5-Mavzu. Korxonaning asosiy va aylanma fondlari, ishlab chiqarish quvvatlari
Download 68.14 Kb.
|
ISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aylanma mablag’larni yuklanish koeffisienti
Aylanish koeffisienti korxona aylanma mablag’larining ma`lum bir vaqt (yil, chorak) davomida amalga oshiruvchi aylanishini tavsiflaydi yoki aylanma mablag’larning har 1 so`miga to`g’ri keluvchi sotilgan mahsulotlarni ko`rsatadi. U quyidagi formula asosida hisoblab topiladi:
Ka q Sm : qa Bu erda: Sm –sotilgan mahsulot hajmi, pul o`lchovida; qa – aylanma mablag’larning o`rtacha qoldiq hajmi, pul o`lchovida (aylanma mablag’lar me`yoriyi). Misol. Korxonaning bir yil mobaynida sotilgan mahsulotlari hajmi 800 mln. so`mni tashkil qiladi. Bu holda aylanma mablag’lar me`yori 200 mln. so`mni tashkil qiladi. Demak Ka q 4,4 (880:200). Aylanma mablag’larni yuklanish koeffisienti aylanish koeffisientiga teskari bo`lgan qiymatdir. U sotilgan har 1 so`m mahsulotga sarflangan aylanma mablag’larni tavsiflaydi hamda quyidagi formula asosida hisoblab topiladi: Kyu q qa : Sm Bir marta aylanish davomiyligi kunlarda o`lchanadi hamda shu davrdagi kunlar sonini aylanish koeffisientiga nisbati orqali quyidagi formula asosida hisoblanadi: T q K : Ka Bu erda: K - shu davrdagi kunlar soni (360, 90). Aylanma mablag’larning to`liq aylanish muddati qanchalik kichik yoki bu aylanishlar soni qanchalik ko`p bo`lsa, aylanma mablag’lar shunchalik kam talab qilinadi va aksincha, aylanma mablag’lar qanchalik tez aylanishda bo`lsa, shunchalik samarali ishlatiladi. Bugungi kunda aylanma mablag’larda, ayniqsa, korxonalarning moddiy-tovar boyliklarida band bo`lgan yirik miqdordagi pul mablag’lari ularning to`liq saqlanishiga e`tibor qaratish, ulardan maqsadlarga muvofiq va samarali foydalanish, shuningdek, ularning aylanishini tezlashtirishni talab qiladi. Korxonalar oldiga qo`yilgan vazifalarni bajarish quyidagilarni amalga oshirishni talab qiladi: fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini keng qo`llash; ishlab chiqarishning barcha jarayonlarida ilmiy jihatdan asoslangan me`yor va me`yoriylar tizimini yaratish; korxonalarni uzoq muddatli xo`jalik aloqalari yuritishga o`tkazish va kooperatsiya qilishni rivojlantirish; mahsulotlar, moliyaviy, moddiy va kuch-quvvat resurslarining sifat balansini tuzish; boshqarish tizimini tashkil etishning va rag’batlantirishning optimal shakllarini qo`llash. Aylanma mablag’larning aylanishini tezlashtirish uchun kurashda har bir korxona ularning ishlab chiqarish va muomalada bo`lish muddatini qisqartirishga erishishi zarur. Gap shundaki, aylanma mablag’larning muomala sohasida sekin harakatlanishi korxonaning bu vositalardan ishlab chiqarishda foydalanishda erishgan yutuqlarini yo`qqa chiqarishdan tashqari, ularning umumiy aylanishini ham sekinlashtirishi mumkin. Shu sababli tayyor mahsulotni iste`molchiga yetkazib berishni tezlashtirish yoki mahsulotni realizatsiya qilish muddatini qisqartirish ham aylanma mablag’larning aylanishini tezlashtirishning muhim yo`li hisoblanadi. Aylanma mablag’larning aylanishini tezlashtirish samarasi, ulardan foydalanishni yaxshilash tufayli kamroq iste`mol qilinishi yoki qisman ozod qilinishida aks etadi. Aylanma mablag’lar mutlaq yoki nisbiy ozod qilinishi mumkin. Download 68.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling