5-mavzu: jamiyat falsafasi va inson borlig’I. Reja
Ijtimoiy faoliyat va munosabatlarning turlari, shakllari
Download 223.5 Kb.
|
5-Мavzu ma\'ruza matni
Ijtimoiy faoliyat va munosabatlarning turlari, shakllari. Jamiyat insonlarning o‘zaro ijtimoiy aloqa, bog‘lanish, munosabatlari natijasida yuz beradigan ijtimoiy faoliyatlar majmuidir. Ijtimoiy faoliyat jamiyat moddiy va ma’naviy hayoti barcha jihatlarining qaror topishi, mavjudligi va rivojlanishining asosidir.
Ijtimoiy faoliyatlar tarkibini iktisodiy, siyosiy, huquqiy, ahloqiy, diniy, ilmiy, badiiy va hokazo faoliyatlar tashkil qiladi. Ijtimoiy faoliyatlar jamiyat a’zolarining shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, ular manfaatlariga xizmat qilish maqsadida amalga oshiriladi. Ehtiyojlar va manfaatlar ijtimoiy faoliyatlarni harakatga keltiruvchi kuch. Ularda jamiyat a’zolarining qiziqish, maqsad, rag‘bat, hohish va irodalari mujassam. Bu ehtiyojlar va manfaatlar doim jamiyat a’zolarining niyatlarida aks etib, anglab olingach, ijtimoiy faoliyatlarning qonuniyatlari sifatida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy ehtiyojlar va manfaatlar qondirilib borilmasa, jamiyatda nosog‘lom, ziddiyatli vaziyatlar vujudga kelishi mumkin. Ularsiz jamiyat ishlab chiqarishi yo‘q. Ijtimoiy munosabatlar kishilarning ijtimoiy faoliyatlari jarayonida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlardir. Ular jamiyatdagi turli ijtimoiy jamoa, guruh, sinf, qatlam, jamiyat ijtimoiy strukturasiga kiruvchi turli element, xususan, oila, oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlardan tarkib topadi. Moddiy ijtimoiy munosabatlar – umuman iqtisodiy munosabatlar; ma’naviy-g‘oyaviy ijtimoiy munosabatlar – ciyosiy, huquqiy, ahloqiy, diniy, estetik, badiiy, ilmiy, mafkuraviy munosabatlarni qamraydi. Ijtimoiy munosabatlar o‘z tabiatiga ko‘ra bir qancha turlar bo‘linadi: hukmronlik, tobelik, o‘zaro tenglik, hamkorlik, hamjihatlik, o‘zaro yordam va boshqalar. Jamiyat rivojlanishining har bir bosqichida eski jamiyat ijtimoiy munosabatlarining qoldiqlari va bo‘lg‘usi yangi jamiyat ijtimoiy munosabatlarining kurtaklari bo‘ladi. O‘tish davrida faqat shu jamiyatga xos «sof» ijtimoiy munosabatlar bo‘lmaydi. Eskirganlari asta-sekin yo‘qolib yangilari vujudga kelib, o‘zgarib, rivojlanib boraveradi. Jamiyatda jamiyat a’zolari tomonidan o‘zaro birgalikda amalga oshiradigan ijtimoiy faoliyatlari ijtimoiy munosabatlar shakllarida sodir bo‘ladi. Ijtimoiy munosabatlar – jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ahloqiy, diniy, ilmiy, estetik, ma’naviy-ma’rifiy va mafkuraviy faoliyatlari jarayonida ijtimoiy guruhlar, etnik va ijtimoiy qatlamlar, sinf, millat, xalq, davlat, mamlakatlar o‘rtasida yuz beradigan va vujudga keladigan turli-tuman, xilma-xil aloqa va munosabatlar. Ijtimoiy munosabatlar orqali barcha ijtimoiy-siyosiy kuchlar o‘zlarining har qanday faoliyatlarini amalga oshiradi. Jamiyatning o‘zgarishi va rivojlanishi bilan ba’zi ijtimoiy munosabatlar eskirishi, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmay, to‘sqin bo‘la boshlashi mumkin. Eskirgan ijtimoiy munosabatlar yangi ijtimoiy munosabatlar tomonidan o‘z-o‘zidan siqib chiqariladi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi bilan o‘ziga xos va o‘ziga mos taraqqiyot yo‘lini belgilab olib, kelgusida buyuk huquqiy davlat, erkin demokratik fuqarolik jamiyatini qurishni maqsad qilib belgiladi. Bu maqsadga erishish yo‘lida ilg‘or davlatlar tajribalarida sinalgan va xalqimiz tabiatiga mos bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish zaruriyati turardi. Download 223.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling