.Morning eng mashxur kitobi - «Yangi Utopiya oroli haqida» asaridir. (1516 y). «Utopiya» («Yo‘q joy») da yozuvchi davridagi jamiyat haqida tanqidiy fikrlar bildirilgan. Asar nafaqat falsafiy, shuningdek badiiydir. Kitob 2 qismdan iborat bo‘lib, 1-qismida muallif o‘ziga zamondosh bo‘lgan Angliyani tanqid qildi. 2-qismda esa Utopiya orolidagi tartiblar tasvirlanadi. T.Mor birinchi bo‘lib jamiyatda xususiy muksiz yashash mumkin degan fikrni bildiradi. Utopiyada xususiy mulk bekor qilingan, xalqlar o‘rtasida diniy, irqiy, tenglik o‘rnatilgan. Aqliy va jismoniy mehnat o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar bartaraf qilingan. Dehqonlar jamoa bo‘lib yashaydilar. Birgalikda mehnat qiladilar. (Isroilda hozir bunday jamoalar bor). Utopiyada oltinning qadri yo‘q. Lekin bu jamiyatda qullar bor. T.Mordan keyin shunga o‘xshagan bir qator asarlar yaratildi. T.Komponellaning «Quyosh shahri», F.Bekonning «Yangi Atlantida», Garingtonning «Okean» E.Kabening « Ikariyaga sayohat» asarlari shular jumlasidandir. Ingliz Renesansning ilk davrida sheoriyat yetakchi o‘rin egalladi. Birinchi ingliz gumanist shoirlari Uayet va Sarrilar arstokratlardan edilar. Qirol Genrix VIII davrida Uayet Tauer qamaldi. Sarri esa qatl etildi. Tomas Uaet (1503-1542) Italiyaga sayohat qilgan davrida Petrarka sheoriyatiga maftun bo‘ldi. Uning sheorlarini ona tiliga tarjima qildi. Keyinchalik o‘zi ham ingliz tilida sonetlar yozdi. «Sevishganlarning qarama-qarshi tuyg‘ulari» sonetida lirik qahramon bir vaqtning o‘zida qo‘rquv va quvonch tuyg‘usini xis qiladi. Sevgi o‘zida hamma qarama-qarshiliklarni jam qilgan. U hayot va o‘lim, urish va tinchlik kabi muhimdir. «O‘zgaruvchan orzu» sonetining lirik qahramoni orzulari ro‘yobga chiqishini juda istaydi. Lekin taqdir u bilan og‘ir xazil qiladi. Natijada qahramonning orzulari orzuligicha qoladi. Genri Govard Sarri (1517-1547) ham asosan sonet janrida ijod qildi. Petrarka sonetlardagi Laura Sarri syujetlarning qahramoni Jeralpdinining o‘ziga xos praobrazi bo‘lib xizmat qildi. Sonetlarning birida shoir Jeralpdini Florensiya qizi deb atasa ham, bu obrazda o‘sha davr ingliz aristokratlarini sezish mumkin. «Vinzordagi tutqinlik» soneti Sarrining eng yaxshi sheorlaridan biri hisoblanadi. Shoir o‘z do‘sti Rigmandning o‘limidan chuqur qayg‘uga botib, beg‘ubor yoshlik yillarini eslaydi. Genri Sarri ingliz adabiyotiga oq sheorni olib kirdi, « Eneida» ni ingliz tiliga tarjima qildi. Keyinroq Marlo va Shekspirlar ham o‘z tragediyalarida oq sheordan foydalandilar. XVI asrda Angliyada dramaturgiya gullab yashnadi. Ingliz teatri xalq manfaatlarini ifoda qilganligi sababli, xalq orasida katta shuhrat qozondi. Asr oxiriga kelib Angliyada 20 dan ortiq teatr mavjud edi. Robert Grin (1550-1592) qissa va dramalar muallifi sifatida mashxur bo‘ldi. Uning qissalari novella va sheorlardan iborat edi. Grinning 6 qissasi saqlanib qolingan. Uning «Aragon qiroli Alp fons» (1587) , «Qirol Yakov IV tarixi» (1598), «Vokfild dalasi qo‘riqchisi Jor Grix haqida maroqli komiediya» komediyalari alohida ajralib turadi. Grin bu asarlarida London jamiyatidagi kamchiliklar ustidan kuladi. Dramaturg asarlarida ingliz afsonalaridan unumli foydalanadi. Grin demokratizmi uning Veklid dala qo‘riqchisi Jorj Grik komediyasida o‘zining yaqqol ifodasini topgan. Komediya qahramoni Jorj oddiy xalq vakili bo‘lib, poetik buyoqlarda tasvirlangan. Qissada qo‘zg‘alon ko‘targan xalq orasida afsonaviy qahramon Robin Gud paydo bo‘ladi. Grin, o‘z mafaatlarini ko‘zlab isyon ko‘targan feodallarga qarshi kurashib, qahramonlik ko‘rsatadi. Ko‘rsatgan jasorati uchun qirol unga ritsarlik unvonini taqdim etmoqchi bo‘ladi, lekin Jorj undan voz kechadi. Kristofor Marlo (1564-1593). Marloning «Doktor Faustning fojiyaviy taqdiri» dramasi Iogan Shpis tomonidan chop etilgan xalq kitobidagi Faust haqidagi afsona asosida yaratilgan. Olim Iogann Faust zamonasidagi fanlar va diniy akidalardan qoniqmay, odamning paydo bo‘lishi haqida bilishni hohlaydi va qudratga erishish yo‘llarini izlaydi. Buning uchun qora magiyaga murojaat qilishga tayyor bo‘ladi. Faust o‘z ruxini do‘zax xukmdorlari – Lyusifer, Velezuval va Mifestofelga sotadi. 24 yil davomida qudratli insonga aylanadi, va nihoyat azoblarga duchor bo‘ladi. Faust obrazida bilim kuchi, inson aql-zakovati ulug‘lanadi. K.Marlo biz uchun Amir Temur siymosini adabiyotga olib kirgan dastlabki G‘arb mualliflaridan biri ekanligi bilan qadrlidir. Uning «Sohibqiron Temur» asarida buyuk sarkarda hayoti tasvirlanadi. Download 32.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling