5-mavzu: jamiyat falsafasi va inson borlig’I. Reja
Inson - ijtimoiy munosabatlar tizimida
Download 223.5 Kb.
|
5-Мavzu ma\'ruza matni
Inson - ijtimoiy munosabatlar tizimida. Insonning yaralishi, mohiyati va jamiyatda tutgan o‘rni falsafiy muammolar tizimida muhim o‘rin tutadi.
Suqrotning «O‘zligingni bil» degan hikmatli so‘zi har bir tarixiy davrda yangicha ma’no kasb etadi. Insonda butun olam va jamiyatning mohiyati mujassam. Abdulxoliq Fijduvoniy insonni «kichik olam» deb hisoblagan. Falsafada barcha masalalar inson muammosiga bevosita daxldordir. Tabiat, madaniyat, siyosat, sivilizatsiya, bilish kabi masalalar inson manfaatlari va insoniy mohiyatning namoyon bo‘lish shakllaridir. Falsafa insonni olamning tarkibiy qismi sifatida o‘rganadi. Inson shunday murakkab va ko‘p qirrali mavjudotki, uning mohiyati yaxlit bir butunlik sifatida inson, shaxs, individ, individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. Bu tushunchalar ma’nodosh bo‘lsa-da, bir-biridan farqlanadi. Inson – o‘zida biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli mavjudot. Uning biologik xususiyatlari: ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar. Uning sotsial xususiyatlari: til, muomala, ramziy belgilar, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’mol qilish, boshqarish, o‘z-o‘zini idora etish, badiiy ijod, axloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar, tabu (ruxsat va ta’qiqlash). Insonning psixik xususiyatlari: ruhiy kechinma, hayratlanish, g‘am-tashvish, qayg‘u, iztirob chekish, zavqlanish, kayfiyat... Falsafa tarixida inson to‘g‘risidagi ta’limotlarda biologizm, sotsiologizm, psixologizm kabi yo‘nalishlar vujudga kelgan. Biologizm insonning tabiiy-biologik, sotsiologizm insonning ijtimoiy, psixologizm ma’naviy, ruhiy, psixologik xususiyatlariga bir yoqlama yondashishga asoslangan. Inson mohiyatini falsafiy tahlil qilishda shaxs, individ, individuallik tushunchalarini bir-biridan farqlash muhim. Shaxs o‘zida sotsial sifatlarni mujassamlashtirgan inson. Kishilar shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, balki jamiyatda shaxs bo‘lib shakllanadi. Chunki insonga xos ijtimoiy sifatlar, fazilatlar avloddan-avlodga irsiy yo‘l bilan o‘tmaydi. Inson dunyoga kelgach, ta’lim-tarbiya, mehnat, muloqot jarayonida jamiyat, siyosiy tuzum, madaniyat, ishlab chiqarish, oila, ommaviy axborot vositalari, axloqiy me’yorlar, mafkura kabi ijtimoiy tuzilma va omillar ta’siri ostida yashaydi, shaxs bo‘lib shakllanadi. Insonda yangicha fazilat va sifatlar paydo bo‘ldi. U yaratuvchan mavjudot sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. O‘z-o‘zini nazorat qilish, yuksak mas’uliyatni his etish, g‘oya uchun kurashish, mustahkam e’tiqodga ega bo‘lish, o‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon etish va ijtimoiy-siyosiy faollik shaxsga xos belgilar. Milliy g‘oya va mafkurani amalga oshirish, ezgu ideallar yo‘lida hatto hayotini qurbon qilish shaxs hayotining bosh maqsadiga aylanadi. Shaxs mustahkam iymon-e’tiqod, g‘oya va insoniy fazilatlarga ega, Vatan, millat tuyg‘usi bilan yashaydigan, o‘zida davr xususiyatlarini ifoda etadigan insondir. Download 223.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling