5-mavzu: jamiyat falsafasi va inson borlig’I. Reja


Inson tarixning yaratuvchisi


Download 223.5 Kb.
bet10/11
Sana12.03.2023
Hajmi223.5 Kb.
#1264424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-Мavzu ma\'ruza matni

Inson tarixning yaratuvchisi tabiat taraqqiyotidagi uzluksizlikni ta’minlaydi. U bilimi, tajribasi va yutuqlarini kelgusi avlodlarga meros qilib qoldiradi; tabiat va jamiyatni qayta quradi.
Antropologiya insondagi insoniylikning namoyon bo‘lishi va rivojlanishini ruh bilan bog‘laydi. I.Kant insondagi axloqiy jihatlarga ko‘proq e’tibor bergan, uni ezgulikni yovuzlikdan farqlovchi mavjudot sifatida ta’riflagan. Vladimir Solovev fikricha, inson o‘zining tuban mayl va gunohlaridan uyalish qobiliyatiga ega. Faqat odamlar, umuman tirik jonga achinish va muqaddas kuchlarga sig‘inish insongagina xos.
Inson tabiati – g‘oyat murakkab, unda hayvoniy va ilohiy sifatlar mujassam. Insonni o‘rganadigan fan – Antropologiya inson mohiyati, uning tabiat va jamiyatdagi o‘rni, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Antropologiyada «men», «ong», «shaxs», «ruh» tushunchalari qo‘llanadi. «Men» – insonningong tufayli o‘zligini tashqi olamdan, real borliqdan farqlashi. Boshqa narsalar insonga begona voqelik bo‘lib tuyuladi. Shaxs esa insonning mustaqilligidir.
Inson o‘z hayoti davomida tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Tana ehtiyojlarini qondirish inson borlig‘ining birlamchi sharti hisoblanadi. Biroq hayotning ma’nosi faqat moddiy ne’matlardan bahramand bo‘lish, tanparastlik, lazzatlanish, boylikka ruju qo‘yishdan iborat emas. Inson ruhiga ham oziq kerak. Yuksak ma’naviyat insonni ruhan poklaydi, iymon-e’tiqodini mustahkamlaydi.
Ayrim kishilar millat, Vatan, xalq manfaatlariga zid ravishda jamiyatdagi mavjud qonun-qoida va me’yorlarni poymol etib, turli ixtiloflarni keltirib chiqarishga harakat qiladi. O‘z niyatlari yo‘lida hatto jinoiy guruhlarga birlashadilar, milliy totuvlik, tinchlik va barqarorlikka raxna soladi, ma’naviy-axloqiy muhitni buzadi, kishilarning ijtimoiy adolatga bo‘lgan ishonchini susaytiradi, barkamol insonni voyaga yetkazishga qarshilik ko‘rsatadi. Ular turli ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi firibgarlar, hokimiyatga intiluvchi ekstremistlar, korrupsiya va jinoyatchilik olami vakillari, giyohvand, poraxo‘r, terrorchi va shuhratparastlar kabilardir.
Demokratik jamiyat inson huquqlarini ta’minlashni maqsadi yo‘lida bunday kishilarni tarbiyalash, ularni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish, kishilar ongida milliy manfaat va ijtimoiy qadriyatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor beradi.

Download 223.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling