5-mavzu: jamiyat falsafasi va inson borlig’I. Reja


Download 223.5 Kb.
bet8/11
Sana12.03.2023
Hajmi223.5 Kb.
#1264424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-Мavzu ma\'ruza matni

Jamiyat va oila. Oilada jamiyatning tub mohiyati o‘z aksini topgan. Uni kichik jamiyat deyish mumkin. Jamiyat a’zosi oila bag‘rida voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlarni o‘zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol insonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir. Shu bois, davlat oilani o‘z himoyasiga oladi.
Jamiyat ma’naviy-axloqiy muhiti sog‘lomligi asosan oilaviy madaniyatga bog‘liq. Oilada er va xotin mavqei, oilaviy munosabatlar xarakteri turli xalqlarda turlichadir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar oila qadriyatlaribilan bog‘liq. Ona va ayol muqaddasligi o‘zbekona qadriyatlardan biri. Ona va ayolning muqaddasligi to‘g‘risidagi g‘oyalar oilaviy munosabatlarni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Buyuk mutafakkirlar jamiyatning madaniy darajasi ayolning jamiyat va oiladagi ahvoli, mavqei bilan belgilanishini alohida ta’kidlaganlar. Sog‘lom, barkamol avlod tarbiyasi ayolning ma’naviy salohiyati, bilimi, uddaburonligi va erkinligiga bog‘liq. So‘ngi vaqtda amalga oshirilayotgan qator tadbirlar ayolning oila va jamiyatdagi mavqei va rolini kuchaytirishga qaratilgan.
Oila muammolarini ilmiy asosda o‘rganib, ularni oqilona hal etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazining tashkil etilganligi davlatimizning oilaviy munosabatlarini takomillashtirishga alohida e’tibor berayotganidan dalolat beradi.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, yangi alifboga o‘tish ijtimoiy rivojlanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Davlatjamiyatni boshqarish, tartibga solish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan alohida bir muassasa. Davlat umuminsoniy qadriyat, insoniyat ma’naviy taraqqiyotining muhim yutug‘idir.
Jamiyat ma’naviy salohiyatining yuksalib borishi bilan siyosiy boshqarish shakl va usullari ham takomillashib boradi. O‘zgargan tarixiy sharoitda davlatning mohiyati, mazmuni va vazifalariga yangicha yondashish zarurati vujudga keladi. Mustaqillik yillarida milliy davlatchilik an’analarining tiklanishi bilan davlatning tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va ahamiyat kasb etdi.

Download 223.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling