Mutlaq ozod qilish korxonaning aylanma mablag’larga bo`lgan ehtiyojini kamaytirishni tavsiflaydi hamda mavjud resurslardan ratsional foydalanishga oid turli tashkiliy-texnik choratadbirlar hisobiga amalga oshiriladi.
Misol. Korxona aylanma mablag’larining o`rtacha miqdori 2000 yilda 100 mln. so`mni tashkil qilgan. 2001 yilda ishlab chiqarish hajmini o`zgartirmagan holda 90 mln. so`m miqdorida ehtiyoj rejalashtirilmoqda. Bu holda asosiy vositalarning mutlaq ozod qilinishi 10 mln. so`mni tashkil qiladi.
Nisbiy ozod qilish aylanma mablag’lari hajmining o`zgarishi hamda sotilgan mahsulot hajmining o`zgarishini aks ettiradi. Uni aniqlash uchun hisobot yilida aylanma mablag’larga ehtiyojni, mahsulotni mazkur davr mobaynida sotish bo`yicha haqiqiy aylanish hamda o`tgan davrdagi aylanishni (kunlarda) inobatga olgan holda hisoblash zarur. Ular o`rtasidagi farq ozod qilingan vositalar miqdorini beradi.
Misol. Korxonada 1999 yilda sotilgan mahsulot qiymati 360 mln.. so`mni, 2000 yilda esa 400 mln. so`mni tashkil qilgan. Aylanma mablag’larning o`rtacha qoldig’i 1999 yilda 100 mln. so`m, 2000 yilda esa 95 mln. so`mni tashkil qilgan. Aylanish muddati 1999 yilda 100 kun (100x360:360). 2000 yilda aylanma mablag’larga ehtiyoj 111 mln. so`m (400x100:360). 1999 yilda aylanma mablag’larning o`rtacha qoldig’i 95 mln. so`mni tashkil qilganini hisobga oladigan bo`lsak, vositalarning nisbiy ozod qilinishi 16 mln. so`mni (111 - 95) tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |