Savollar:
Quyidagi sistemada ishtirok etayotgan uglerod disulfidi (CS2) standart hosil bo‘lish issiqligini toping: CS2(s) + 3O2 = CO2 (g) + 2SO2 (g); ΔHºp = -1075 kJ/mol.
Quyidagi sistemada ammoniy xlorid uchun ΔHº298 qiymatini aniqlang:
NH3 (g) + HCl (g) = NH4Cl (q); ΔHº298 = -176,93 kJ/mol.
Natriy metalining 5 g miqdori suv bilan ta’sirlashganda 40,25 kJ issiqlik ajraladi, 10 g natriy oksid suv bilan ta’sirlashganda esa 36,46 kJ issiqlik ajraladi. Na2O uchun ΔHº298 qiymatini aniqlang.
16 g CaC2 suvda eritilganda 31,3 kJ issiqlik ajraladi,. Ca(OH)2 ning standart hosil bo‘lish issiqligini aniqlang.
Agar 2Fe + Al2O3 = Fe2O3 + 2Al reaksiyada har 80 g Fe2O3 ga 426,5 kJ issiqlik yutilishi to‘g‘ri kelsa, Fe2O3 uchun ΔHº298 qiymatini aniqlang.
Quyidagi reaksiya uchun issiqlik effekti -234,5 kJ ga teng: SO2 (g) + 2H2S (g) = 3S (romb) + 2H2O (s). H2S ning standart hosil bo‘lish issiqligini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |