5-mavzu: Kimyoviy jarayonlar nazariyasi. Reja


Download 111.11 Kb.
bet3/6
Sana09.06.2023
Hajmi111.11 Kb.
#1466683
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-Maruza. Kimyoviy jarayonlar nazariyasi

aA +vV=sS+dD
reaksiyaning issiqlik effekti quyidagicha yoziladi:
Hr = (sHs + dHd) - (aHA + vNv)
bunda:
(sHs + dHd) - reaksiya mahsulotlarining hosil bo‘lish issiqliklari yig‘indisi;
(aHA + vHv) - reaksiya uchun olingan moddalarning hosil bo‘lish issiqliklari yig‘indisi;
a, v, s, va d - moddalarning oldidagi stexiometrik koeffitsientlar.
Shuni ham aytish kerakki, Gess qonuni "reaksiya issiqliklari yig‘indisining doimiy qonuni" deb ham yuritiladi:
Hr=ΣHmah.- ΣHdast.modda
Shunga ko‘ra, Gess qonuniga yana quyidagicha ta’rif ham beriladi: Ketma-ket boradigan bir qator reaksiyalar issiqlik effektlarining yig‘indisi dastlabki modda va mahsulotlarga ega bo‘lgan boshqa reaksiyalar qatorining issiqlik effektlari yig‘indisiga teng. Buni yana bir misolda ko‘raylik. Metanning yonish reaksiyasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O(s) - N kJ.
Masala. Normal sharoitda 100 l metan yondirilganda qancha issiqlik ajralib chiqadi?
Ye ch i sh. Gess qonuniga asosan reaksiyaning issiqlik effekti H = (HCo2 + 2HH2o) - (HCH4 + 2Ho2) ga teng bo‘ladi. Jadvaldan CH4, CO2 va H2O(s) larning hosil bo‘lish issiqliklarining qiymatlarini topamiz:
HCH4 = -74,85 kJ/mol, HCo2 = -393,51 kJ/mol
HH2o(s) = -285,84 kJ/mol.
Standart sharoitda oddiy moddalarning (elementlarning) hosil bo‘lish issiqliklarining qiymati nolga teng deb qabul qilingan. Shunga kura, Ho2 = 0 bo‘ladi. Jadvalda topilgan qiymatlarni tenglamaga qo‘yib, reaksiyaning issiqlik effektini hisblaymiz:
Hr = [-393,6 + 2·(-285,91)] - (-74,87) = -890,57 kJ.
Reaksiya tenglamasiga asosan proporsiya tuzib, 100 l metan yonganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdorini hisoblab topamiz:
22,4l CH4 yonganda 890,57 kJ issiqlik chiqsa, 100 l CH4 yonganda x kJ issiqlik chiqadi, bundan:

Reaksiya vaqtida issiqlik chiqishidan (yoki yutilishidan) tashqari sistema kengayishi uchun ish bajarilishi ham mumkin; masalan, sulfat kislotaga rux ta’sir ettirish reaksiyasida buni yaqqol ko‘rish mumkin:
Zn + H2SO4 = ZnSO4 + H2 +143 kJ
1-holat 2-holat
U1 U2
Ba’zan reaksiyada issiqlikdan tashqari elektr energiyasi ham hosil bo‘ladi. Agar biz faqat reaksiya issiqligini bilmoqchi bo‘lsak, reaksiya vaqtida energiyaning umumiy o‘zgarishidan bajarilgan ish miqdorini (yoki hosil bo‘lgan elektr energiyani) chiqarib tashlashimiz kerak. Reaksiya vaqtida ajralib chiqadigan yoki yutiladigan umumiy energiya miqdoridan kengayish uchun bajarilgan ish miqdorini ayirib tashlagandan keyin qoladigan maksimal issiqlik reaksiyaning issiqlik effekti deb ataladi. Sistema ichki energiyasining o‘zgarishi sistemaga berilgan issiqlik va sistema bajargan ish A qiymatlariga bog‘lik. bo‘ladi:
U = Q - A
Endi termodinamikaning birinchi qonunini turli kimyoviy jarayonlarga tatbiq qilamiz.
Gess qonuni va undan kelib chiqadigan natijalardan foydalanib turli termokimyoviy xisoblar yuritish mumkin; termokimyoviy tenglamalar reaksiyalarning issiqlik effektlarini topishga imkon beribgina qolmay, balki ular asosida turli jarayonlar, jumladan: erish, kristallanish, neytrallanish, gidratlanish, yonish, parchalanish va hokazo kabi amalda ko‘p uchraydigan kimyoviy va fizik hodisalarning issiqlik effektlarini keltirib chiqarish mumkin. Quyida shu jarayonlar va ularning issiqlik effektlarini topish usullari bilan tanishib chiqamiz.

Download 111.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling