5-Mavzu. Korxonaning asosiy va aylanma fondlari, ishlab chiqarish quvvatlari


Download 68.14 Kb.
bet1/12
Sana22.03.2023
Hajmi68.14 Kb.
#1285884
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ISH

5-Mavzu. KORXONANING ASOSIY VA AYLANMA FONDLARI, ISHLAB CHIQARISH QUVVATLARI.


Reja:
5.1. Asosiy fondlarning mohiyati va ularning korxona faoliyatidagi o`rni
5.2. Korxonalarda asosiy fondlarni eskirishi, ularni baholash va ta`mirlash
5.3. Asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash yo`llari va ko`rsatkichlari. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati
5.4. Aylanma mablag’lar tushunchasi, iqtisodiy tabiati va ularning korxona faoliyatidagi ahamiyati
5.5. Aylanma mablag’larning tuzilmasi va harakati hamda ularning korxona iqtisodiyotiga ta`siri
5.6. Aylanma mablag’lardan foydalanish ko`rsatkichlari va ularning aylanishini tezlashtirish yo`llari.
Tayanch iboralar: Asosiy fondlar, noishlab chiqarish asosiy fondlari, aktiv, passiv, lizing, boshlang’ich qiymat, tiklanish qiymati, qoldiq qiymat, balans qiymati, o`rtacha ta`mirlash, kapital ta`mirlash, joriy ta`mirlash.
Aylanma mablag’lar, aylanma fondlar, Aylanma ishlab chiqarish fondlari, Materiallardan foydalanish koeffisienti, Mahsulotning material sig’imi, Mahsulotning mehnat sig’imi, aylanma kapital, Muomala fondlari, ishlab chiqarish zaxiralari, kelgusi davr xarajatlari, tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar, Xususiy aylanma mablag’lar, qarzga olingan aylanma mablag’lar, Aylanma mablag’larni me`yorlashtirish, Joriy zaxira, Sug’urta (kafolat) zaxirasi, Tayyorlov (texnologik) zaxirasi, Mavsumiy zaxira, Aylanish koeffisienti
5.1. Asosiy fondlarning mohiyati va ularning korxona faoliyatidagi o`rni.
Zamonaviy iqtisodiyot fani asosiy fondlarni ma`lum bir iste`mol qiymati ko`rinishida ijtimoiy mehnat asosida yaratiluvchi, ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan material omillari qatoriga kiritadi. Hozirgi bozor sharoitlarida korxona kuchi va vositalari yordamida yaratilgan asosiy fondlar ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish va ulardan foydalanishga faol ravishda ta`sir ko`rsatuvchi mulk hisoblanadi. Butun xalq xo`jaligi miqyosida asosiy fondlar mamlakatning milliy boyligini tashkil qiladi.
Asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo`lib, ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etada va o`zining natural-moddiy holatini yo`qotmaydi hamda o`z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotlarga qismlab o`tkazib beradi. Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga o`tkazish jarayoni amortizatsiya deb, ushbu jarayonda to`plangan mablag’lar esa amortizatsiya ajratmalari deb ataladi.
Iqtisodiy maqsadlarga ko`ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari o`z mohiyatiga ko`ra, korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini tashkil qilib, ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • ishlab chiqarish binolari va inshootlari;

  • uzatish qurilmalari;

  • quvvat mashinalari va uskunalari;

  • ishchi mashinalar va uskunalar;

  • transport vositalari;

  • o`lchov va tartibga solish asboblari va qurilmalari;

  • foydalanish muddati bir yildan kam bo`lmagan va qonunchilikda belgilab qo`yilgan qiymatlardagi asboblar va ishlab chiqarish inventari.

Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarishda band bo`lgan barcha mutaxassis va xodimlar soni bilan birgalikda, korxonaning ishlab chiqarish apparati deb ataladi.

Download 68.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling