5-mavzu: jamiyat falsafasi va inson borlig’I. Reja
Download 223.5 Kb.
|
5-Мavzu ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamiyatning moddiy hayoti
- Jamiyatning ma’naviy hayoti
Beqarorlik ichki va tashqi jarayon, tahdidlar natijasida vujudga keladi. Beqarorlik bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqa bir ijtimoiy-siyosiy tuzumga o‘tish davrida keskinlashishi mumkin. Jamiyat barqarorligining izdan chiqishi kishilar psixologiyasidagi salbiy o‘zgarishlar, qonunlarning ishlamasligi, ijtimoiy burchning ado etilmasligi, ijtimoiy ideallarning yo‘qolishi, g‘oya va mafkuraga loqaydlikning kuchayishi, turli jinoiy guruhlarning paydo bo‘lishi, ijtimoiy adolat mezonlarining buzilishi, davlat idoralarining aholini boshqarish qobiliyati kuchsizlanishi, turli ziddiyatlarning keskinlashuvida ko‘rinadi.
Jamiyat bir-biri bilan uzviy bog‘liq moddiy va ma’naviy hayot birligidan tashkil topadi. Jamiyatning moddiy hayoti jamiyatdagi kishilar, ularning yashashlari, shaxs sifatida kamol topishlari va inson sifatida faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy, yoqilg‘i, kommunikatsiya vositalari, moddiy ne’matlar, moddiy shart-sharoitlar majmui. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish jamiyat moddiy hayotining muhim va hal qiluvchi sharti. Moddiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan xilma-xil shakldagi iqtisodiy munosabatlar ham jamiyatning moddiy hayotiga kiradi. Jamiyatning moddiy hayoti falsafada «ijtimoiy olam», deb ataladi. Ijtimoiy olamda amal qiladigan qonunlar ham ob’ektiv xarakterga ega, kishilar ongi va irodasidan tashqarida mavjud. Jamiyatning ma’naviy hayoti jamiyatni tashkil etuvchi kishilar ongi, tafakkuri, dunyoqarash, xotira, aql va farosat, ma’naviy, ruhiy dunyolaridan tortib, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, san’at va adabiyot, ahloq, din, siyosat va huquq, ilmiy va diniy tashkilotlar, ilmiy muassasa, maktab, litsey, kollej, oliy o‘quv yurtlari, akademiya, muzey, teatr, ommaviy axborot vositalari, nashriyot va redaksiyalarda xizmat qiladigan xodimlarning aqliy-ijodiy intellektual boyliklarining jami. Jamiyatning ma’naviy hayoti jamiyat moddiy hayotining in’ikosi, o‘ziga xos qonuniyat, xususiyat, mohiyatga ega nisbiy mustaqil hodisadir. Keng ma’noda: ma’naviyat va ma’rifatni tashkil qiladi. Jamiyatning ma’naviy hayoti ma’naviy ishlab chiqarishning mahsuli. U orqali ilm-fan, diniy, ahloqiy, siyosiy, huquqiy, badiiy – estetik qadriyatlar, ma’naviy ne’matlar yaratiladi. Falsafiy adabiyotlarda jamiyatning ma’naviy hayotini «ijtimoiy ong» tushunchasi bilan atashadi. Ijtimoiy falsafada ijtimoiy ong va ijtimoiy olam munosabati bahsli masala hisoblanadi. Yaqingacha ularning dialektik munosabati e’tiborga olinmay, birlamchi, ikkilamchi degan qarash falsafada hukmron edi. Aslida, real ijtimoiy hayotda moddiy va ma’naviy hayot har biri o‘z o‘rnida belgilovchi va asosiy rol o‘ynaydi. Download 223.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling