5-Mavzu. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida qo’llaniladigan ko’rgazmali metodlari. Ko’rgazmalilik uslublari
Musobaqa metodining xarakterli belgilari
Download 473.66 Kb. Pdf ko'rish
|
5-amaliy
Musobaqa metodining xarakterli belgilari: 1. U yoki bu harakat faoliyatida
faoliyatni vazifaga buysundirish oldindan belgilangan, urnatilgan koidalar bilan muvofiq bo’ladi. Bunday vazifalar o’quvchilar ijodiy aktivligini stimullovchi faktorlar bo’lib, ularning tayyorgarligini baholashning va takkoslashning ulchovidir. 2. Birinchilik, yuqori sport natijasi uchun jismoniy va psihologik kuvvatni maksimal namoyon qilish. Musobaqalashish metodi natijasida organizmning funktsional imkoniyatlarini to’la ochish uchun sharoit yaratiladi. 3. O’quvchilarning o’zlari uchun belgilangan yuklamalarini boshqarish imkoniyatlarining chegralanganligi. O’z nabatida, bu metod o’quvchilardan harakat faoliyatini bajarish davomida vujudga kelgan vazifalarni bajarishda, hal qilishda o’ziga xos mustaqillik talab qiladi. 6 6 Холодов Ж.К., Кузнецов В.С. Теория и методика физического воспитания и спорта: Учеб. пособие для студ. высш. учеб. заведений. М.: Издательский центр «Академия», 2000. 480 с. Shuningdek, Musobaqa metodi nisbatan harakat faoliyatini takomillashtirishda samaralirokdir, Lekin ular bir lamchi o’zlashtirishda ku tilgan samarani bermasligi mumkin. Musobaqa metodi harakat sifatlarini deyarli yuqori darajada rivojlanganligini talab qiladi, aynik sa ularni kompleksli namoyon qilishda bu metodga extiyoj uta yuqori dir. Musobaqa metodi pedagogik nuqtai nazaridan o’quvchilar galabasi va maglubiyatiga turgun psihologik tayyorgarlikni tarbiyalashga yo’nalti rilishi lozim, shundagina ta’lim jarayonida u o’zini oklaydi, boshqa to mondan esa turli sharoitda har tomonlama jisman tayyorgarligini to’la namoyish qilish imkonini beradi hamda jismoniy tayyorgarligi daraja sini oshirish vositasi bo’lib xizmat qilishi ham mumkin. Bu metodda shug’ullanuvchilarning faoliyati qat’iy tarkiblashtirilgan holda tashkil etilib, quyidagilardan iborat bo’ladi: -Jismoniy yuklanishni kat’iy normallashtirish mashq jarayonida uning dinamikasini to’la boshqarish, shuningdek dam olish oraliq vaqtini qat’iy tartibga solish va ularning belgilangan tartibda jismoniy yuklanish bilan almashtirish. -Qat’iy belgilangan harakat dasturi (harakat tarkibi, ularning o’zgarishini, takrorlanish va bir-biri bilan o’zaro bog’lanishligi). Shug’ullanuvchilarning faoliyatini boshqarishni engillashtiruvchi tashqi sharoitlarni, yaratish yoki ulardan foydalanish, mashg’ulot joylarida gruppalarni to’zish va taqsimlash, o’quv vazifalarini bajarishga, yuklanishni miqdorlash, ularni ta’sirini nazorat qilishga imkon beruvchi yordamchi sport anjomlari va boshqa texnik qurilmalardan foydalanish. Harakatlarga o’rgatish jarayonida qo’llaniladigan mashq metodlari 2 xil bo’lib ular quyidagilardan iboratdir: 1) bo’lingan - konstruktiv mashq G’mashqlarni qismlarga bo’lib o’rgatish va keyinchalik butunlay bajarishga erishishG’: 2) butunlay mashq metodi G’vaqtingcha ayrim detallarning chiqarib tashlab bajarish. Bo’lingan konstruktiv mashq metodiga masalan suvda suzishni o’rgatish, akrobatik mashqlarni qismlarga bo’lib o’rgatish kiradi. Hammamizga ma’lumki, mashqlar musobaqa sharoitida butunligicha bajariladi. Butunlay mashq metodi shug’ullanuvchilarga o’rgatish lozim bo’lgan mashqlar butunligicha o’rgatilib, Lekin ayrim detallari vaqtincha chiqarib tashlanadi - soddalashtiriladi. Ikkala metodlarning ijobiy va salbiy xususiyatlari mavjud bo’lib ular quyidagilardan iborat: bo’lingan konstruktiv mashq metodining ijobiy xususiyati - o’zgarilishi lozim bo’lgan mashqlar oz vaqt ichida shug’ullanuvchilarga o’rgatish mumkin. Salbiy xususiyatlari - qismlab o’rgatilgan mashqlarni butunlaycha bajarishga erishish uchun qo’shimcha vaqt sarf qilinadi yoki bo’lmasa ayrim akrabatik mashqlarni butunlaycha bajarilishiga erishishda qismlar orasida pauza bo’lishi mumkin. Butunlay mashq metodining ijobiy xususiyati qushimcha vaqt sarf qilinmaydi. Salbiy xususiyati o’rgatishi lozim bo’lgan mashqlar oldingi metodga nisbatan ko’p vaqt talab qiladi. Qismlarga bo’lingan mashq metodidan harakat uncha buzulmay nisbatan mustaqil elementlarga bo’linishi mumkin bo’lgandagina foydalaniladi. Masalan: Erkin usulda suzish texnikasini o’rganishda bo’lib tashlash va keyin elementlarini yaxlit qilib birlashtirish quyidagicha sodir bo’lishi mumkin. 1.Suv ustida sirpanish; 2.Xavz qirg’oqlarda oyoq harakatlarini o’rganish; 3.Sirpanish bilan oyoq harakatlarini qo’shib bajarish; 4.Sayoz joyda tik to’rib qo’l harakatlarini o’rganish; 5.Shuning o’zini nafas olish bilan qo’shib bajarish; 6. Barcha elementlarni birgalikda bajarish. Yaxlit mashqni bo’lib bajarish butun harakatlar mohiyatini o’zgartirishga va ularning tuzilishini keskin foydalanilmoqda. Yaxlit mashq tuzilishi, oldin odatda ayrim detallarni chiqarib tashlash hisobiga soddalashadi, bu detallar keyin o’rganilayotgan mashqning asosiy mexanizmi bilan asta sekin birlashadi va uni yaxlit bajarish ko’rinishida takomillashadi. Masalan, yugurib kelib «qaychi» usulida uzunlikka sakrash texnikasi quyidagi tartibda o’rganiladi: 1. Qisqa masofadan qadamlab sakrash. 2. Shuning o’zi, Lekin eng baland nuqtaga chiqqan oyoqni qaychisimon harakat qilib sakrash 3. Sakrashga yordamlashadigan taxta yoki tramplindan foydalanib, ko’tarilish fazasida diqqatni qo’l va oyoqlar bilan birgalikda harakat qilishiga qaratilgan holda sakrash. 4. O’rtacha tezlikda yugurib kelib, to’la usulda sakrash; 5. Erga tushishga tayyorlanish harakatlariga e’tibor bergan holda sakrash G’oyoq oshirib tashlash, qo’llarni orqaga qilish qaychisimon usulida sakrash. 7 Harakatga o’rgatishda asosiy metodlar bilan birga bir qator yordamchi metodik usullardan foydalaniladi. Qoida bo’yicha agar murakkab harakat butunligicha o’rganayotgan bo’lsa "yaqinlashtirish” deb atalgan mashqlar keng qo’llanilib ular asosiy harakatni o’zlashtirishga, ularni butunlay immitatsiya yoki soddalashtirilgan shaklda 7 Холодов Ж.К., Кузнецов В.С. Теория и методика физического воспитания и спорта: Учеб. пособие для студ. высш. учеб. заведений. М.: Издательский центр «Академия», 2000. 480 с. o’rganish yo’lidan foydalaniladi. Harakat faoliyatlarini takomillashtirish bosqichlarida, ularning sifatlarini o’ziga xos shakllarini bir paytda yaxshilash muhim ahamiyatga ega. Bunda asosiy rolni jismoniy sifatlarni harakat tarkibini o’zgartirmasdan rivojlantiruvchi qo’shmcha jismoniy yuklanishlar sharoitida butunlay bajariluvchi harakatlar bilan xarakterlanuvchi metodlarning ahamiyati katta. Download 473.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling