5-Mavzu. Kompressor sexlarining jamlanmasi


Download 1 Mb.
bet4/7
Sana24.01.2023
Hajmi1 Mb.
#1114869
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma\'ruza 5.

5.5-rasm. GTK-25 IM turidagi GQHA: 1 –havoni olish kamerasi; 2 –konteyner shamollatish tizimiga havoni kirishi; 3- tortuvchi shamollatgich; 4 - kran-balka; 5 –zichlovchi moy baki; 6 –markazdan qochma haydagich; 7 –gazli turbinaning konteyneri; 8 – yordamchi jihozlarning konteyneri; 9 –muzlashga qarshi tizimlarning rostlash klapani; 10 -muzlashga qarshi tizimlarning kollektori; 11 –yopilgan binoni shamollatish va qizdirish blok-boks tizimlari; 12 –konteynerlarni shamollatish tizimining shamollatish bloki; 13 – shamollatish tizimining quvur uzatmalari; 14 – zichlovchi moyni tozalashni qо‘shimcha baki; 15 – ishlangan gazni chiqarish; 16 - utilizator; 17 –moylash moyining sovitish tizimining nasoslarini va shamollatgichlarini bloki; 18 –turbinaning moy bakidan moyni uzatish va tо‘kish nasoslari bloki.
Konteynerda majburiy shamollatish tizimi mavjud bо‘ladi, kompressorning sо‘rish traktidan ikkinchi filtrdan keyin havo olinadi. Qish paytida konteynerni qizdirish uchun elektrli (GTQ ishlamaganda) kaloriferdan foydalaniladi. Binoning hamma qismini qizdirish va shamollatish uchun mustaqil tizim mavjud, qaysiki unga suvli kalorifer, oqimli va tortuvchi (sо‘ruvchi) shamollatgichlar kiradi.
Konteynerning chegarasida GQHAni yong‘indan himoya qilish ballonlardagi uglerod kislotasidan foydalaniladigan maxsus avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanib amalga oshiriladi. Binoni yong‘indan himoya qilish uchun maxsus yong‘inga qarshi tizim mavjud bо‘lib, xodimlar uchun kam xavfli va alangani uchirish uchun Yuqori samaraga ega bо‘lgan "Galon" nomli gazdan foydalaniladi.
Moy oraliqdagi issiqlik tashigich yordamida sovitiladi. Yoz paytida suv, qishda esa-muzlamaydigan suv va etilenglikolning aralashmasidan foydalaniladi. Oraliq issiqlik tashigichlarni sovitish uchun ikkita maxsus bir-biridan farq qiladigan kengaytirilgan uzun quvur va katta qalinlikdagi quvurlarning bog‘lamlari о‘rnatiladi.
GQHAning binosiga yopilma ostida shtatsiz moy ta’minotida tо‘xtab qolgan holda podshipniklarni moylash uchun moyning akkumulyator-baki о‘rnatiladi.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling