5-mavzu: jamiyat falsafasi va inson borlig’I. Reja


Download 223.5 Kb.
bet1/11
Sana12.03.2023
Hajmi223.5 Kb.
#1264424
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-Мavzu ma\'ruza matni


5-MAVZU: JAMIYAT FALSAFASI VA INSON BORLIG’I.


Reja:

  1. Jamiyat tushunchasi.

  2. Jamiyatni diniy, naturalistik va falsafiy tushunish.

  3. Falsafa tarixida inson borlig‘iga munosabat.

  4. Inson hayotining mazmun-mohiyati.

  5. Ijtimoiy faoliyat va munosabatlarning turlari, shakllari.



Tayanch so‘z va iboralar: jamiyat, jamiyat haqidagi qarashlar, jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi falsafiy nazariyalar, formatsion yondashuv, sivilizatsion yondashuv, barqarorlik va beqarorlik, taraqqiyotning o‘zbek modeli, jamiyat moddiy va ma’naviy hayoti, moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy faoliyat, ijtimoiy munosabatlar, oila, davlat, fuqarolik jamiyati, kishilarning yuksak siyosiy va huquqiy madaniyati, shaxs erkinligi, inson borlig‘i, individuallik, borliq, ijtimoiy, individ, shaxs, antropologiya, kosmotsentrizm, Xudo, kosmik, aql, falsafiy antropogiya, tabiiy, g‘ayritabiiy, introvertiv, ekstrovertiv, antropotsentrizm, teotsentrizm, sotsiotsentrik, konsepsiya,koinot, tabiat
Jamiyat tushunchasi. Insoniyat azaldan jamoa bo‘lib yashaydi. Quyosh tizimidagi Yer sayyorasi uning makoni, umumiy Vatani. Shu ma’noda jamiyat odamzod umri, joyi bilan bog‘liq barcha o‘zgarish va jarayonlarni ifoda etadi. Ayrim odam jamiyat a’zosi, deb ataladi.
Jamiyattabiatning bir qismi, ijtimoiy borliq, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o‘rtasida amal qiladigan juda ko‘plab munosabatlar yig‘indisi. U muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizim.
«Jamiyat» tushunchasi arabcha so‘zdan olingan, o‘zbek tilida: «umumiylik», «birlik», «majmua», «jamlangan» degan lug‘aviy ma’nolarga ega.
Bu tushuncha tor ma’noda ma’lum kishilarning biror maqsad yoki faoliyat asosida uyushgan birligi yoki insoniyat hayoti va taraqqiyotining muayyan aniq bosqichini ifodalaydi. Masalan: «O‘zbekiston xotin-qizlar jamiyati», «feodalizm jamiyati»...
Keng ma’noda (falsafiy jihatdan): insonlarning ijtimoiy faoliyat jarayonida o‘zaro ijtimoiy munosabatlar orqali uyushgan ijtimoiy birligi, uning o‘ziga xos uyushish usuli va mavjudlik shakli. Ilmiy va falsafiy adabiyotlarda «kishilik jamiyati» yoki «jamiyat» shaklida qo‘llaniladi.

Download 223.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling