5-Mavzu. Kompressor sexlarining jamlanmasi
-jadval. KSning bosimni yо‘qotilishini texnologik sxemasi
Download 1 Mb.
|
Ma\'ruza 5.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chang tutqich- dagi bosim (ortiqcha), MPa KSda gaz bosiminiyо‘qotilishi, MPa
- 5.3. Markazdan qochma haydagichli tо‘liq naporli gazturbinali kompressor sexining tex nologi k sxemasi
5.1-jadval.
KSning bosimni yо‘qotilishini texnologik sxemasi
Gazni texnologik quvur uzatmalarning berkitish armaturasi pо‘latdan tayyorlanadi. Yordamchi texnologik quvur uzatmalarda (moy, suv, antifriz, havo va b.q.) muhitning bosimi va haroratiga bog‘liq holda quyidagi armaturalar qо‘llaniladi: toblangan chо‘yondan-manfiy 30 °Cdan past emas va musbat 150°Cdan Yuqori emas va bosim 1,6 MPa dan Yuqori emas; kulrang chо‘yondan-manfiy 10 °Cdan past emas va musbat 100°Cdan Yuqori emas va bosim 0,6 MPa dan Yuqori emas; Quvur uzatmaning vibratsiya beradigan uchastkasida pо‘latdan tayyorlangan armaturalar qо‘llaniladi. Gazni qayta haydash agregatlarini va moyningquvur uzatmalarida kompressor sexining binosining chegarasida moy uzatmalarini bog‘lanmasining chegarasida pо‘lat armaturalar qо‘llaniladi. Kompressor stansiyasini va KSga qо‘shiladigan tugunlarni sо‘rish va haydash chiziqlaridagi jihozlari, quvurlar fitinglarini haydashning maksimal hisobiy bosimiga mustahkamlikka hisoblanadi. Drenaj chizig‘i, damlovchi va tashlash svechalari apparatlardagi va quvur uzatmalardagi maksimal bosimga mos ravishda loyihalanadi. Drenaj chiziqlarini sinashning gidravlik bosimi, damlash (biror gazni katta bosim ostida tozalash-produvka) va tashlanma svechalar asosiy quvur uzatmalarining mustahkamligi gidravlik sinashning bosimiga teng qabul qilinadi. Kompressor stansiyalarida damlash svechalaridan gazlarning tashlanmasi shunday joyga joylashtiriladiki, gazni tarqalib ketish sharoitining xavfsizligini ta’minlaydi. Damlashning balandligi va tashlanma svechalarni joylashtirish hamda ishlangan gazlarni chiqarish ustuni (vixlopnix stoyakov) 9-chi bо‘limdagi loyihalashtirishning texnologik meyorlarini talablariga muvofiq aniqlanadi. Chang tutqichlari binodan va KSning maydonidagi qurilmadan tashqarida yer ostiga yotqiziladi. Chang tutqichlarini past balandlikdagi tayanchlarga yotqizishga ham ruxsat etiladi. Moy uzatmalarini past balandlikdagi tayanchlarga yotqizishga ham ruxsat etiladi. Bundan tashqari moy uzatmalarini yerosti lotoklarda yotqizishga ham ruxsat etiladi. Moy uzatmalari issiqlik himoyasi va issiqlikdan izolyatsiya qilib ham yotqiziladi. Havo va antifrizning quvur uzatmalarini yer usti orqali past balandli tayanchlar orqali yotqizish mumkin. Havo va antifrizning quvur uzatmalarini yer osti orqali о‘tkazishga ruxsat etiladi. Yer usti quvur uzatmalari piyodalar yuradigan yо‘laklar orqali kesishganda maxsus о‘tish kо‘priklari oldindan kо‘rib chiqiladi. 5.3.Markazdan qochma haydagichli tо‘liq naporli gazturbinali kompressor sexining texnologik sxemasi Kompressor sexi 235-21-1turidagi quvvati 10 ming.kVt.li bо‘lgan gazturbinali dvigateldan yuritma oladigan ikki pog‘onali markazdan qochma haydagich bilan jihozlanadi. KS-19a GQHQ-10 ning soni: oltita-ishchi, ikkita-rezervdagi. KS-19a ning asosiy texnologik jihozlari-kompressor agregatlari, changni tutqichlar-zavodlarda ishlab chiqariladi, gazni havoli sovitish esa- "Krezo-Luar" (Fransiya) firmasida ishlab chiqariladi. Gazni sovitish qurilmasini maydonchasida "Krezo- Luar" firmasining armaturasi bilan birgalikda 10 ta gaz sovitgichlari bilan jamlanib joylashtirilgan hamda quvur uzatmalar va kerakli ishga qо‘shadigan armaturalar ham joylashtiriladi [ ]. KS-19a texnologik sxemada gazga ishlov berishning quyidagi asosiy jarayonlari oldindan kо‘rib chiqiladi. -gazga ishlov berish jarayonlari: -gazni changdan va suyuqlikdan tozalash; -gazni siqib bosimini oshirish (komprimirlash); -gazni sovitish. Kompressor stansiyalarida asosiy qurilmalardan tashqari gazga ishlov berishning boshqa jarayonlari ham kо‘rib chiqiladi: -yonilg‘i, ishga qо‘shish va impuls gazi; -trubokompressorning oqish qismlarini yuvish tizimi; -moyni sovitishni yopiq tizimini antifriz bilan shimitish; -siqilgan havoni iste’mol qilish, tayyorlash tizimi; -moy bilan ta’minlash tizimi. Misol sifatida quyidagi KSni kо‘rib chiqamiz ( 5.7-rasm). Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling