5-mavzu: jamiyat falsafasi va inson borlig’I. Reja
Jamiyatni diniy, naturalistik va falsafiy tushunish
Download 223.5 Kb.
|
5-Мavzu ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abu Rayhon Beruniy
- K.Marks, F.Engels, V.Lenin
Jamiyatni diniy, naturalistik va falsafiy tushunish. Kishilarda dastlab jamiyat to‘g‘risida hayoliy mifologik, asta-sekin diniy qarashlar paydo bo‘ldi. Diniy qarashlarga ko‘ra, jamiyat Xudo tomonidan yaratilgan. Jamiyatning mohiyati, uning mavjudligi va taraqqiyotini Xudo belgilaydi, har qanday voqea, hodisa Uning irodasi bilan sodir bo‘ladi.
Jamiyat va ilm-fanning taraqqiy eta borishi bilan jamiyat haqidagi qarashlar ham o‘zgarib, rivojlanib bordi. Jamiyat to‘g‘risidagi mifologik, diniy, tabiiy-ilmiy, falsafiy qarashlarni bizgacha yetib kelgan qadimiy yozma yodgorliklar, xususan, muqaddas diniy kitoblardan topamiz. «Avesto»da, qadimgi Hindiston, Xitoy va Yunonistond manbalarida jamiyat, uning mohiyati, mazmuni, rivojlanishi, jamiyat hodisalari, jamiyatni boshqarish, adolatli jamiyatni qurish haqida qimmatli qarashlar bayon qilingan. Xususan, Aflotun va Arastu mukammal, mo‘tadil jamiyatni barpo qilish g‘oyalarini ilgari surishgan. O‘rta asrlarda Forobiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqalar mazkur g‘oyalarni yanada rivojlantirdilar. Abu Nasr Forobiyning “Fozil” shahar ahli qarashlari haqida kitob”, “Siyosat al-madaniya” (“Shaharlar ustidan siyosat yurgazish”) va boshqa asarlarida olijanob jamiyat, adolatli tuzum, odil hukmdorlar haqidagi fikr-mulohazalari bayon qilingan1. Alloma “Fozil odamlar shahri” asarida “Odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi asos insoniylikdir, shuning uchun ham, odamlar insoniyat turkumiga birlashganliklari tufayli o‘zaro tinchlikda yashamoqlari lozim”2, – deydi. Abu Rayhon Beruniy jamiyat kishilar tomonidan o‘z ehtiyojlarini tushunib, o‘zlariga o‘xshash kishilar bilan o‘zaro «shartnoma» asosida birga yashashlari, birgalikda faoliyat ko‘rsatishlari, mehnat qilishlari zarurligini aytadi. Abu Ali Ibn Sino jamiyat kishilarning o‘zaro kelishuvlari, bir-birlariga yordamlashish asosida tashkil topishi, uning a’zolari adolatli qonunlar asosida yashashlari lozimligini yozadi. Ijtimoiy taraqqiyot davomida jamiyat haqida ilmiy bilimlar ham boyib bordi. Jamiyat tabiat taraqqiyoti asosida kelib chiqqan uning ajralmas bir qismi, shu bois jamiyatda ham tabiat qonunlari amal qiladi, degan qarashni Yevropada XVIII asr fransuz mutafakkirlari ilgari surishdi. Ular tabiat va jamiyat qonunlarini aynanlashtirib, ular o‘rtasidagi muhim farqni tushunib yetmadilar. Bu naturalistik qarash edi. Jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi falsafiy nazariyalarning biri F.V.Gegel ta’limotiga ko‘ra, «mutlaq g‘oya» o‘z-o‘zidan rivojlanib, u avval tabiatga aylanadi, so‘ng, tabiat qiyofasida rivojlanib borib, jamiyat paydo bo‘ladi. «Mutlaq ruh» jamiyatni harakatga keltiruvchi va boshqaruvchi kuchdir. L.Feyerbax esa jamiyat mohiyati va taraqqiyotini din bilan bog‘lab izohladi. Uning qarashicha, jamiyatni rivojlantirish uchun dinni takomillashtirish lozim. XX asrning boshlarida K.Marks, F.Engels, V.Leninning jamiyatning sotsialistik ta’limoti hayotda yetmish yildan ortiq mavjud bo‘ldi. «Revolyusion ta’limot» nomini olgan bu nazariya, mohiyat e’tibori bilan jamiyatni tabiiy tarixiy taraqqiyot yo‘lidan chiqardi, jamiyatni inqilobiy asosda tubdan o‘zgartirishga asoslandi, insoniyat boshiga juda katta fojealarni soldi. Mazkur ta’limot hayotda o‘zini mutlaqo oqlamadi va ichidan yemirildi. Uning o‘rnida mustaqil davlatlar paydo bo‘lib, bu nazariya ijtimoiy qarashlar tizimidan uloqtirib tashlandi. Mustaqillik talablariga mos yangicha falsafiy qarashlarni ishlab chiqish ehtiyoji yuzaga chiqdi. K. Marks tomonidan ilgari surilgan “formatsion yondashuv” Yevropa tarixi yoki O‘rta yer dengizi atrofidagi mamlakatlar tarixini umumlashtirish asosida vujudga kelgan bo‘lib, bu qoidalarni umuminsoniyat tarixining qoidalari sifatida da’vo qilib chiqish yetarli mantiqiy va tarixiy dalillar bilan asoslanmagan. O‘rta Osiyo yoki Qadimgi Arabiston tarixiga oid ilmiy tadqiqotlar “formatsion yondashuv”ni umumtarix uchun andoza bo‘lolmasligini ko‘rsatmoqda. AQSh faylasufi O.Toffler jamiyat taraqqiyoti ko‘p bosqichli jarayon: agrar, industrial, postindustrial jamiyatga ajratilgan, deydi. Jamiyat taraqqiyoti borasida K.Marks ta’limotiga qarshi o‘laroq, Angliyalik tarixchi A.J. Toynbi (1889-1975) tomonidan tarixni o‘rganishning “sivilizatsion yondashuv” uslubi ilgari surildi. Unga ko‘ra, har bir xalq o‘zining betakror, noyob, o‘ziga xos va o‘ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan holda, boshqa xalqlar tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali ijtimoiy taraqqiyotning o‘ziga xos modelini yaratadi. Kishilarda fikrlash tarzining vujudga kelishi ham bevosita tabiiy-iqlim sharoitidan kelib chiqadi. Ana shu tafakkur jarayonidagi o‘ziga xoslik vujudga keladigan ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning asosiga qo‘yiladi. Xorazmda bundan 3000 yil ilgari vujudga kelgan O‘rta Osiyodagi ilk sivilizatsiyaning o‘ziga xosligini ta’minlovchi asosiy omil sun’iy sug‘orish inshoatlarini qurish zaruratidir. Bu yerda ezuvchi quldorlar va eziluvchi qullar sinfi, quldorlik tipidagi davlat bo‘lmagan. 1937 yilda SSSR FA muhbir a’zosi S.P. Tolstov tomonidan asos solingan Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasining konsepsiyasida ham “O‘rta Osiyo xalqlari mustaqil sivilizatsiya yaratishga qodir bo‘lmagan, boshqa xalqlar yordamidagina madaniy qatlam yarata oladigan xalq” degan hukmron mafkura talabidan kelib chiqilgan. Ular hatto yunon tarixchilariga Arioshayona nomi bilan ma’lum bo‘lgan mamlakat to‘g‘risida bor haqiqatni aytishga jur’at qila olmaganlar. Akademik I.Karimov bu haqida: “G‘arb adiblari Avestoni eslashganini bilmayman... xalqimiz, mamlakatimiz haqida aytilayotgan mulohazalarning aksariyat qismi sohta, g‘ayri ilmiydir”, degan edilar. Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Jamiyat o‘z oldiga qo‘ygan maqsad, vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ehtiyoj sezadi. Barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy tizimning muayyan darajadagi bir tekis faoliyat ko‘rsatish imkoniyati. U jamiyatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy tizimning tanazzuli alomati – turg‘unlik tushunchasidan keskin farqlanadi. Jamiyatda barqarorlik beqarorlik bilan, inqiroz gullab-yashnash bilan almashib turishi mumkin. Jamiyatning ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy sohalarida muayyan yutuqlarga erishilgach, ijtimoiy imkoniyatlar ruyobga chiqarilgach, bundan keyingi taraqqiyoti yo‘lida yangi muammolar tug‘iladi va ularni hal etish vazifasi paydo bo‘ladi. Jamiyat a’zolarining ma’naviy salohiyati, milliy psixologiyasi, tabiiy ravishda mavjud siyosiy tuzum kishilarni boshqarishning o‘ziga xos usullarini hayotga tadbiq etadi. Insoniyat hayoti tarixida jamiyat barqarorligini ta’minlashning monarxiyaga asoslangan, aristokratik, totalitar va demokratik usullari tajribadan o‘tgan. Download 223.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling