5-mavzu: jamiyat falsafasi va inson borlig’I. Reja
Inson hayotining mazmun-mohiyati
Download 223.5 Kb.
|
5-Мavzu ma\'ruza matni
Inson hayotining mazmun-mohiyati. Inson paydo bo‘libdiki, u dunyoni, unda o‘zining o‘rnini, inson hayotining ma’nosi, inson umri, o‘limi va manguligi nima ekanligini bilishga qiziqadi Insonga hayot bir marta beriladi, hech kim bu dunyoda abadiy yashashi mumkin emas, o‘lim muqarrar. Inson shunday hayot kechirishi kerakki, umrining so‘ngida o‘limi oldidan umri besamar o‘tmagani, o‘zi, oilasi, farzandlari, eli, xalqi, millati va Vatani uchun ezgu ishlar bilan, ma’noli kechganligidan hissiy qoniqish hosil qilib, bu dunyodan rozi bo‘lgan holda ko‘z yumishi lozim. Imom G‘azzoliy ta’biri bilan aytganda “Bu dunyo oxirat ekinzoridir”.
Inson, aslida, dunyoga baxt uchun, hayotning moddiy va ma’naviy ne’matlaridan to‘liq barhamand yashash uchun keladi. Shuning uchun inson doim kelajakka katta umid bilan boqadi. Yaxshi orzu-havaslar, qutlug‘ niyatlar qiladi. Xalq, millatning hamjihatlikda kelajak orzu-umidalri bilan yashashi va mehnat qilishi yurt ozod va obodligi sari yetaklaydi. Falsafa inson hayotining mazmun-ma’nosi deganda, har bir kishining o‘z kamolot sari hamisha tinmay harakatda intilib, ezgu amallarining beiz ketmasligiga ishonch bilan yashashi, jamiyatda o‘z o‘rnini to‘g‘ri topib, izzat-ikromga ega bo‘lishi, o‘z mehnatiga yarasha qadr-qimmat topib, umrining samarasiz o‘tmaganligini tushunadi. Shuning uchun har bir kishining hayot yo‘lini to‘g‘ri aniqlab, o‘z o‘rnini to‘g‘ri topishi muhimligi haqida I.A.Karimov aytgan quyidagi fikr ayni haqiqatdir: «Har qanday odam ham o‘smirlik chog‘ida, endigina voyaga yetib kelayotgan davrida jamiyatdan o‘zining munosib o‘rnini topishi kerak. Aks holda, bu narsa noxush oqibatlarga, ba’zan esa og‘ir fojialarga, hatto ijtimoiy larzalarga ham sabab bo‘ladi. Yosh yigit-qizlarimizning ishda, turmushda, oila va jamoa orasida o‘z o‘rnini topolmaslik holatlari ularning jamiyatda o‘z qadrlarini yo‘qotishiga olib keladi. O‘z qadriga, o‘z sha’niga ega bo‘lmagan inson hayotda ko‘p-ko‘p to‘siqlarga duchor bo‘ladi, beqaror va salbiy ta’sirlrga tez beriladi, uning shaxs sifatidagi yemirilishi ham tez kechadi». Bil’aks: «Dunyoga umid bilan qadam qo‘yib kelayotgan navqiron inson hayotdan munosib o‘rnini topsa, turmushidan, taqdiridan, Vatanidan rozi bo‘lib yashaydi, umr bo‘yi bunyodkorlik faoliyati bilan mashg‘ul bo‘ladi»... Lekin buning uchun u bolaligidan qunt va sabot bilan ilm-ma’rifat o‘rganishi, yuksak ma’naviyatli komil inson bo‘lib yetishishi zarur. Chunki, «Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo‘lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko‘radi. O‘z fikr o‘yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bo‘ladi». Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli bunyodkorlik ishlari birinchi galda inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan. Jumladan, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” doirasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar insonni tushunish, insondek yashash jarayonining mohiyatini chuqurroq anglash imkonini bermoqda. Istiqlol bergan imkoniyatlardan unumli foydalanish vatandoshlarimizning eng oliy burchlaridir. Mustaqillikni qo‘ldan boy bermay, asrash esa ayni vaqtda inson imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun shart-sharoit yaratadi. Ushbu dialektika mustaqil yurtimiz taraqqiyoti dialektikasining muhim jabhasini tashkil etadi. Download 223.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling