5-Mavzu. Kompressor sexlarining jamlanmasi


-rasm.GTH-S-16 gazni qayta haydaydigan agregatning jamlanmasi: 1


Download 1 Mb.
bet3/7
Sana24.01.2023
Hajmi1 Mb.
#1114869
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma\'ruza 5.

5.4-rasm.GTH-S-16 gazni qayta haydaydigan agregatning jamlanmasi: 1-moyni sovitish bloki; 2-sо‘rish kamerasi; 3-moyni sovitish bloklari; 4, 5 – ishlangan gazning shovqinini uchirgich; 6–havoni tozalash qurilmasi (HTQ); 7-diffuzor; 8–turboagregat bloki; 9–ishlangan gazni chiqarish shaxtasini tayanchi; 10–shamollatish bloki; 11-NО‘A bloki; 12–avtomatika bloki; 13 – moy agregatlarini bloki; 14–sо‘rish kamerasining shovqin uchirgichi; 15, 16 –oraliq bloklari.
Barqaror turdagi GTQ (gazturbinali qurilma) "Djeneral Elektrik" (AQSH) firmsi tomonidan ishlangan, konteynerga joylashtiriladi va ikkita ramadan iborat, nol belgisiga о‘rnatiladi. Konteyner mustaqil shamollatish, qizdirish, yong‘inni uchirish tizimlari bilan jihozlanadi, turboguruh va yordamchi jihozlarni bо‘linmalariga ajratiladi. Havoni yig‘ish kamerasida ikki pog‘onali havoni tozalash va gidravlik qarshilik oshib ketganda pasaytirish uchun aylanib о‘tadigan klapanlar о‘rnatiladi. Boshlanishida havoni tozalash inersion filtrlarda changlarni sо‘rish asosida ikkita shamollatgichlar yordamida tozalanadi keyin esa olinadigan kassetali filtr elementlardan о‘tkaziladi. Kassetali filtrlarni shikastlanishini bosimlar farqi oshganda ifloslanishini oldini olish uchun gidravlik qarshilik 100Pa ga yetganda himoya signal beriladi va undan keyin aylanma chiziqning lyuki ochiladi[35 ].
Muzlashga qarshi tizimda kompressorning о‘ninchi pog‘onasidan keyin tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri VZKga kirishda inersion filtrlarning oldi qismida issiq havoni uzatish tizimi oldindan kо‘rib chiqiladi. Zaruriy holda nazorat qilish uchun harorat datchiklari va atrof muhitni namligi kо‘rsatadigan datchiklar oldindan о‘rnatiladi.
Chiqarish chizig‘ida utilizator montaj qilingan bо‘lib, chiqib ketadigan gazni issiqligidan isitish tizimidagi suvni qizdirishda foydalaniladi. Utilizatorning ustidagi aylanma kanal- qovurg‘ali tо‘siq yordamida qaynoq gazlarni issiqlikalmashgichlarni yaqinidan о‘tkazishni imkonini beradi.
Konteynerning oldi qismida 6,5 m uzunligi (yordamchi jihozlarning bо‘linmasi) mavjud bо‘lib, quyidagilar о‘rnatiladi: tishli reduktor, shaxsiy ehtiyoj uchun elektr generatori, turbodetanderni ishga qо‘shgich, elektrdvigatelli moy nasosi, yonilg‘i tizimning klapanlari, naladka ishlarini olib borish uchun о‘lchash asboblari bilan katta bо‘lmagan shitlar. Shu bо‘linmadagi tayanch rama va moy baki, ularga moyni sovitgich, filtrlar va boshqa yordamchi jihozlar montaj qilinadi.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling