5-Mavzu. Kompressor sexlarining jamlanmasi
-rasm.Tо‘liq naporli haydagichli KSning texnologik sxemasi
Download 1 Mb.
|
Ma\'ruza 5.
5.7-rasm.Tо‘liq naporli haydagichli KSning texnologik sxemasi
Yordamchi texnologik inshootlar va jihozlar-yonilg‘ini tayyorlash qurilmasi, ishga qо‘shish va impuls gazlarini qurilmasi, kondensatni yig‘ish sig‘imi texnologik tayinlanishiga muvofiq alohida maydonda joylashtiriladi, texnologik kommunikatsiyalarning uzunligini qisqartirish hamda portlash va yong‘in xavfsizligining talablariga mos keltiriladi. Gaz magistral kanalidan D 1400 mm.li chang tutqich orqali о‘ng tomondagi (VOK) kran bо‘ylab о‘tadi va KSsiga qо‘shilish tuguni orqali magistral chang tutqichga kirib keladi. Quriqlash krani VOK qо‘shilish tugunida, kompressor stansiyasini bog‘lanmasida, GQHAni sexi yoki bog‘lanmasida qandaydir avariya holatlari sodir bо‘lganda stansiyadan magistral chang tutqichni avtomatik ajratishga mо‘ljallanadi. KSsining ishini ishonchliligini oshirish va sо‘rishda va KSsiga haydashda ishqalanishga gazning bosimini yо‘qotilishini kamaytirish uchun ikki shlefli qо‘shish tizimi qabul qilinadi. Qо‘shish tugunidan gaz ikkita kirish Dy 1000 mm.li shlefi bilan № 7 va 7a ochiq kranlar orqali changni tutqich qurilmasiga yо‘naltiriladi. Chang tutqichni qо‘shish-kollektor orqali amalga oshiriladi. Chang tutqich orqali tozalangan gaz ikkita Dy 1000 mm.li quvur uzatma bо‘ylab kompressor agregatlarining sо‘rishiga kirib boradi. Siqib bosimi oshirilgan gaz kompressor sexidan ikkita Dy 1000 mm.li quvur uzatmasi orqali havoli sovitish apparatiga sovitishga yо‘naltiriladi va keyin esa ikkita Dy 1000 mm.li shlef bо‘ylab, № 8 va 8a ochiq kranlar orqali magistral chang tutqichga beriladi . KSsidan keyin magistral chang tutqichga g‘arbiy quriqlash krani (HQK-ZOK) о‘rnatilgan, uning vazifasi ham kompressor stansiyasining oldidagi sharqiy quriqlash kranini (SHQK-VOK) vazifasi kabidir. Sо‘rish (kirish) va haydash (chiqish) shleflari oralig‘ida Dy 700 mm.li tо‘siq bо‘lib, har birining chiqish shlefidan keyin HSA gazni KS kirishiga № 36 va 36a kranlarning qurilmasi bilan Dy 150 mm.li baypasni № 36r va Z bar kranlari bilan, haydagichning pompaj zonasida GQHAni ishlarini oldini olish uchun zarurdir, umumiy ikkala tо‘siq uchun № 37 Dy 700 mm.li kran о‘rnatiladi. Ular kompressor stansiyasi uchun ishga qо‘shish konturini shakllantiradi, halqada yuklanma va yuksizlanishdan oldin agregatlarning ishi uchun mо‘ljallanadi. Kirish kranlari № 7 va 7a da baypas kranlari mavjud, kompressor stansiyasining texnologik bog‘lanmasini hamma tizimlarini gaz bilan tо‘lishi uchun mо‘ljallangan. Magistral gaz uzatmasida va kompressor stansiyasining texnologik kommunikatsiyalarida bosim tenglashgandan keyin № 76 kran yordamida № 7 kranni ochish olib boriladi. Bu gazodinamik zarbadan qochish uchun qilinadi qaysiki, №7 kran ochilgandan kompressor stansiyasini texnologik kommunikatsiyalarini gaz bilan oldindan tо‘ldirilmaganligi uchun zarba paydo bо‘lishi mumkin. № 8, 8a kranlarni oldidagi teskari klapanlar agregatlarni ishga qо‘shish konturiga о‘tkazishda gazni haydash tomonidan sо‘rish tomoniga о‘tkazishda teskari oqimlarni oldini oladi. Gazning bunday oqimi agarda № 8 kranni ochishda markazdan qochma haydagichni va kuch turbinasining rotorini teskari tomonga burilishiga olib kelishi mumkin, natijada KSda jiddiy avariyalarni keltirib chiqaradi. Svechali № 17, 17a, 18 va 18a kranlar stansiyaning texnologik kommunikatsiyalarida ishlab chiqarishda profilaktik ishlarni ishlab chiqarishda va KSda avariya holatlari paydo bо‘lganda atmosferaga chiqariladigan gazlarni zaxarsizlantirish (stravlivaniya) uchun mо‘ljallanadi. №7, 8, 17, 18, 18a kranlar distansiyali boshqariladi va stansiyani avariya paytida tо‘xtatishda avtomatik boshqarish kaliti mavjud. Gazni sovitgichlar shleflarni chiqishiga qо‘shiladi va shleflardagi ajratuvchi kranlarni qо‘shilishi bilan ishga kiritadi. Tо‘liq naporli markazdan qochma haydagichlarni bog‘lanmasini ishga quyidagi kranlar qо‘shadi: №1,2 -qirquvchi, № 6-stansiyali halqaga chiqish uchun (konturga), № 4 - konturni tо‘ldirish uchun, u orqali haydagich konturini gaz bilan damlash olib boriladi, № 5 – svecha krani bilan qayta tо‘ldiriladi. №2 chiqish krani oldida pompajga qarshi №6-teskari kran о‘rnatiladi. Hamma haydagich kranlarda avtomatik, distansiyali va qо‘l yordamida boshqarish mavjud. Shaxsiy ehtiyojlar uchun gaz tо‘rtta nuqtadan olinadi: № 20 krangacha( № 1t kran orqali), № 20 krandan keyin (№ 4t kran orqali) hamda chang tutqichning chiqish kollektoridan (№ 2t kran orqali) va HSAning kirish kollektori orqali (№ Zt kran orqali). Ishga qо‘shish va yonilg‘i gazini tayyorlash bloki orqali о‘tgandan keyin gaz gazni qayta haydash agregatiga yо‘naltiriladi. Magistral chang tutqichga KSsini qо‘shish tugunlarida № 20 kranni ochiq holda tozalash qurilmasi orqali tranzitli о‘tkazish kо‘rib chiqilgan. Chang tutqichning tozalangan mahsulotlari suyuqlikni yig‘ish tuguniga yо‘naltiriladi, qaysiki, chang tutqichning chiziqli qismini loyihasida ishlanadi. KS-19a texnologik sxemasida quyidagi quvur uzatmalarning inshootlari KSsini qо‘shish tuguni va KS-19a ni oraliqlarida kо‘rib chiqilgan: - Dy 1000 mm.li quvurdan ikkita sо‘ruvchi shlefi, 1-chi shlefning uzunligi - 420 m, 2-chisiniki - 420 m; - Dy 1000 mm.li quvurdan ikkita haydovchi shlefi, 3-chi shlefning uzunligi - 415 m, 4 – chi - 420 m; -gazni tayyorlash qurilmasiga quvur uzatma Dy 80 mm.li quvurdan, uzunligi-380 m. Kondensatuzatma quvurining diametri Dy 300 mm, uzunligi 250 m. Yer osti quvur uzatmalarining tashqi tomoni tuproq korroziyasidan"Poliken 955-25" plenkasi bilan ikki qavatli izolyatsiya qilish yо‘li orqali himoyalanadi. Harorat ta’sirida magistral chang tutqichga ulangan joylarini siljishi va KSga ulanishini о‘zgarishi qо‘shimcha keskin egilish olib ketish joylarida qо‘shimcha gorizontal burchaklar oldindan (45°) kо‘rib chiqiladi va ular kompensator rolini amalga oshiradi. Gazni va impuls gazini tayyorlash qurilmasidagi quvur uzatmalar diametri 1020 mm.li sо‘ruvchi shleflar bilan birgalikda bir qazilmaga yotqiziladi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling